Mavzu-5: Reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini muhofaza qilish. Kontratseptiv ositalarning zamonaviy usullarini qo’llashda hamshiraning vazifalari. Reja


Download 19.65 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi19.65 Kb.
#1185513
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu5

Reproduktiv huquq – bu barcha er-xotin juftliklar va alohida shaxslarning bolalar soni, ular orasidagi oraliq va ularning tug‘ilish vaqti haqida erkin hamda to‘liq masuliyat hisi bilan qaror qabul qilishi va buning uchun shart bo‘lgan malumot va vositalarga ega bo‘lishi borasidagi asosiy huquqlarni tan olish.
Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilishdagi 12 ta tamoyil quyidagilardan iborat:
- Xavfsiz homiladorlik;
- Bexatar tug‘ruqlar;
- Chilla davridagi malakali yordam;
- Istalmagan homiladorlik va uni oldini olish;
- Tug‘ruqlar oralig‘ini 3 yil va undan ortiq muddatga saqlash;
- Zamonaviy kontratseptiv vositalar haqida aholiga keng malumot berish;
- Jinsiy yul orqali yuqadigan kasalliklarni oldini olish, tashhislash va davolash (OITS/IIVni oldini olish);
- Bepushtlikni oldini olish;
- O‘sma kasalliklari va o‘sma oldi kasalliklarini oldini olish;
- Ona suti bilan boqish targ‘iboti;
- Onalik va bolalikni muhofazasi;
- O‘smirlar reproduktiv salomatligi va jinsiy tarbiyasi.
Reproduktiv salomatlik haqidagi masalalarning keng doirasi to‘g‘risida axborotlarning mavjudligi yoshlarga o‘z tanalarini yaxshiroq
anglashga yordam beradi, o‘zaro aloqalarda to‘g‘ri yo‘l tutishga, bo‘lajak oilaviy hayotga tayyorlanishiga, shuningdek, o‘z tuyg‘ularini aniqlashga va o‘z xatti-harakatlarini baholashga ko‘maklashadi.
Jinsiy ta'lim quyidagi asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi, deb hisoblaymiz:
- Individumni (shaxsni) jismoniy, fiziologik va ruhiy o‘zgarishlarga tayyorlash;
- qo‘rquv hissini va o‘z tanasi haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarni yengmoq;
- munosabatlar mohiyatini tushunishga, jinsiy munosabatlarga ishonch va ularni baholashga o‘rganish;
- o‘z-o‘ziga ijobiy hurmat hissini rivojlantirish;
- jinsiy aloqalarning noxush oqibatlari va uning oldini olish to‘g‘risida ma'lumot;
- ma'suliyatli yechimlarni tanlash va qabul qilishga o‘rgatish;
- onalikka tayyorgarlik.
E'tirof etish kerakki, ba'zilar tana manzarasiga ilk bor duch kelganlarida xijolat tortish yoki kinoya hissini boshdan kechiradilar. Bu o‘quvchilar o‘z tanalarini qanday idrok etishlari, turli madaniyat va dinlarning yalang‘och tanaga nisbatan bo‘lgan munosabatlari qanday degan suhbatlarga sababchi bo‘ladi. Tana tuzilishining mutanosib go‘zalligiga qaratilganda, masalan, tanadagi yog‘lar taqsimoti, balog‘at yoshidagi bo‘y va gavda tuzilishi. Jismoniy yetilish masalalariga e'tibor qaratilishi yoshlarni xijolat qilmasligi lozim.
Qizlar tuxumdonlarida minglab tuxum hujayralar bilan tug‘iladilar. Jinsiy rivojlanishda, odatda, har oyda bitta tuxum hujayra ajraladi. Bu ovulyasiya deb ataladi va bu hodisa hayz boshlanishidan taxminan14 kun oldin sodir bo‘ladi (agar hayz sikli 28 kun bo‘lsa). Bachadon har oyda bo‘lajak homiladorlikka tayyor turadi, uning ichki devori qalin va yumshoq bo‘lib qoladi. Agar homila paydo bo‘lmasa, bachadonning ichki qatlami hamda tuxum hujayra tanadan qin orqali chiqib ketadi. Mana shu hodisa hayz deb ataladi. Hayz sikli hayzning birinchi kunidan boshlanib, navbatdagi hayz boshlanguncha davom etadi.
Hayz siklining turli bosqichlarida gormonlar miqdori o‘zgaradi va bu kayfiyatingizga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Ovulyasiya (tuxum hujayralarining ajralishi) paytida serg‘ayrat va quvnoq, hayz oldidan esa serjahl va g‘amgin bo‘lishigiz mumkin. Ko‘kraklaringiz bir oz kattalashib, ba'zida og‘riq sezasiz, yuzingizda esa biroz dog‘ paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim qizlarda, ayniqsa, hayzning birinchi kunida, qorinning pastki sohasida kuchli og‘riq sezilishi yoki boshqa muammolar kuzatilishi mumkin. Haddan ziyod kuchli og‘riq yoki 5 kundan ortiq qon ketishi normal hodisa hisoblanmaydi. Bunday hollarda shifokordan maslahat so‘rang.
Erta yoshda homilador bo‘lish, tug‘ish jarayonida ona va bolaning sog‘ligiga xavf solishi mumkin. Ma'lumki, 16-17 yoshgacha qizlar to‘lishib, bo‘ylari o‘sib qoladi, ammo bu hali ularni ona bo‘lish uchun yetilganliklarini bildirmaydi. Qizlar 16-17 yoshga to‘lgani bilan ularda, homilani taraqqiy etishi va bola tug‘ish uchun normal sharoit vujudga kelmagan bo‘ladi. Tos suyaklari rivojlanmaganligi sababli, tug‘ish jarayonida jarrohlik usulidan foydalanishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Qizlar 20 yoshdan keyin jismonan va ruhan ona bo‘lishga tayyor bo‘ladilar. Erta turmush qurish ko‘pincha farzandsizlikka, bolaning oy kuni yetmay chala tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayollar uchun farzand ko‘rishning eng qulay davri 20-30 yosh oralig‘i hisoblanadi


Download 19.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling