Mavzu: Aa harf-tovushi bilan tanishtirish Maqsad
Download 35.25 Kb.
|
unli harflar Nuritdinova (копия)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quvnoq daqiqa «Otlar» o‘yini O‘yinning borishi
- Amaliy masq.
Mashg‘ulotning borishi:
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda o‘rganilgan harflarni o‘qib talaffuz qilib berishni bolalardan so‘raydi. Bolalar harflarni topib, uning qanday harf ekanligini (bosh yoki kichik) aytib, talaffuz qilib ko‘rsatadilar. So’ngra “Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda Itovushi bor ilon rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi I tovushini cho`zib (i-i-i-lon) aytadi va qaysi tovushni cho`zib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. Tarbiyachiga eslatma.
Tarbiyalanuvchilarbilan birga I tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng I harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi.Bunda Iharfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi. Iharfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga Ikesma harfi yopishtiriladi.) Harflarning uch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi. Quvnoq daqiqa «Otlar» o‘yini O‘yinning borishi: Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruh bolalari ot haydovchilar, ikkinchi guruh bolalari esa "otlarga" bo‘linadi. Otlarni tasvirlovchi bolalar ikkitadan bo‘lib qo‘l ushlashib turadilar Otlar haydovchining boshqaruvi ostida otlardek “iii” deb yuguradilar. Tarbiyachining buyrug‘iga binoan haydovchilar otlarni «drrr» deb to‘xtatadilar. So‘ngra bolalar rollarini almashadilar. Amaliy ish. Tarbiyachi bolalarga katta bosma I harfini doskada chizib ko`rsatib beradi. Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta Iharfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalargaIharfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin. Ko‘chadagi ustuncha Tikka bo‘lib turarkan, yerga yotqizib qo‘ysa- Yotmayman, deb aytarkan Amaliy masq. Tarbiyachi I unli ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (ip, it, i-lon, ig-na) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda I unli ishtirok etgan bo‘lsa Ikesma harfni baland ko‘taradilar. Download 35.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling