Mavzu-5: Reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini muhofaza qilish. Kontratseptiv ositalarning zamonaviy usullarini qo’llashda hamshiraning vazifalari. Reja


Download 19.65 Kb.
bet1/4
Sana10.02.2023
Hajmi19.65 Kb.
#1185513
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu5


Mavzu-5: Reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini muhofaza qilish. Kontratseptiv ositalarning zamonaviy usullarini qo’llashda hamshiraning vazifalari.
Reja:

  1. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi haqida PQ 1144- sonli qarori.

  2. Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish.

  3. Zamonaviy kontratsepsiya haqida tushuncha.

  4. Kontratseptiv vositalarni qo‘llashda ko‘rsatma, mo'neliklar, asoratlar va oldini olish.

Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi haqida PQ 1144- sonli qarori 2009 yil 1 uyulda e`lon qilingan bo`lib, unda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog`lom bola tug`ilishi, jismoniy hamda ma`naviy barkamol avlodni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va ularning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun barcha tibbiyot xodimlari, o`z-o`zini boshqarish organlari hamda xotin-qizlar ko`mitalari, ommaviy axborot vositalari tomonidan sog`lom oilani shakllantirish, “Sog`lom ona-sog`lom bola” maqsadli vazifalarini amalga oshirish bo`yicha keng targ`ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Cog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish tibbiyot xodimlari uchun katta mas'uliyat yuklaydi. Bu masalani to‘g‘ri hal etish yoshlarimiz oldiga bir qator talablarni qo‘yadi.

  • Oilaviy turmush qurishga tayyorlanayotgan yigit va qizlarimiz sog‘lom bo‘lishlari, jinsiy hayot gigienasi bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.

  • Ayollarni faqatgina homiladorlik davrida salomatligini saqlabgina qolmay, balki qizlarni yoshlik davridan boshlab sog‘–salomat o‘sishlarini ta'minlash lozim.

  • Bola tug‘ilgandan keyin esa, uning sog‘lom bo‘lib o‘sishi haqida qayg‘urishimiz, ona sutining ahamiyatini keng targ‘ib qilishimiz zarur.

Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish.
Reproduktiv salomatlik masalalari birinchi bor 1994 yil Kohirada bo‘lib o‘tgan Aholishunoslik va Taraqqiyot Xalqaro Konferensiyasida ko‘tarilgan edi. Ushbu konferensiyada reproduktiv salomatlik iborasiga to‘laqonli tushuncha berildi.
Reproduktiv salomatlik - bu reproduktiv tizim va uning faoliyatiga bog‘liq barcha masalalar borasida faqat kasallik va kamchiliklar yo‘qligi bo‘libgina qolmay, balki to‘liq jismoniy, aqliy va ijtimoiy muvaffaqiyatlar holati hamdir.

Download 19.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling