Ish daftari bilan ishlash.
Tarbiyachi ish daftarida berilgan topshiriqlarni tushuntiradi, bolalar daftarlarida mustaqil ravishda vazifalarni bajaradilar.
Topshiriqlar:
1. Namunaga qarab Iiharfining bosma shaklini yozing.
2.Rasmlarni nomlang. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ling. Itovushi o‘rnini qizil rangga bo‘yang.
4. “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz” ta'limiy o‘yin
“Harflarni qo‘shib o‘qiymiz” ta'limiy o‘yin. Harflarni qo‘shib o‘qishga o‘rgatishda tarbiyachi bolalarga “Birinchi harfni barmoq bilan ko‘rsatib nomi aytiladi va yo‘l bo‘ylab ikkinchi harfga yetib boriladi. Bolaga “Ikkinchi harfga yetib borguncha birinchi harfni cho‘zib turasan” deyiladi. Ikkinchi harfning nomi cho‘zib turilgan birinchi harfga qo‘shib yuboriladi. Bola mustaqil ravishda barmog‘i bilan yo‘l bo‘ylab birinchi harfni ikkinchisiga qo‘shishi lozim.
Tarbiyachi bolalarga harflarni qo‘shib o‘qishni ko‘rsatib tushuntiradi.
Harflarni qo‘shib o‘qing: AU, UA, IA, OI
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik?
- I harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
-Qaysi harflarni qo‘shib o‘qidik?
-So‘zlarni bo‘g‘inga qanday bo‘ldik?
Do'stlaringiz bilan baham: |