Mavzu: 5 mavzu: «Uchma –uch birikma bilan metal plastinalarni chap, o‘ng va qo‘shma usullarda payvandlash mashqlari»


-rasm. Gorelka mundshtugi va simni tebranma harakatlari


Download 0.56 Mb.
bet4/8
Sana06.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1694101
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 GAZ 5M

1-rasm. Gorelka mundshtugi va simni tebranma harakatlari.
a-chap usulda eritib qoplash; b-o‘ng usulda eritib qoplash;
1-sim; 2-gorelka

Qizdirish tezligi mundshtukni payvandlanayotgan metal sirtiga nisbatan og‘ish burchagining o‘zgarishi bilan sozlanadi (2-rasm, a). Burchakning kattaligi metal qalinligi va turiga qarab olinadi. Metal qanchalik qalin bo‘lsa, mundshtukning og‘ish burchagi metal sirtiga nisbatan katta olinadi.



2-rasm. Gaz bilan payvandlashda mundshtukni og‘ish burchagi (a) va mundshtukning harakat turlari (b).

Payvandlashni boshlanish davrida metalni yaxshi qizdirish uchun mundshtuk metal sirtiga nisbatan katta burchak ostida o‘rnatiladi. Payvandlanayotgan metalning qizishiga qarab metal qalinligiga mos ravishda burchak kamaytiriladi. Payvandlash oxrida kraterni yaxshi to‘ldirish va metal kuyishini oldini olish uchun asta-sekin kamaytiriladi.


Gorelka dastagi chok o‘qi bo‘ylab yoki unga perpendikular joylanishi mumkin yoki boshqa holatda joylanishi payvandchining qanday sharoitda (qulayligi) ishlashiga bog‘liq holda tanlanadi. Ya’ni payvandchining qo‘li qizdirilgan metaldan chiqayotgan issiqlikdan kuymasin.
Payvandchi payvandlash jarayonida mundshtuk uchi bilan bir vaqtda ikki xil harakat bajaradi:
- ko‘ndalang-chok o‘qiga nisbatan perpendikular;
- bo‘ylama-chok o‘qi bo‘ylab. Asosiy harakat-bo‘ylama harakati hisoblanadi.
Ko‘ndalang harakat asosiy va payvand sim metalni bir tekis qizdirish uchun va kerakli chok kengligini hosil qilish uchun xizmat qiladi.
2 rasm, b da gorelka mundshtugining chok bo‘ylab harakati ko‘rsatilgan. 1-usulda alanga davriy ravishda chetga suriladi, bu usulni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bunda erigan metal kislorod bilan oksidlanishi mumkin. 2-usul-spiral va 3-usul-yarim oy usullari o‘rta qalinlikdagi metallarni payvandlashda, 4-usul yupqa metal taxtalarni payvandlashda qo‘llash tavsiya etiladi.
Gorelka mundshtugi uchi harakatiga teskari yo‘nalishida payvand sim uchi bilan ham shunday tebranma harakatlarni bajarish mumkin (1-rasm). Payvand sim uchini payvandlash vannasidan va ayniqsa alangani tiklanish zonasidan chiqarish tavsiya etilmaydi. Payvandlash jarayonida gorelka mundshtugi uchi va payvand sim uchi bilan qilinadigan harakatlar, chokning fazodagi holati, payvandlanayotgan metal qalinligi, metal turi va talab qilingan payvand chok o‘lchamlariga bog‘liq. Choklarni pastki holatda payvandlashda yarim oy shaklidagi harakatlar keng tarqalgan.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling