Mavzu: Abdug’ofur Rasulovning ilmiy merosi Reja
Download 35.18 Kb.
|
abdug\'ofur rasulov
Mavzu: Abdug’ofur Rasulovning ilmiy merosi Reja: Kirish: o’zbek adabiy tanqidchiligida ulkan obraz va badiiy tafakkur. Asosiy qism: “Barmoqdagi muhr” maqolasidagi komil inson obrazi haqida. “Tanqid maydoniga kirish mashaqqati” qahramonimizning Homil Yoqubov ijodiga qarashlari. Bugun va o’tmish Abdug’ofur Rasulov ilmiy hayoti borasida. Xulosa va takliflar. Foydalanilgan adabiyotlar. Tanqid, adabiy tanqid, tanqidchilik — adabiy faoliyat turi, badiiy asarni, shuningdek, bu asarda aks ettirilgan hayot hodisalarini taqlil va talqin etish. Tanqid koʻpincha adabiyotshunoslikning bir qismi sifatida taʼriflanib keladi. Lekin u adabiy faoliyatning mustaqil sohasi boʻlib, adabiyotshunoslikdan farqli oʻlaroq, asosan zamonaviy adabiy hayotda sodir boʻlayotgan jarayonlarni kuzatadi, bu jarayondagi yetakchi tamoyillarni aniqlaydi, gaz. va jurnali saxifalarida eʼlon qilingan adabiy asarlarga munosabat bildirib, ularni odatda shu davrning gʻoyaviy va estetik talablari asosida tahlil etadi. Uning adabiy meros namunalarining teatr, kino, musiqa va tasviriy sanʼatdagi yangi talqini masalalari bilan ham qiziqib, oʻz eʼtiborini koʻpincha shu asarlarning hozirgi zamon uchun ahamiyatli tomonlariga qaratadi. Tanqidning asosiy vazifasi yozuvchi yoki adabiy asarni faqat tanqid qilish emas, balki adabiy asar yoki hodisaga haqqrniy baho berish, undagi yutuq va kamchiliklarni xolislik bilan yoritishdir. Soha badiiy ijod bilan qariyb bir vaqtda paydo boʻlgan. Yozuvchilar yangi yozgan asarlarini turli davralarda, yigʻin va saroylarda oʻqib berishgan, davra qatnashchilari esa shu asarlarning yutuq va kamchiliklarini qayd etib, ayni paytda ham oʻquvchi (kitobxon), ham tanqidchi vazifasini bajarib kelishgan. Bu T. tarixining "ogʻzaki davri"dir. Tanqidning yozma adabiyotdagi ilk namunalarining paydo boʻlishi esa tazkirachilik maktabining shakllanishi bilan bevosita bogʻliq. Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ushshuaro" (1487) asari eng qad. tazkiralardan biri boʻlib, unda 9—15-asrlarda Oʻrta Osiyo, Afgʻoniston va Eronda yashagan mashhur shoirlar haqida maʼlumot bilan birga ular ijodidan namunalar ham berilgan. Tazkirachilikning mumtoz namunalaridan biri — Navoiyning "Majolis unnafois" (1491) asarida esa 15-asrda Xurosonda yashagan jami 450 dan ortiq shoir, yozuvchi va olimlarning bilim darajasi, dunyoqarashi, xulqatvori va boshqa toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Shuningdek, Nisoriy, Vozeh, Fazliy, Tabibiy va boshqalarning tazkiralarida muayyan yozuvchilar va ularning asarlari yuzasidan berilgan maʼlumotlar oʻzbek adabiyotida T.ning paydo boʻlishidagi muhim omillardan boʻlgan. Tanqid uzoq vaqt mobaynida "amaliy" axamiyat kasb etib, yozuvchini maqtash, koʻkka koʻtarish yoki, aksincha, qoralash, nuqsonlarini fosh etish, uning asarini esa umumiy baholash va kitobxonga tavsiya etish bilangina kifoyalanib keldi. Adabiyotning rivojlanishi, uning oldiga jamiyat tomonidan qoʻyilgan vazifalarning murakkablashishi bilan u ham adabiy mehnat sohasi sifatida yangi qirralar, sifatlar kasb etdi. 16—18-asrlarda Yevropa xalklari adabiyotida estetik tafakkurning shakllanishi bilan T. adabiy harakatning muhim qismi sifatida ajralib chiqdi. 19-asrda Farnsiyada Sh.O. SentByov boshchiligidagi "biografik tanqid"ning, Rossiyada V.G.Belinskiy, N.A.Dobrolyubov, N.G.Chernishevskiy singari rus tanqidchilari maktabining shakllanishi bilan T. ning adabiy hayotdagi ahamiyati behad oshdi, maqsad va vazifalari esa tubdan oʻzgardi. Oʻzbek adabiyotida zamonaviy T.ning paydo boʻlishi 20-asrning 10y.lariga toʻgʻri keladi. Choʻlponning "Adabiyot nadur?" ("Sadoi Turkiston", 1914) va "Muhtaram yozuvchilarimizgʻa" ("Sadoi Turkiston", 1915), M.Behbudiyning "Teatr nadur?" ("Oyna", 1914) singari maqolalarining eʼlon qilinishi bilan oʻzbek Tanqidining tom maʼnodagi tarixi boshlandi. Yozuvchi va tankidchilar shu davrda chop etilgan adabiytanqidiy maqolalarida badiiy adabiyotning yangi tarixiymadaniy davrdagi maqsadi, vazifasi va yoʻnalishini belgilab berishga harakat qildilar. 20-yillarning oʻrtalaridan ushbu soha sovet mafkurasi taʼsirida adabiy hodisalarga sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan yondasha boshladi. Natijada oʻzbek adabiyotiga katta zarar keltirgan vulgarsotsiologik taqid maydonga keldi. Bunday vakillar sovet voqeligini qabul qilmagan Choʻlpon singari yozuvchilarga qarshi kurash eʼlon qildilar. Yozuvchi mahorati emas, mavzuning dolzarbligi, gʻoyaviylik badiiy asar qimmatini belgilovchi asosiy mezonga aylandi. 1937—38 yillardagi qatagʻon toʻlqini bir qadar tingan Ikkinchi jahon urushi yillarida Oybekning "Navoiy" romani, Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" tragediyasi, Gʻafur Gʻulom singari shoirlarning yangi sheʼriy asarlarining chop etilishi munosabati bilan tanqid yana jonlanib, adabiy hayotga badiiyestetik talablar asosida yondasha boshladi. Shu tarzda tanqid oʻz tarixining turli bosqichlarida adabiy hayotga ijobiy taʼsir koʻrsatish, adabiy jarayondagi ijobiy tamoyillarning avj olishiga koʻmaklashish oʻrniga yozuvchining erkin ijod etish huquqini cheklab keldi. Lekin shu bilan birga oʻtgan asrning 10-yillarida ham, keyin ham Choʻlpon, Oybek, Abdulla Qahhrr singari yozuvchilar, Izzat Sulton, Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov kabi tanqidchilar uning toʻgʻri yoʻldan borishi va adabiyot oldidagi vazifasini qalol oʻtashiga yordam beradigan ibratli ishlarni amalga oshirdilar. Ushbu sohaning zabardast vakili Abdug’ofur Rasulov ham butun umri davomida o’zbek tanqidchiligiga munosib xissa qo’sha oldi. Abdug‘afur Rasulov - Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan arbob. Abdug‘afur Rasulov 1937 yil 1 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1970 yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. 1970-1971 yillar ToshDU talabalar va aspirantlar kasaba uyushmasi raisi bo‘lgan. 1979 yil Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilingan. 1996-1998 yillar O‘zMUning O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani. 2002 yil “Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida talqin va tahlil muammosi” mavzusida ilmiy ishni yoqlab, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2003 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoniga sazovor bo‘lgan. 2004 yil professor ilmiy unvonini olgan va 2004 yildan O‘zMUning O‘zbek filologiyasi fakulteti “Jahon adabiyoti va nazariya” kafedrasi professori hisoblangan. Abdug‘afur Rasulov - sadoqatli va e’tiqodli shogird. Tanqidchilikda chuqur bilim va iste’dodi, halol va to‘g‘riso‘zligi bilan ustozining ishonchini oqlagan olim. U o‘z kasbining tanqidchilikning jonkuyari sifatida shakllandi. 1985 yil chop etilgan “Tanqidchilik ufqlari” kitobidan tortib "Ilmi g‘aribani ko‘msab" (1998) nomli risolasigacha bo‘lgan izlanishlarida tanqidchiligimizni o‘zining chuqur ilmiy o‘zaniga burish harakati yaqqol seziladi. Sharq adabiyotshunosligidagi talqin ilmi haqida fikr yuritib, tanqidchilikda yangicha yondashuvlarning shakllanishi zaruriyat ekanligini ilmiy asoslab beradi. Bu ilmiy fikrlar yanada sayqallanib, boyitilib, jahon adabiyotshunosligidagi ilg‘or nazariy qarashlar va tushunchalar bilan qo‘shilib olimning “Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida tahlil va talqin muammosi” (2002) nomli doktorlik tadqiqotida o‘zining mantiqiy yakunini topdi: Abdug‘afur Rasulov tanqid nazariyotchisi sifatida e’tirof etildi. Nihoyat, 2006 yilda domlaning "Tanqid, talqin, baholash" nomli kitobi nashrdan chiqqan. Hayot tashvishlari bilan turmush irmoqlarida har kuni turfa odamlarga ro‘baro‘ kelamiz. Agarda buni ming yillik ma’naviy boyligimiz «Alpomish» orqali aytsak ular orasida Qultoy ham, Ya(Yo)rtiboy ham bor. Demak, ibrat olishimiz, o‘zimizga o‘rnak bilishimiz kerak bo‘lgan odamoxun kishilar, insoniy fazilatlarni qadrlaydigan yoshi ulug‘ va ko‘pni ko‘rgan nuroniy otaxonlar, hayotning achchiq sitamlariga-da bardosh bergan, yetti yiqilganda sakkiz bora turgan zotlarning qalbiga quloq tutgan nazarimda hayotiy saboq oladi, savod chiqazadi. Aziz mutoalachi! Ustoz Abdug‘afur Rasulov bilan bolalik pallasi, olimning hayot yo‘li, umrini baxshida etgan fanning dalzarb masalalari, istiqlol yillarida ulg‘ayayotgan yoshlar ijodi haqda uzoq suhbat qurgan edim. Sizning hukmingizga ana shu gurunglarimizdan bir shingilni manzur bo‘ladi degan umid bilan havola etmoqdaman. Download 35.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling