Mavzu №5/1 Ma’ruza. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimiming yo‘nalishlari. O‘quv savollari
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
5-1 Мавзу
82 HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASINING ASOSIY JARAYONLARI 2. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimida oila va sulolalarning o‘rni. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimida oila o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Oilada, avvalo, farzandlarning umumiy ta’lim-tarbiyasi jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi amalga oshiriladi. Mazkur masala bo‘yicha oilalarni shartli ravishda uch xilga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi - harbiylar sulolalari bo‘lgan, ya’ni oilada katta avlod hamda kichik avlod vakillari harbiylar bo‘lgan oilalar, ikkinchisi - ota yoki onalari, aka yoki opalari harbiy xizmatchi bo‘lgan oilalar, uchinchisi - harbiy xizmatchi bo‘lmagan oilalar. Har uchala xil oilada o‘sib tarbiyalanayotgan farzandlarning harbiy- 83 vatanparvarlik tarbiyasi o‘zaro nisbatan farqli bo‘lishi mumkin. Ular orasida harbiylar sulolasi bo‘lgan oila farzandlarining harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi yuqoriroq bo‘lishi tabiiy. Bunda bo‘lajak kasbni erta tanlash, tegishli soha bo‘yicha dastlabki tasavvurlarga ega bo‘lish, sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish ahamiyatli. Yoshlarga bolalik yillaridan O‘zbekiston xalqining boy an’analari va milliy qadriyatlari, xalqimizning buyuk o‘tmishi haqidagi bilimlarni, shuningdek, o‘z ona Vatani - O‘zbekistonning sadoqatli himoyachisi bo‘lishdek burchni ongli ravishda his qilishni va bu yo‘nalishda mustahkam e’tiqodni singdirib borish kerak. Oilada vatanparvarlik hamda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha maqsadga muvofiq; bo‘lgan turli yoshdagilarga mo‘ljallangan adabiyotlar, tavsiyanomalar bo‘lishi va ulardan tegishlicha foydalanish zarur. Bolaning qaysi kasbga ko‘prok moyilligini, qiziqishlari, iqtidori va shu kasbga yaroqliligini hisobga olgan holda tegishli kasbga yo‘naltirish, bu masalada uning o‘qituvchisi bilan hamkorlik qilish lozim. Oilada harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha bolalarning o‘z ona tilini, milliy qadriyatlarni puxta o‘rganishi, kasb tanlashi va ularni mustaqil hayotga qadam qo‘yishga tayyorlash amalga oshiriladi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling