Mavzu: 80-yillarda o’zbekistonning ijtimiy-siyosiy jarayonlar reja: 80-yillarda sssrdagi "qayta qurish" jarayonini O‘zbekistonga ta’siri
Download 30.49 Kb.
|
1 2
Bog'liq80-YILLARDA O’ZBEKISTONNING IJTIMIY-SIYOSIY JARAYONLAR
Mixail Sergeyevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining aprel (1985-yil) plenumi bilan bevosita bog’liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyat-ning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan bosh-landi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki baravar ko’p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallashiga qaramas-dan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganligi qayd etildi.
Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985—1987-yil-lar) ma'muriy-tashkiliy tadbirlarning an'anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo’yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraq-qiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishdan iborat bo’ldi. Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Ammo bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomil-lashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon bo’lib qoldi. Shuning uchun 1986-yilda qayta qu-rish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e'tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma'muriy-buyruqbozlik va byurokra-tizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi. Natijada jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma'lum o’zgarishlar ro’y bera boshladi, kishi-larning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o’zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o’zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islo-hotlarni amalga oshirish yo’lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986-yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987-yil yanvaridan ishlab chiqarish sur'atlari keskin pasaya bordi, iqtisodi-yotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning bi-rinchi bosqichi shu tarzda mag’lub bo’ldi. Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987— 1990-yil-lar) endi jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo’ydi. Xususan, bunday va-zifa sobiq siyosiy mafkura tomonidan 1987-yil yanvarda yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to’liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta'kidlandi. Jamiyatda sodir bo’layotgan voqealar, hodisalarga o’sha davrda kun tartibiga qo’yilgan «ko'proq demokratiya» shiori ostida baho berish rasm bo'1di. To’g’ri, demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma'lum darajada uyg’otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o’zgartirish to’g’risidagi Qonun (1988-yil de-kabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a'zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma'lum ahamiyat kasb etdi. Ammo mamlakatda tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetka-zish mumkin bolmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo’q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar. “Paxta ishi” va “O‘zbeklar ishi” 80-yillarga kelib qatag’onlik va qonundan chekinishlar yana bo’y ko’rsata boshladi. Galdagi qatag’onlik to’lqiniga nafaqat ijod ahli, balki xo’jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi.O’zbekistonning milliy ziyolilari hech qachon, hattoki mustabid tuzumning «gullab-yashnagan» davrida ham o’zbek xalqining milliy mustaqilligi g’oyalaridan voz kechmadilar. Ochiq kurash imkoni bo’lmaganda ham milliy mustaqillikni qo’lga kiritish uchun zimdan kurash olib bordilar.O’zbekistonda qonunchilik va huquqiy tartiblarni tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustahkamlash degan niqoblar bilan Markazdan katta vakolatga ega bo’lgan mas’ul xodimlarning «desant» guruhlari kela boshladi. Bunday holatlar O‘zbekiston sovet mamlakatidagi “poraxo‘rliklar, qo‘shib yozishlar, o‘g‘rilik kuchayib ketgan yagona hudud”, degan tushuncha paydo bo‘lishiga olib keldi. O‘zbekiston KP MQ XVI plenumi va XXI s’ezdi qarori bilan O‘zbekistonga markazdan kadrlar jo‘natila boshlandiki, O‘zbekiston Kompartiyasi MQ O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti, O‘zbekiston SSR Oliy Soveta, O‘zbekiston SSR Prokuraturasi, O‘zbekiston SSR Ichki Ishlar Ministrligi kabi muhim boshqaruv bo‘g‘inlari shunday kadrlar qo‘l ostiga tushib qoldi. Ular respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning yanada keskinlashishining asosiy sababchilariga aylana bordilar. Qisqa muddat ichida O‘zbekiston prokuraturasining eng yuqori, eng muhim lavozimlaridan tortib, oblast, rayon prokurorlarigacha markazdan doimiy ishlashga yuborilgan vakillari bilan almashtirilgan. 1984 yilda O‘zbekiston SSR Prokurori, uning muovinlaridan uchtasi, eng katta boshqarmalarning boshliqlari lavozimlariga markazdan yuborilgan xodimlar qo‘yildi. Natijada, Buxoro viloyatiga G.N.Matyushov, Samarqand viloyatiga V.I.Eremenko, Xorazm viloyatiga A.D.Titorenko, Navoiy viloyatiga A.P.Suxarev, Surxondaryo viloyatiga V.M.Jeltkov, Qoraqalpog‘iston ASSRga V.V.Donsov, Toshkent shahariga G.P.Filippenkovlar prokuror etib tayinlandilar. Ular uydirma, to’qib chiqarilgan «paxta ishi» va «o’zbeklar ishi» deb ishlarga siyosiy tus berildi. Oqibatda go’yoki butun O’zbekiston jinoyatchilar makoniga aylanib qolgandek tasavvur uyg’otishga harakat qilindi. «Paxta ishi» uydirmalaridan boshlangan vaqtda xalq xo‘jaligida «jinoiy ishlarga qo‘l urgan» xodimlar javobgarlikka tortilib, ular xalq xo‘jaligida "qo‘shib yozishlarga" yo‘l qo‘yilganlikda ayblandilar. Qo‘shib yozishlarni tekshirishdan boshlangan tergov guruhining faoliyati asta-sekinlik bilan rahbarlik lavozimida ishlayotgan kishilarni ham torta boshladi. “Paxta ishi”, "o‘zbeklar ishi" nomini olib kelgan qatag‘onga keyinroq milliy tus berilib, to‘liq "o‘zbeklar ishi"ga aylantirildi. Natijada mahalliy rahbar xodimlar, ziyolilar ham ta’kib ostiga olina boshladi. O‘zbekistondagi bu holatlar haqida markaziy matbuot sahifalarida shunchalik ko‘p maqolalar chop etildiki, ulardan «xalqimizning tarixi, madaniyati, paxta va paxtakorning mashaqqatli mehnatlaridan behabar odamlarda go‘yo, o‘zbeklar turli nopok yo‘llar bilan daromad ortirib, engil - elpi hayot kechiradi”, degan noto‘g‘ri tasavvur tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Tergov guruhiga kirgan tergovchilarping asosiy qismi katta bilim va tajribaga ega bo‘lmagan, noqonuniy holatlardan ko‘z yumadigan, topshiriqdarni ko‘r-ko‘rona tarzda bajaradigan kishilar bo‘lgan. Tergov guruhiga katta vakolat va imtiyozlar berilgan. Ular sohta ayblovlar bilan qonunsizlik yo‘liga o‘tib, tergov jarayonlarida tuhmat, ig‘volar uyushtirish, faktlarni sohtalashtirish, kishilarni sohta ma’lumot berishga majbur etish, o‘zlariga yoqmagan kishilardan o‘ch olish vositasi sifatida foydalanganlar. T.Gdlyan olib borayotgap jinoyat-tergov ishlarining barchasi ochiqdan ochiq ayblov yo‘nalishida bo‘lgan. Ko‘plab jismoniy va ma’naviy azoblardan so‘ng qamoqqa olinganlar o‘z ayblarini bo‘yinlariga olishga majbur bo‘lganlar. Gunohi hali isbotlanmagan kishilarni qamoqdarda ashaddiy jinoyatchilar bilan birga bir kameralarda ushladilar, ularni shafqatsiz kaltaklab, ruhiy azob berib, qo‘rqitib, tergovchilar avvaldan tayyorlab qo‘ygan xo‘jjatlarga imzo chekishga majbur etdilar. Mana shunday kabih yo‘llar bilan tergov guruhi guvohlik beruvchilardan o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olgan. Noqonuniy qamoqqa olingan kishilar orasida ko‘p bolali onalar, xomilador ayollar, yosh bolalar ham bo‘lgan. Bu ishlardan ko‘zlangan maqsad iqtisodiy “jinoyatchilik”ni fosh etish emas, balki mamlakat hayotidagi umumii salbiy holatlarning aniq bir qo‘rinishi bo‘lgan qo‘shib yozishga qarshi harakatlarni to‘xtatish, ''temir intizom" bilan milliy kadrlarni jazolab, erkin fikrlaydigan ziyolilarni jilovlash, respublikalarda yuzaga kelayotgan ijtimoiy-ciyosiy kuchlarni bo‘g‘ib tashlash, milliy ong, fuqaroning faolligini ham bir tizginda ushlab turishdan iborat edi. T.Gdlyan guruhining O‘zbekistondagi faoliyati davomida O‘zbekiston SSR prokraturasi va O‘zbekiston SSR Ichki ishlar vazirliklarining 20 nafar rahbar xodimi, O‘zbekiston Kompartiyasi MQning to‘rt nafar kotibi, viloyatlardagi qo‘mitalarining sakkiz kotibi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti prezidiumi Raisi, O‘zbekiston Paxta tozalash sanoati vaziri va boshqa bir qancha ma’sul xodimlar, umuman 62 nafar mas’ul shaxs pora olishda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildilar. 1989 yilning may oyiga qadar javobgarlikka tortilgan 35 nafar ayblanuvchining ishi sudga oshirildi. 1984-1989 yillar davomida T.Gdlyan guruhi tomonidan 800 dan ko‘proq "jinoiy" ish ko‘rilib, jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 600 nafari rahbar xodimlar, 10 nafari Sotsialistik Mehnat Qahramonlari bo‘lgan. O‘zbekiston SSR Paxta tozalash sanoati vaziri V.Usmonovga esa 1986 yilda o‘lim jazosi belgilangan, hukm 1987 yilda amalga oshirilgan. XX asr 80 - yillariga kelib ko‘shib yozishlar, poraho‘rlik, mansabni suite’mol qilish hollari ittifoqdosh respublikalarning barchasida kuchaygan edi. SHuningdek, bu illatlar faqat mahalliy rahbar kadrlar yo‘l qo‘ygan xato, kamchiliklarnigina emas, balki mamlakatda o‘tgan yillar ichida shakllangan ma’muriy-buyruqbozlik tizimining natijasi edi. “Paxta ishi” uydirmalari bo‘lsa, o‘zbek xalqining kuchayib kelayotgan iqisodiy inqirozlardan chalg‘itish, bunda biror bir xalqni “aybdor” qilib ko‘rsatish orqali xalq e’tiborini boshqa tomonlarga burib yuborishdan iborat edi. Aslida shunday ham bo‘ldi, butun mamlakat bo‘ylab O‘zbekistondagi «ulkan o‘g‘riliklar», «poraxo‘rliklar» muhokama etildi. Natijada, "turli millat xalqlarining buzilmas ittifoqi tashkil toptan" bu ulkan davlatda "do‘stlik va qardoshlarcha hamkorlik" bir chetda qolib, butun mamlakatga o‘zbek xalqiga nisbatan "boqimanda" degan yorliq yopishtirildi. Butun bir millatni ayblash yo‘liga o‘tib olgan siyosiy rahbariyat "paxta ishi"ni "o‘zbeklar ishi"ga aylantirib yubordi. O‘zbekiston mustaqil ravishda "paxta ishi"ni tekshirish boshlanganda ishni mahalliy rahbarlarga berishni istamay, tekshiruv ishlariga to‘sqinlik qilishga, haqiqiy aybdorlarni yashirib turishga, barcha ayblovlarni yana o‘zbek xalqi elkasida qoldirishga intildi. O’zbekistonning mustaqilikga erishishi. XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston iqtisodiy hayoti juda og‘ir ahvolda, xususan, sanoatning biryoqlama rivojlanib, "paxta" sanoat kompleksiga moslashishi, ekologik ahvolning og‘irlashib, onalar va bolalar o‘limining oshib ketishi, millatlararo munosabatlarda ziddiyatli holatlar yuzaga kelib, milliy mojarolar yanada kuchayib, milliy urf-odatlar, qadriyatlar ta’kib ostida qolishi respublikani tang ahvolga solib qo‘ygan edi. O‘zbekiston respublikasi davlat siyosatining jabhalarida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan xalqlar va ularning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar birinchi navbatda turar edi. Shunday vaziyatda tinch hayotni ta’minlash uchun davlatni boshqara oladigan, bo‘lib o‘tgan va o‘tayottan iqtisodiy, siyosiy jarayonlardan to‘g‘ri xulosa millat ravnaqi yo‘li asoslarini boshlab bera oladigan rahbar respublika uchun zarur edi. 1989 yil 24 iyunda I.A.Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanishi bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Farg‘ona vodiysi oblastlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan Kengashda so‘zlangan nutqida: ''Hozirgi kunda ko‘pgina odamlar Farg‘ona voqealarning sabablarini turlicha izohlashmoqda. Men ham butun barcha sabablarni sanab ularning eng asosiylarini qayd etmoqchi emasman. Lekin, barcha voqealarining ildizi - Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bog‘liq, desam, o‘ylaymanki, ko‘pchilik bu fikrga qo‘shiladi," deb alohida ta’kidlab o‘tadi. O‘zbekistonning rahbari sifatida ish boshlagan I.A.Karimov "O‘zbekiston etakchisi sifatida uzoq vaqtlar davomida echilmasdan, gazak oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, o‘tkir ijtimoiy muammolarning ildizini ochib tashlaydi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish bo‘yicha Markaz rahbariyati oldinga qat’iy talablarni prinsipial tarzda qayta-qayta qo‘yishdan cho‘chimaydi". Ma’muriy-buyrukbozlik avj olgan milliy his-tuyg‘ularni poymol etish evaziga shovinistik ruh bilan shakllangan kommunistik tuzum XX asr 80-yillarida butun O‘zbekiston xalqini ta’na-dashnom va tuhmatlar domiga tortgan, "paxta ishi" yoki keyinchalik "o‘zbeklar ishi" nomini olgan uydirmalar sovet tuzumi qatag‘onining yangi bosqichi bo‘lgan eli. Yuzaga kelgan turli ijtimoiy va iqtisodiy xarakterdagi muammolar mavjud salbiy vaziyatni keskinlashtirib yuborgan, biroq 1989 yilning ikkinchi yarmidan respublikadagi o‘zgarishlar “paxta ishi” qatag‘onlari bilan bog‘liq bo‘lgan T.Gdlyan guruhiga nisbatan munosabatli ham o‘zgartirib yubordi. 1989 yilga qadar respublika aholisi orasida qo‘rquv hissini uyg‘otib kelgan "paxta ishi" yoki "o‘zbeklar ishi" uydirmalariga ham 1989 yilning ikkinchi yarmidan boshlab barham berila boshlandi. Xalqning prokuratura organlariga ishonchini uyg‘otish, birinchi navbatda xalq va yurt manfaatlaridan kelib chiqib ish tashkil etish, Gdlyan-Ivanovlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklarga barham berish, ularga nisbatan jinoiy ish ko‘zg‘ash, noqonuniy jazoga tortilganlarni ozod qilish, markazdan kelgan "qonun posbonlarini" kelgan joyiga qaytarib yuborish, markaz bilan aloqani asta-sekin uzish ishlari eng muhim vazifaga aylandi. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi 1989 yil 12 sentyabrda "paxtachilikdagi qo‘shib yozishga yo‘l qo‘ygani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan kishilarni avf etish maqsadida xo‘jjatlar tayyorlaydigan" komissiya tashkil etdi. Ushbu komissiya tayyorlagan hujjatlarga tayapib, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi jinoiy javobgarlikka tortilgan 43 kishini gunohidan o‘tishni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetidan so‘radi. Unda ko‘plab shaxslarga belgilangan jazo muddatlarini engillashtirish choralari so‘ralgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, shu vaqt oralig‘ida "paxta ishi"da sudlanganlar soni 4018 kishini tashkil etgan bo‘lsa, respublikada boshlangan ijobiy o‘zgarishlardan so‘ng reabilitatsiya qilinganlar soni 2940 kishini, qayta tergovga yuborilganlar 63 kishini, asossiz sudlanganlar 1016 kishini tashkil etdi. 1989 yilning 21 oktabrida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bu tarixiy voqeaning mohiyati shundaki, u faqat milliy ma’naviyatni tiklashga qaratilgan bo‘lib qolmay, o‘sha paytda mahalliy aholining asosiy qismini tashkil qilgan, mustaqillikka intilayotgan o‘zbeklarning siyosiy qarashlarini ham ifodalagan edi. 1989 yil 25 noyabrdagi O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasi respublikaning o‘zini o‘zi boshqarishi va mablag‘ bilan ta’minlashi prinsipiga o‘tishi chora-tadbirlarini ishlab chiqish lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Chunki Markaz respublikaga nisbatan o‘z majburiyatlarini bajarmay qo‘ygan edi. 1990 yilning 24 martida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining sessiyasi sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib respublikada Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. I. A. Karimov bir ovozdan ushbu lavozimga saylandi. 1990 yil 18 iyun kuni XII chaqiriq respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi: O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: — o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari; — har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi; — har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda; — O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda; — xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi“. O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi: • O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir. • O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas. • SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashitomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi. • O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. • O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va hokazo. Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991 yil 18 avgust kuni tayyorlangan va 19 avgustda matbuotda e’lon qilingan “Sovet rahbariyatining Bayonoti”da M. S. Gorbachyovning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse-prezident G.I.Yanayevga o‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M.S.Gorbachyov sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda sobiq Ittifoqda favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi: O. D. Baklanov - SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, V. A. Kryuchkov - SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, V. S. Pavlov - SSSR Bosh vaziri, B. K. Pugo - SSSR ichki ishlar vaziri, V. A. Starodubsev — SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I. Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti, D. T. Yazov - SSSR mudofaa vaziri, G. I. Yanayev - SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi. Shu tariqa fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar. Mazkur qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar. Qaltis vaziyatda 1991 yil 19 avgustda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi. 1991 yil 20 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi. O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1991 yil 20 avgust kuni respublika aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi: “Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zga-rishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz“. Prezident xalqqa: „Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz“, - deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi. Respublika Oliy Kengashining Rayosati 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish chiqardi. 1991 yil 28 avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati “Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991 yil 31 avgust kuni chaqirish haqida qaror” qabul qildi va sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qo‘yildi. 1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Prezident I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi. Sessiyada „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti“ qabul qilindi. O‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olib, xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab, shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib, millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib, Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotidan. O‘zbekiston Respublikasi, - deb ta’kidlanadi Bayonotda, - to‘la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo‘ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini ochiq deb e’lon qiladi. Oliy Kengash sessiyasi „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida“ Qaror qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin O‘zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo‘ydi. 1 sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Download 30.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling