Mavzu: Aa harf-tovushi bilan tanishtirish Maqsad


Download 35.25 Kb.
bet5/10
Sana07.05.2023
Hajmi35.25 Kb.
#1439904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
unli harflar Nuritdinova (копия)

Amaliy masq.
Tarbiyachi O unli ishtirok etgan bir necha so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lib (Ol-ma,ol-cha, ol-ma-xon, oy-mo-mo, o-lov, bol-ta, to-vuq) aytadi. Bolalar aytilgan so‘zdagi bo‘g‘inda O unli ishtirok etgan bo‘lsa harfni baland ko‘taradilar.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Ish daftari bilan ishlash
Tarbiyachi ish daftarida berilgan topshiriqlarni tushuntiradi, bolalar daftarlarida mustaqil ravishda vazifalarni bajaradilar.
Topshiriqlar:
1. Namunaga qarab Ooharfining bosma shaklini yozing.
2. O harfi so‘zning boshida kelgan rasmlarni chiziq bilan birlashtiring.
3. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ling. O tovushi o‘rnini qizil rangga bo‘yang.
4.So‘zlarni qarsak chalib bo‘g‘inlarga bo‘ling va nechta bo‘g‘in borligini aniqlang. Bo‘g‘inlar sonini aylana ichiga yozing. 
Yakuniy qism: 5 daqiqa.
Tarbiyachi bolalar bilan yakunlovchi suhbat olib boradi:
- Mashg‘ulotda sizga nimalar yoqdi?
- Bugun qaysi harf bilan tanishdik? 
- O harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
-So‘zlarni bo‘g‘inga qanday bo‘ldik?​
- Bitta bosh va ko‘rsatkich barmog‘ingiz bilan kichik “o” harfini yasab ko‘rsating.
Mavzu: U u harf-tovushi bilan tanishtirish
Maqsad:
tarbiyalanuvchilar –
- unli harflar guruhiga kiruvchi Uu harf-tovushi bilan tanishadilar; 
-“ U” tovushli so‘zlarni tahlil qilishni bilib oladilar;
-“ U” tovushini so‘zning boshida, o’rtasida kelishi mumkinligini bilib oladilar;
-So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lishni va bo‘g‘inlardan so‘z tuzishni bilib oladilar;
- bolalarning kelajakda o’z oldiga maqsadqo‘yish qobiliyati shakllantiriladi;
- mayda qo‘l motorikasini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, rangli iplar, ruchka yoki flomasterlar, bosh “U” va kichik “u” harflari “U”  tovushi bor suratlar.“U” tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, bo‘g‘in andozali kartochkalar.

Download 35.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling