Reja: Fazodagi qattiq jismning holati. Olti nuqta qoidasi
Download 251.24 Kb. Pdf ko'rish
|
3 курс МСТА 4 маъруза
4-ma‘ruza. Mexanik ishlov berishda detallarni o‘rnatish asoslari Reja: 1. Fazodagi qattiq jismning holati. Olti nuqta qoidasi. 2. Detallarni o‘rnatish usullari. Zagotovkalarni mahkamlash usullari. 3. Mexanik ishlov berishda birinchi operatsiyalarning ahamiyati. Tayanch so‘zlar: baza, yig‘ish bazasi, кonstruktorlik baza, texnologik baza, o’lchov bazasi, o’rnatish, olti nuqta, еrkinlik daraja, ochiq baza, yashirin baza, bazalar birligi prinsipi, bazalar doimiyligi prinsipi, bazalar almashuvi, bazalar sinfi. 1. Fazodagi qattiq jismning holati. Olti nuqta qoidasi Bazalash deb, zagotovkaga yoki biron mahsulotga tanlangan koordinata sistemasiga nisbatan talab etilgan holat berilishiga aytiladi. Zagotovkaga mexanik ishlov berish paytida bazalash deb, zagotovkaga dastgohning keskich asbobiga nisbatan talab etilgan ma’lum holat berilishiga aytiladi. Texnologik amalni bajarish vaqtida, zagotovkaga ma’lum holat berishdan tashqari, uni moslamada qimirlamasligini ham ta’minlash talab etiladi. Bu ikki masala har xil bo‘lishiga qaramasdan, ular nazariy jihatdan bir xil usul bilan echiladi, ya’ni fazodagi biron-bir harakatni ma’lum darajada cheklab qo‘yish bilan yoki erkinlik darajasidan maxrum etishlik bilan amalga oshiriladi. Ma’lumki, qattiq jismning fazodagi harakatini to‘la chegaralab (to‘xtatib) qo‘yish uchun,uni oltita erkinlik darajasidan mahrum etish kerak; uch koordinata o‘qlari bo‘ylab ilgarilanma va shu o‘qlar atrofida aylanma harakatlaridan. Absalyut qattiq jism deb qaraladigan har bir detalning holati, tanlangan uchta koordinata tekisligiga nisbatan aniqlanadi (4.1, 4.2, 4.3 va 4.4-rasmlar). Masalan, detal prizma shaklida bo‘lgan holda (4.1-rasm), detalning pastki tekisligi XOZ ni koordinat tekisligi XOZ bilan bog‘lovchi uch koordinataning berilishi bir vaqtda detalni uchta erkinlik darajasidan mahrum etib, Z o‘qi bo‘yicha surilish va X,Y o‘qlariga parallel bo‘lgan o‘qlar atrofida aylanish imkoni detal ushbu tekislikning uch nuqtaga tegishli masofasini aniqlaydi. Umumiy holda esa, har qanday detalning koordinat sistemasi xohlagan holatni egallashi mumkin. Uni albatta asosiy bazalarga joylashtirish osondir. YOZ yuzalaridan birini YOZ koordinat tekisligiga nisbatan ikki nuqtasining masofasi bir vaqtda uning X o‘qi bo‘ylab surilishi va Z o‘qiga parallel o‘q atrofida aylanish imkonidan, ya’ni detalni yana ikkita erkinlik darajasidan mahrum etadi. Oltinchi koordinat detal holatini XOZ koordinat tekisligiga nisbatan aniqlab, uni qolgan oxirgi erkinlik darajasidan mahrum etadi. Shunday qilib, koordinatalarning har biri detalning bittadan erkinlik darajasidan mahrum etar ekan va bitta nuqta bilan bog‘langanligini bildirar ekan. Masalan, silindr shaklidagi detalning uchta tanlangan koordinat tekislikka nisbatan holati ham 4.2-rasmda ko‘rsatilgandek, oltita koordinat bilan aniqlanadi. Silindr yuzi uni hosil etuvchi chiziqning o‘qqa nisbatan aylanishidan vujudga keltirilganligi uchun, detal koordinat sistemasi o‘qlaridan biri sifatida uning o‘qini tanlash qulaydir. O’q esa ikki koordinat tekisliklar YOZ va XOY larning kesishuvidan hosil bo‘lgan chiziqdan iboratdir. Download 251.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling