Mavzu: 7 yosh va inqirozi va uning sabablari va alomatlari Reja


Ta’limga psixologik tayyorlik deganda


Download 115.5 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1446549
1   2   3
Bog'liq
7 yosh va inqirozi va uning sabablari va alomatlari

Ta’limga psixologik tayyorlik deganda bolaning obyektiv va subyektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi nazarda tutiladi. U maktab ta’limiga avval psixologik jihatdan tayyorlanadi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o‘zining qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqati nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o‘yinlarda, rasm chizish va qurish-yasash mashg‘ulotlarida, loy hamda plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlashda, o‘zgalar nutqini idrok qilish va tushunishda, matematik amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzishda ko‘rinadi. Bola o‘z diqqatini muayyan obyektga tuplashga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli, ajoyib g‘aroyib, kishini taajjubga soladigan ma’lumot va hodisalarni puxta esda olib kolish, esda saklash, esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa, endi o‘z xohish-irodasi bilan zarur ma’lumotlar tuplashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganligini bildiradi. U she’r, hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun ko‘p takrorlashi, yod olishning eng qo‘lay yo‘l va usullaridan foydalanishi ta’lim jarayonida unga juda qo‘l keladi. Birinchi sinf o‘quvchisi ko‘pincha obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham, bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi. Aksincha, ta’lim so‘z-mantiqiy xotirasini taqozo etadi. So‘z-mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosini tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi.Tajribadan ma’lumki, bola ma’nosiz so‘zlardan ko‘ra ma’nodor tushunchalarni bir muncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta’limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan muloqotga kirishish, kishilarning fikrini o‘qib olish va to‘g‘ri idrok qilish darajasida, nutqning tuzilishi esa grammatika qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, miqdor va ko‘lam jihatdan fikr almashishga yetarli bo‘ladi. U eshitgan va ko‘rganlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tushuna oladi, o‘zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila biladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan o‘rinli foydalanadi (ularni takqqoslaydi, oydinlashtiradi, umumlashtiradi, hukm va xulosa chiqarishga harakat qiladi).
Olti yoshli bolaning psixik tayyorligi haqida gapirilganda, ko‘pincha muayyan reja asosida, tartibli, ko‘p qirrali maqsadga yo‘naltirilgan, o‘zaro mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazifasini o‘tovchi psixik o‘sish darajasini nazarda tutamiz.
Shuningdek, ta’lim uchun psixik o‘sish darajasidan tashqari, bola turmushi va faoliyatining tafovutlari, sharoitlari, o‘ziga xosligi, uning sixat-salomatligi, usuliy jihatdan tayyorgarligi, oddiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgani kabi omillarni hisobga olish maqsadra muvofiqdir. Yuqorida aytilganlarning hammasi bolaning maktab ta’limiga psixologik jihatdan tayyorgarligining obyektiv tomonlarini ifodalaydi.
Bola maktab ta’limiga psixologik tayyorlanishning subyektiv tomoni ham mavjuddir. Uning maktabda o‘qish xohishi, intilishi, katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy bog‘liqdir.
Bu davr odatda bolalikning maktab davri deb ham yuritiladi. Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog’cha yoshida to’plagan shaxsiy tajribasi, til boyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellektual, ham ahloqiy, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulg’aya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piajening ma’lumotiga ko’ra, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar ro’y beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bo’lib, ma’lum tizimga, tartibga tushadi, endi u ko’proq o’zi xohlagan narsalarni esda saqlab qoladigan bo’lib boradi. Shuning uchun ham ular ota-onalari o’ylanib qoladigan mavhum matematik vazifalarni ham o’qituvchisi o’rgatganday tezda yechadigan bo’lib qoladi. Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi tashqi real olamni, u qanday bor bo’lsa shunday anglay boshlaydi. Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi, Bu davrda bola maktab o‘quvchilariga qo’yiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,; o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligiga, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkuryning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo’ladi. “Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanad”. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsining shakllanishidagi o’rni nihoyatda katta. Bola o’quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni urganadi. O‘quv faoliyatida bola o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, Xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada ryvojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yanga sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar. nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv saoliyati talablariga bo‘ysunish ham yukltilganligini his eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei o‘zgarganligini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug’ullanishga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir urinni egallaydi. O’quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi.
Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘ladilar. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim kerak” motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi, Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rquvni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi.
Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o’zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z oilasida o‘zi egallagan o’rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo’ladi, vaziyat va qolatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdag‘i bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti- harakatlar o‘zgalar ko‘z ungida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanyotganida tayorlanadi. Buning uchun u dastavval, ta’lim-tarbiya tomonidan o’quvchi shaxsiga qo’yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi. Undan tashqari u fan asoslarini o’rganish uchun ham biologik, jismoniy ham psixologik jixatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Maktab ta’limiga psixologik tayorgarlik deganda, bolaning obektiv va yubektiv jixatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatlarining o’zaro munosibligi nazarda tutiladi. O’quvchi maktab ta’limiga keng ma’noda obektiv tayyor bo’ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o’quvchilardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayorgarlik ko’rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli ravishda barqaror ko’rinishga ega, deb hisoblash mumkin. Diqqatning xususiyatlari unung ro’lli va syujetli o’yin faoliyatlarida, rasm chizish va ko’rish, loy hamda plastilindan narsa yasashda, katta yoshdagi va tengqurlari nutqini idrok etishlarida, matematik amallarni bajarishlarida, hikoya tinglash va o’zi haqida tuzishda ham bevosita namoyon bo’ladi. Bu davrga kelib bola o’z diqqatini muayyan obyektga, narsa va hodisalarga yo’naltirishga, to;plashda va uni mustahkamlashda, hamda taqsimlashda malum darajada ko’nikmalarni egallagan bo’lib, o’z diqqatini boshqarish zarur paytda uni o’zi tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli ajiyibotlarga, g’aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini taajubga soladigan vaziyatlarva ma’lumotlarni puxta eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha faqat kattalar yordamida u yoki bu axborotlarni egallab kelgan bo’lsa, endi u o’z xohish irodasi bilan, muayyan motivatsiyaga asoslangan holda ma’lumotni olishga , o’z oldiga yaqqol maqsad va aniq vazifa qo’yishga harakat qiladi. Bolaning muayyan taraqqiyot darajasiga erishganini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. U o’zining uncha boy bo’lmagan tajribasiga asoslanib, she’r, hikoya, ertaklarni esda qoldirishi uchun ularning takrorlanganligi, yod olishning qulay usul va yo’llaridan foydalanganligi ta’lim jarayonida unga juda qo’l keladi. U o’qish, idrok etish, o’zlashtirish texnikasi bilan yaqindan tanishishga erishadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari, ko’pincha yaqqol obrazli xotiraga suyangan holda kognitiv faoliyatni tashkil etsa ham biron bir narsani eslashda xotiraning boshqa turlarini sira istisno qilmaydi, aksincha, ta’lim shaxsdan so’z mantiq xotirasini taqazzo qiladi, ijodiy produktiv yo’l bilan bilimlarni egallashni talab qiladi. So’z-mantiq xotirasining mavjudligi matnnning ma’nosiga tushunib esda olib qolish samaradorligini oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Tajribalardan shu narsa malumki, bola ma’nosiz soz’lardan ko’ra ko’proq ma’nodor ilmiy tushunchalarni yaratish, tuzish va mustaxkamroq esda olib qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi kattalar bilan muloqotga kirishish, o’zgalar fikrini o’qib olish va uni maqsadga muvofiq to’g’ri idrok etish darajasiga to’la javob bera oladi. Bola nutqining tuzilishi milliy til grammatikasi qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, rang-barang tushunchalarga boy, miqdor va ko’lam jihatdan har qanday kimsa bilan fikr almashish, muloqotga kirishish uchun mutlaqo yetarlidir. O’quvchi o’zi eshitgan narsalarni, voqelik haqidagi ma’lumotlarni to’g’ri tushuna oladi, o’zida mavjud bo’lgan axborotlarni, taassurotlarni muayyan tartib bilan bayon qila oladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan o’rinli foydalanadi, narsalarni tasdiqlaydi, yaqqollashtiradi, guruhlarga ajratadi, hukm chiqaradi. Yirik chet etva sobiq sovet psixologlari tadqiqotlarining ko’rsatishicha, oqilona tashkil qilingan ta’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalar tafakkurini jadal sur’atlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini ertaroq ishga tushishiga, ro’yobga chiqishiga imkon beradi. Chunonchi, bolalar matematik, fizik, ximik, politexnik, lingvistik tushunchalarni o’zlashtiradilar, mustaqil ravishda uncha murakkab bo’lmagan masalalar tuzadilar, oddiyroq mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar.
Yuqorida yuritilgan fikrlarga tayanib shunday xulosaga kelish mumkinki, bolalarning psixologik tayorgarlik darajasi ta’limni muvafaqqiyatli uddalash, amalga oshirish uchun mutlaqo kafolat bera oladi. Bu o’rinda uning shaxsiy xususiyatlarining shakllanishiga ham e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Bola shaxsining bir qator xususiyatlari va fazilatlari yaqqol ko’zga tashlana boshlaydi; qat’iylik, nisbiy mustaqillik, o’z oldiga maqsad qo’ya olishlik, xulq-atvorni ijtimoiy jamoatchilik nuqtai nazardan baxolashga intilishlik, axt-paymonga sodiqlik, va’daga vafo qilishlik, burch va javobgarlik xislari kabilar. Shuning bilan birga maktab ta’limiga tayorgarlik ko’rayotgan bola o’z xis-tuyg’usi va ichki kechinmalarini boshqarish malakasiga egadir, xatto u o’z-o’ziga, o’z qilmishlariga, nojo’ya xatti-harakatlari, o’rinsiz luqma tashaganligi, ixtiyorsiz o’shshayganligi uchun baxoli qudrat oz’ munosabatini bildirishi mumkin. Ta’kidlab o’tilgan barcha mulohazalar, sharxlar, tavsiflar maktab talimiga psixologik tayorgarlikning asosiy omillari, shuningdek, eng muhim shart-sharoitlari bo’lib hisoblanadi. Bu davrning ahamiyatli tomoni shundaki, bolaning bog’cha yoshi davrida to’plagan shaxsiy tajribasi, tilboyligi, bilish imkoniyatlari endi tartibga tusha boshlaydi, u ham intellectual, ham axloqan, ham ijtimoiy tomondan rivojlanib, ulg’aya boshlaydi. Jenevalik psixolog Jan Piaje ma’lumotlariga qaraganda, 6-7 yoshli bolaning intellektual salohiyatida keskin burulishlar ro’y beradi. Uning xotirasi ancha yaxshi bo’lib malum tizimga, tartibga tushadi, endi u ko’proq o’zi xohlagan narsalarni esda saqlab qolishga harakat qiladi. Shuning uchun ham u, bazan ota-onalari o’ylanib qoladigan mavhum matematik vazifalarni ham o’qtuvchisi o’rgatganday tezda yechadigan bo’lib qoladi. Har xil ertaklarni eshitib yurgan bola endi real tashqi olamni, uni qanday bo’lsa shunday mavjud xususiyatlari doirasida idrok qilib, anglay boshlaydi.
Boshlang’ich maktabda o’qiyotgan bola uchun shaxsiy yutuqlari- o’qishda, sportda bolalar orasida nufuzi va obro’si katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bu davrda bolalar o’zlarining qaysi jinsga taaluqli ekanligini teran anglab maktabda “o’g’il bolalar va qiz bolalar” guruhi shakllanadi. Har bir guruhning o’ziga yarasha qiziqishlari, mashg’ulatlari bo’lib, qizlarning davrasida bo’lish, xattoki, o’g’il bola uchun noqulay bo’lib qoladi.
Eng muhimi, aynan bu davr axloqiy normalarni anglashning, tushunish, axloqiy qadryatlarni o’zlashtirish va ma’naviy tasavvurning shakllanishi uchun o’ta sezgir va qulay hisoblanadi. Shuning uchun ham kattalarni e’zozlash kichiklarga hurmat, ota-onaga ehtirom ko’rsatish, vatanni sevish, shaxsiy va ijtimoiy mulkka to’g’ri munosabat xislari tarbiyalanadi. Bola jazo va rag’batlantirish o’rtasidagi farqni ajrata oladi va nima qilib bo’lsa ham jazolanishdan qochib, ko’pchilikning nazaridan qolmaslikka harakat qiladi. Shu bois ham oilada va ta’lim maskanlarida bolaning axloqiy va ma’naviy tarbiyasi uchun yaratilgan yaxshi shart-sharoit ayni bu davrda o’zining samarali natijasini beradi.
Biroq bolaning maktab talimiga psixologik jixatdan tayyorligining subyektiv tomoni ham mavjuddir. Bola maktabda o’qish xohishi, intilishi, predmetlarga qiziqishi, ishtiyoqi katta yoshdagi odamlarning bilan muloqotga kirishishning istagi mazkur tayyorlik bilan uzviy bog’liqdir. Unda bu davrga kelib o’qish, bilim olish bilan bog’liq turli tasavvurlar shakllanadi. Shuning uchun u maktab jamoasining barcha a’zolarining ma’suliyatli vazifalarini e’tirof etadi va ularga itoatkorlik tuyg’usi, ularni ko’rsatmalarini bajarishga moyillik tug’iladi. Lekin bolalarning barchasi bu narsaga bir tekis munosabatda bo’ladi, deb bo’lmaydi, shu boisdan ular o’rtasidagi individual farq vujudga keladi. Bazi bir bolalar maktabga vujudi bilan talpinadilar, go’yoki qush kabi uchishga tayyordirlar, oqish vaqtiga qancha vaqt qolganini sabrsizlik bilan sanaydilar, o’quv ashyolarini oldinroq taxt qilib qo’yishga kattalarni da’vat etadilar. Boshqa bir toifadagi bolalar esa bu to’g’risida extiyotkorlik va vazminlik bilan munosabatda bo’ladilar. Biroq bu toifadagilarda faollik,shijoat, kuyuchanlik bilan intilish yetishmaganga o’xshab ketadi. Uchinchi bir turkumda taalluqli o’quvchilar bo’lsa maktabdan qat’iy ravishda vos kechish darajasiga borib yetadilar. O’qishga nisbatan bunday munosabat kattalarning jazo berish, erkinlikni yo’qotish, majbur qilish, qo’rqitishlari oqibatida vujudga keladi. Masalan: “Maktabga borsang- taziringni yeysan”, “ Qilt etsang kaltak yeysan”, “ Dars tayyorlayverib tinkang quriydi” va boshqalar.
Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy maqsadlaridan biri — barkamol avlodni tarbiyalashdir. Barkamol avlod tarbiyasi uchun mas’ul boigan kishilar sifatida psixolog mutaxassislarga bugungi mavzu juda dolzarbdir.
«Ijtimoiylashuv» atamasini birinchi bo‘lib amerikalik sotsiolog F.G.Keddings insonlarga nisbatan qollagan. U o‘zining «Ijtimoiylashuv nazariyasi» (1987) kitobida «ijtimoiylashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir», degan fikrni bildiradi.
Har birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bolgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb yuritiladi. Ijtimoiylashuvga oid bir qancha ta’riflar mavjud boiib, quyida ulardan bir qanchasining izohi beriladi.
Ijtimoiylashuv (ba’zi adabiyotlarda sotsializatsiya deb berilgan) tushunchasi ijtimoiy-psixologik, sotsiologik, pedagogik kategoriyalardan biri boiib, bu atam a shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’siri ostida jamiyatdagi mavjud tajribalarni o‘zlashtirishga moyilligi yoki o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy m a’nosi ostida individ tug‘ilib, uni o‘rab turgan birlamchi va ikkilamchi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, undan so‘ng jamiyatga qo‘shilishi, o‘rgangan barcha tajribalarini atrof-m uhitdagilar bilan hamkorlik qilish jarayonida qollashi va kimlargadir shu tajribalarni uzatishda vosita bolishi jarayoni tushuniladi.
Ijtimoiylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat jarayonida uni faol tarzda qollash jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv har bir shaxsning jam iyatga qo‘shilishi, uning me’yorlari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasini o‘z navbatida o‘zgalarga o‘rgata olish jarayonidir.
Ijtimoiylashuv so‘ziga berilgan ta’riflardan eng keng tarqalgani (lot. Socialis — ijtimoiy, jamoaviy) individning jamiyatga kirib borib, undagi hayot uchun zarur bo‘ladigan malaka, rollar, me’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtirishidir. Ijtimoiylashuv jarayonida insonlarda jamiyatdagi muloqotning ishtirokchisi boiishi uchun kerak boiadigan ijtimoiy sifatlar, bilimlar, ko‘nikmalar shakllanib boradi.
Hozirgi zamon psixologiyasida ijtimoiylashuv terminining yana ikkita sinonimi keng qo‘llaniladi: ya’ni bular «shaxs shakllanishi» va «tarbiya» jarayonidir. Ijtimoiylashuv «individning jamiyatga kirib borishi», «ijtimoiy ta’sirlarni o‘zlashtirish» hamda «ijtimoiy aloqa jarayonida ulardan foydalanish» kabi tushunchalar orqali ham ifodalanadi.
Ijtimoiylashuv — bu bizning jamiyatga qo‘shilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy tajribalarni o ‘zlashtirishimizdan iborat bo'lgan jarayondir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat holda kechadi:
Individ ijtimoiy tajribani
— qabul qilishi, singdirishi;
— o‘z hayoti, faoliyati, munosabati jarayonida qo‘llashi;
— o‘zgalarga uzatishi, o‘z ta’sirini o‘tkaza olish jarayonidii'.
Ijtimoiylashuvni quyidagi sxema orqali tushunish osonroq kechadi:
Ijtimoiylashuv ikki tomonlama jarayondir, bir tomondan individning jamiyatga kirib borib, undagi malakalarni o‘zlashtirish jarayoni boisa, ikkinchi tomondan, inson faolligi hamda jam iyatdagi faol ishtiroki orqali ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishdir. Ijtimoiylashuv g‘oyasini psixologiya sohasiga kiritgan hamda bu muammoni ijtimoiy psixologik bilimlarni rivojlantirish uchun muammo sifatida olib kirgan olimlar ijtimoiylashuvning aynan shu ikki tomoniga katta e’tibor qaratishgan.
Ijtimoiylashuv jarayonining birinchi tomoni — ijtimoiy malakalarni o‘zlashtirish — bu jamiyatni insonga ta’sir etuvchi tavsifsi, ikkinchi tomoni esa — inson faolligi — insonning jam iyatga o‘zining faoliyati orqali ta’sir etishidir. Bunda inson faolligi pozitsiyasi — ijtimoiy aloqalarga har qanday ta’sir ma’lum bir qaror qabul qilish va keyinchalik shu qarorni bajarish uchun m a’lum bir faoliyat strategiyasini ishlab chiqish orqali tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv jarayoni shu keltirilgan tushuntirishlar orqali shaxs shakllanish jarayoniga qarshi chiqmaydi, lekin, bu muammoga turli tomondan yondashishni talab qiladi. G.M .Andreyevaning fikriga ko‘ra, «Yosh psixologiyasi uchun bu muammo «shaxs» mavzusiga taalluqli bo‘lsa, ijtimoiy psixologiya uchun «shaxsning jamiyatga ta’siri» tomondan qiziqroq hisoblanadi».
Shu o‘rinda ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsatib o‘tishni lozim topdik. Bular: Biologik kontekst va Madaniy kontekst.
Biologik kontekst. Insonlarga ko‘zni yumib-ochish, ushlash, so‘rish kabi genetik reflekslar xos bolsa-da, ularning genida o‘zini tutishning qiyin modellari programmalashtirilmagan boladi. Ular kiyinish, ovqatlanish, uy-joy qilish kabi ko‘nikmalarni o‘rganishlari, yashash uchun kerakli ko'nikma, malakalarni sekinastalik bilan o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi. Hayotining dastlabki yilida bola butkul kattalarning diqqat-e’tibori ostida bo‘ladi va asta-sekin boshqa jonzotlarga xos bolm agan, ular o‘zlashtira olishi qiyin bo‘ladigan kolnikmalarni o‘zlashtirib olishadi (masalan, gapirish).
Madaniy kontekst. Har bir jamiyat boshqalardan ustun boigan ma’lum bir shaxs sifatlarini qadrlaydi va bolalar ijtimoiylashuv jarayonida bu sifatlarni o‘zlashtirib olishadi. Insondagi aynan qaysi sifatlar ko‘proq qadrlansa, ijtimoiylashuv usullari shunga bogliq boladi, ular turli madaniyatlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, Amerikada o‘ziga ishonish, o‘zini boshqara olish va agressivlik kabilar qadrlansa, Hindistonda uning aksi, passivlik va mistitsizm qadrlanadi. Shuning uchun amerikaliklar buyuk sportsmeniar, astronavtlarga hurmat bilan qarashadi. Hindlar esa, zo‘ravonlikka qarshi harakat qiladigan dindorlar va siyosat arboblari (masalan, Maxatma Gandi)ga hurmat bilan qarashadi. Bu madaniy qadriyatlar ijtimoiy me’yorlar asosida yuzaga keladi. Tarkibida bir xillik mavjud bo‘lmaganligi tufayli, ijtimoiylashuv ikki tomonlama jarayondir. Biologik omillar hamda madaniy omillarning, shuningdek, ijtimoiylashayotgan hamda ijtimoiylashmoqchi bo‘lgan odamlar o‘rtasida bir-biriga ta’sir etish jarayoni ro‘y beradi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi uning bilishga boigan obyektiv ehtiyoji jarayonida paydo boladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda shaxsda boshqa bir obyektiv ehtiyoj — o‘ziga xoslikning namoyon bolishi ham shakllanadi. Shaxs uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘zigagina tegishli boigan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi.
Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv (ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbatan o‘ziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib, ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Insonning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi (individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Moslashish subyekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuvi jarayoni va natijasidir (J. Piaje, R. Merton).

2. Ijtimoiylashuv borasidagi nazariyalar


Ijtimoiylashuv jarayonini turli psixologik ilmiy maktablar turlicha tahlil qilganlar:
1) neobixeviorizm namoyandalari ijtimoiylashuv — bu ijtimoiy o‘rganishdir;
2) interaksionizm vakillari ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar natijasi;
3) gumanistik psixologiya vakillari esa «Men» konsepsiyasining namoyon bo‘lishi deb ta’riflaganlar. Ijtimoiylashuv serqirrajarayon bo‘lib, yuqorida psixologiyaning ilmiy maktablari namoyandalari tomonidan keltirilgan fikrlar uning faqatgina bir tomonigagina asosiy urg‘u beradilar. Hozirgi kunda jahon psixologlari ijtimoiylashuv muammosini ijtimoiy xulq-atvorni boshqarishning dispozitsion konsepsiyasi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqishga harakat qilmoqdalar. Bu konsepsiya shaxslararo munosabatlarga kirisha olish darajasiga bog‘liq boigan ijtimoiy xulq-atvorni boshqarish tizimini tahlil qiluvchi dispozitsiyalar ierarxiyasini o‘z ichiga qamrab oladi.
U ijtimoiylashuv mexanizmlariga quyidagilarni kiritadi: adaptatsiya; identifikatsiya; ishontirish; taqlid qilish.
Adaptatsiya — shaxsning o‘z ichki xususiyatlarini o‘zi yashayotgan muhit xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi borasida ish olib borgan olimlardan biri K.Frommdir.
Identifikatsiya — mdivid tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy me'yorlarini o‘zida qayta tiklashi (o’ziniki qilib o‘zlashtirish).
Taqlid qilish — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini o‘zida qayta tiklash (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish).
Ishonish — individ tomonidan ongli va ongsiz holatda u bilan muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, dunyoqarashlarini o‘zida qayta tiklash (o'ziniki qilib o‘zlashtirish).
Shaxsning ijtimoiylashuvida ijtimoiylashuv mexanizmlari muhim o‘rin tutadi. Fransuz olimi Gabriel Tard, amerikalik Uri Bronfentrener, rus olimiaridan V.S. Muxina va A.V. Petrovskiylarning tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltirilgan.
I.P.Podlosiyning ta’rifi bo'yicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish-istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir.
Ajratish mexanizmi. Bu ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o‘zi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. U odatda nizolarni hal qilish kuzatiladi.
O’z-o‘zini cheklash mexanizmi — agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stinikiga nisbatan ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘ziga nisbatan hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi.
Bu esa uning o‘z «Men»ini cheklab qo‘yishi va qiyinchiliklar oldida ojiz qolishi demakdir.
Loyihalash mexanizmining o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash tashkil qiladi.
Ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri identifikatsiyadir. Identifikatsiya jarayonida shaxs xayolan o‘zini boshqalar bilan qiyoslaydi. Ijtimoiy, jinsiy rollarni, qadriyatlarni, an’analarni o‘zlashtiradi, ularni o‘zaro taqqoslaydi, fikr yuritadi.
Shunday qilib, shaxsning jamiyatga muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvida ijtimoiy agentlar, ijtimoiylashuv mexanizmlarining ta’siri muhim o‘rin tutadi.
3.Ijtimoiylashtiruvchi maskanlar va oilaning
ijtimoiylashuvdagi o‘rni
Har qanday shaxs ijtimoiy muhitda yashar ekan o‘sha ijtimoiy muhit uning ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi va maskan vazifasini bajaruvchi bir qancha muassasalarga ega bo‘ladi. Shaxs ijtimoiylashuviga ta’sir o‘tkazuvchi atrof-muhitni birlamchi va ikkilamchi ijtimoiylashuv maskanlariga ajratish mumkin. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘i, fan tilida aytilganda ijtimoiylashuv maskani hisoblanadi. Shuningdek, o‘zbek muhitida mahalla va ta’lim-tarbiya muassasalari ham birlamchi ijtimoiylashuv maskani sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlariga esa mehnat jamoalari, OAV, turli xil jamoatchilik tashkilotlari, din kabi larni kiritish mumkin. Shuningdek, mehribonlik uylari, maxsus internatlar, harbiy bilim yurtlarida nisbatan uzoq vaqt mobaynida bolalarning tarbiyalanishini, o‘sha yerning me’yorlari, qadriyatlari va talablari ta’sirida uning dunyoqarashi shakllanishini, o‘sha yerdagi ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi hisobga olinsa, bu maskanlar ham ijtimoiylashuv maskanlari sifatida tan olinishi maqsadga muvofiqdir.
Oila — bu maskanning ahamiyatini anglash uchun «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan maqolni tahlil qilishning o‘zi kifoya. Ya’ni har qanday bola o‘z oilasida o‘zlashtirgan tajribalaridan hayoti davomida foydalanadi va uni keyinchalik o‘z farzandlariga ham o‘rgatadi.


Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling