Mavzu: Aa harf-tovushi bilan tanishtirish Maqsad
Download 35.25 Kb.
|
unli harflar Nuritdinova (копия)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Muzyorarmashqi
- 2. Asosiy qism. 20 daqiqa “Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda A
Mavzu: Aa harf-tovushi bilan tanishtirish Maqsad:tarbiyalanuvchilar – - unli harflar guruhiga kiruvchi Aa harf-tovushi bilan tanishadilar; - do`stona bir-birlarini qo`llab-quvvatlashga odatlanadilar; - mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar. Kerakli jihozlar: “Laylakvoy” media mahsuloti, A harfli kartochkalar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar. Mashg‘ulot metodi: “Tabassum hadyasi”muzyorar mashqi, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, tushuntirish Mashg‘ulotning borishi: 1. Tashkiliy qism. 3-5 daqiqa Muzyorarmashqi: “Tabassumhadyasi” Tarbiyachiguruhtarbiyalanuvchilarinidoirabo`libturishlariniso`raydi. Bolalarqo`llariniushlabturadilar, yonidagio`rtog`igaqarabtabassumhadyaetadilar. Shutarzda mashq davom ettiriladi. Mashqdan so`ng bolalar o`z joylarini egallaydilar. 2. Asosiy qism. 20 daqiqa “Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda A tovushi bor ayiq tasviri ko`rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini-so`zni aytadilar. Tarbiyachi A tovushini cho`zib (a-a-a-ayiq) aytadi va qaysi tovush cho`zib aytilayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi. Tarbiyalanuvchilar A tovushini aytgach, tarbiyachi uning xususiyatlari haqida ma’lumot beradi. Tarbiyachiga eslatma:
Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda A tovushliso`zlarga misollar topiladi. Shundan so`ng A harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi va quyidagi amaliy ish bajariladi. Amaliy ish Tarbiyachi bolalargakatta bosma A harfini doskada quyidagicha chizib ko`rsatib beradi. Ikkita tayoqchaning yuqorigi uchlari birlashtirilib, ularning o`rtasiga belbog`cha qilib uchinchi tayoqchachiziladi.Tarbiyachi ko`rsatib bergan namunaga qarab bolalar sanoq cho`plaridan katta Aharfini yasaydilar. Ish yakunida tarbiyachi bolalarga Aharfi haqida quyidagi quvnoq she’rni aytib berishi mumkin. Alifboning boshi – “A” Uni hamma biladi, Mashhurlikda kerilib Oyoqni keng qo`yadi. Mana ikkita ustuncha: O`rtasida belbog`cha Bu harfni bilding-a? Ro`parangda turar “A” Download 35.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling