Reja: Fazodagi qattiq jismning holati. Olti nuqta qoidasi


Download 251.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi251.24 Kb.
#1645739
1   2   3   4
Bog'liq
3 курс МСТА 4 маъруза

4.1-rasm 4.2-rasm 
4.3-rasm 4.4-rasm 
Shuning uchun silindr shaklidagi detalning nuqtasini koordinat tekislik bilan 
bog‘lovchi va detal o‘qiga joylashgan 1 va 2 koordinatlari valikni ikki erkinlik 
darajasidan mahrum etadi: Z o‘qiga parallel tarzda surilish va X o‘qiga parallel o‘q 
atrofida aylanish imkonlaridan, YOZ tekisligida yotuvchi nuqtani YOZ tekisligi 
bilan bog‘lovchi 3 va 4 ikki koordinat valikni yana ikki erkinlik darajasidan mahrum 
etadi: X o‘qi bo‘ylab surilish va Z o‘qiga parallel o‘q atrofida aylanish imkonidan, 
o‘z navbatida xoz tekisligida yotuvchi nuqtani detal o‘qi bilan kesishuvidagi 5 
koordinati valikni beshinchi erkinlik darajasidan, ya’ni o‘q bo‘yicha surilish 
imkonidan mahrum etadi. XOZ tekisligida yotuvchi nuqtani koordinat tekisligi bilan 
bog‘lovchi 6 koordinat valikni oxirgi erkinlik darajasi koordinat o‘qiga parallael
bo‘lgan o‘q atrofida aylanish imkonidan mahrum etadi (buning uchun valsimon 
detalda qo’shimch shpon paz kabi sirt bo’lishi shart). Huddi shunga o’xshash 


disksimon (4.3-rasm) va shar tipidagi (4.4-asm) detallarni koordinata tekisliklariga 
nisbatan fazoda joylashishini tahlil gilish mumkin. 
Sxemalardan ma’lumki, xohlagan detalning koordinat sistemasiga nisbatan 
holatini aniqlash uchun, tanlangan koordinata sistemasi bilan detal koordinat 
sistemasining uch tekisligiga joylashgan, oltita nuqtani birlashtiruvchi oltita 
koordinat kerakdir. 
Ozod holdagi qattiq jism deb qabul etiluvchi detalning holatini boshqa detalga 
nisbatan aniqlash uchun oltita tayanch nuqta zarur va yetarlidir. Bu xulosa bir detalni 
ikkinchi detalga nisbatan joylashish aniqligini belgilashda juda katta ahamiyatga ega 
bo‘lib "OLTI nuqta qoidasi" deb ataladi. 
Oltita tayanch nuqtalarni joylashtirish uchun detalda uchta yuza yoki bu 
yuzalarni o‘rnini o‘tovchi boshqa yuzalar, boshqacha qilib aytganda koordinat 
sistemasi bo‘lishi kerak. 

Download 251.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling