Mavzu: Abdug’ofur Rasulovning ilmiy merosi Reja


— Bugungi adabiyotimizning dunyoga chiqishi uchun eng asosiy omil nima deb bilasiz?


Download 35.18 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi35.18 Kb.
#1576643
1   2   3   4
Bog'liq
abdug\'ofur rasulov

— Bugungi adabiyotimizning dunyoga chiqishi uchun eng asosiy omil nima deb bilasiz?
— Bunga shubhasiz badiiy tarjima orqali erishishiladi-da, deb bir so‘z bilan javob berishim mumkin. Ammo, uni kim amalga oshiradi degan ikkinchi savol tug‘iladi. Chunki, XXI asr dunyoda ma’naviy o‘lchamlar anchayin o‘zgarib ketdi. Bugun matbaa nashrlar va teleradio kompaniyalar kim, qayerda, qanday ezgu ishni amalga oshirganidan ko‘ra, kishilarni tabiiy ofatlar, aviyahalokatlar, mashhur kishilarning mayishiy turmishi tarzi haqidagi xabarlarni yetkazishni maqul bilmoqda. Shunday ekan, ezgu amalli kishilar ham o‘zining qilgan xayrli ishlarini targ‘ib qilishiga zaruriyat bor.
Demak, imkon qadar badiiy saviyasi baland asarlarni dunyoning eng faol tillariga pishiq va puxta tarjima qilib xorijda chop ettirishning harakatini qilish kerak. Bunga qo‘lida qalami bor yosh iqtidorli o‘g‘il-qizlar bel bog‘lasa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Dunyo xalqlari bahra olishi mumkin, deb tavsiya etiladigan badiiy barkamol asar, albatta, adabiyotshunoslar va jamoatchilik nazaridan o‘tishi zarur.
— Adabiyotimiz ostonasidagi yoshlar haqida fikringiz…
— Uzoqqa bormaylik, o‘zingiz ko‘rib-bilib turganingiz Yozuvchilar uyushmasi huzurida «Ijod» fondi tashkil etilganidan buyon uyushmada yoshlar kulgisi, dadil va o‘ktam ovozi eshitila boshladi. Ularning kalomini uyushma qoshidagi kengashlarda xalq shoirlari, xalq yozuvchilari, taniqli adabiyotshunos olimlar tinglayapti. Maqsadu maslagini bilyapti.
Yana, bugungi adabiyot eshigi oldida turgan yosh ijodkorlarning yozganlaridan uch umumiy xususiyat ko‘zga tashlanmoqda. Birinchisi, o‘zini daxldor deb bilgan san’at turiga va o‘ziga bo‘lgan talabchanligi yuqori. Ikkinchisi, o‘z ko‘nglini, o‘zligini namoyon etishda sira ham sinalgan yo‘llardan borgisi kelmaydi. Rang-barang va betakror. Uchinchisi esa, o‘zicha shoir, o‘zicha yozuvchi bo‘lishni istab yurganlar.
Bularni ko‘rib muhtaram Yurtboshimizning «Bu vatanda iste’dodsiz bolaning o‘zi yo‘q», degani yodimga keladi va ustoz va murabbiylar o‘z kasbiga yanada mas’uliyatliroq yondoshsa deyman. Nega, har bir shaxs o‘z imkoniyatlarini belgilab olishi uchun ularga ko‘mak zarur. Shoir bo‘lmasa shifokor, shifokor bo‘lmasa yana boshqa kasbning boshini tutishi mumkin-ku axir!
Buni esa tushintirish, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish o‘qituvchi-murabbiy va ota-onalarning zimmasida. Davlat esa ulg‘ayayotgan avlodning kamol topishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib qo‘ygan bir paytda bunday ishonchni faqat va faqat oqlash kerak.

Ko’rinadiki, Abdug‘afur Rasulovning ijodiy ko’zgusida adabiyot namoyondalarining shaxsiyati va xarakteristikasi haqida turli e’tiborli jumlalar jamlangan. Joiz ushbu maqolalardagi ayrim eslamalarni ko’rib chiqsak:


Faoliyatim davomida ko‘p olimlar bilan suhbatlashganman, asarlarning yaratilish jarayoniga guvoh bo‘lganman. Lekin bironta olimning “igna bilan quduq qazish” zahmatidan noliganini eslolmayman. Aksincha... 1997 yil 19 avgustda Izzat Sultonov domlaning uyiga bordim. Uchrashuvimizdan domla xabardor edi. Eshikni ochgan Zamira opa:
— Domla yo‘qlar. Navoiy kutubxonasiga ketdilar. Ichkari kiring. Hali zamon kelib qoladilar, — dedi. Kutdim. Peshin bo‘layapti. Kun qiziyapti. Bir mahal domla kelib qoldi:
— Uzr. Kech qoldim. Men kutubxonaga yayov borib, yayov qaytaman... Bir kitob o‘qiganman. Nomini bilaman, muallifi, qahramoni ismini unutibman. Kutubxonachilar jonimga oro kirishdi. “Mashhur asarlar entsiklopediyasi” nomli asar tayyorlanibdi. O‘sha kitobdan izlaganimni topdim.
Izzat domla tilla topgan odamdan-da xursand edi...
Yana bir voqeani Ulug‘bek Dolimov so‘zlab bergan:
— 1991 yilning bahori. Adamning sog‘lig‘i ancha yomonlashgan. Bir kuni yotgan joylaridan turib, javondan Ogahiy asarini oldi. Ish stoliga o‘tirib, ijodga sho‘ng‘ib ketdi. Hammamiz ajablandik, adamning xush kayfiyatlari ko‘nglimizni tog‘day ko‘tardi. Afsuski, biroz vaqt o‘tgach, adam joylariga beholgina yotdi...
Ozod Sharafiddinov, og‘ir betoblikka qaramay, “Millatni uyg‘otgan adib” tadqiqotlarini yaratdi. Bu asar yozilganiga o‘n bir oy to‘lganida Ozod domla hayotdan ko‘z yumdi.
Haqiqiy olim ijod, izlanish jarayonida huzur-halovat oladi, ishlamaslikni xayoliga keltirmaydi. Mana shunday mehnatsevar adabiyotshunoslardan biri filologiya fanlari doktori, professor Saydulla Mirzaevdir. Xomcho‘t qilib ko‘rsam, Saydulla ustoz 300 bosma taboqdan ziyodroq ilmiy tadqiqotlar, darsliklar, qo‘llanma va risolalar chop ettiribdi. Yaqinda “Sharq” nashriyoti Saydulla Mirzaevning 30 bosma taboq hajmidagi “XX asr o‘zbek adabiyoti” kitobini nashrdan chiqardi. Muallif XX asr o‘zbek adabiyotining xronologik tarzda to‘rt davrga ajratadi. Kitobda yigirma to‘rt nafar ijodkor hayoti va ijodi tahlil qilingan.
Mazkur kitobi XX asr o‘zbek adabiyotshunosligining muhim bir xususiyatini yodga tushiradi. Ma’lumki, tazkira, hasbi hol o‘zbek mumtoz adabiyotining janrlaridan hisoblangan. XX asrga kelib yozuvchi hayoti va ijodi, adabiy jarayon manzaralari keng yoritiladigan bo‘ldi. S.Ayniy “Tojik adabiyoti namuna”larini (1925), Fitrat “O‘zbek adabiyoti namunalari”ni (1927) yaratdi. Miyon Buzruk 1930 yilda “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston adabiyotiga bir nazar” tashladi. 1939 yili Sotti Husayn va Ayn “O‘zbek adabiyoti” nomli katta sharh-maqola yozdi. 1943 yili Hamid Olimjon, 1946 yili Oybek, 1979 yili K.Yashin o‘zbek adabiyotining tadriji to‘g‘risida ma’ruza-maqolalar tayyorlashdi.
XX asrning 60-yillaridan boshlab o‘zbek adabiyoti ocherklari (1962), o‘zbek adabiyoti tarixi (1967), o‘zbek tanqidchiligi (1987), adabiyot nazariyasi (1978) chop etildi. 1999 yili N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov, U.Normatov, O.Sharafiddinovning “XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi” darsligi paydo bo‘ldi. Xullas, o‘tgan asrda bir qancha adabiyotshunoslar yuz yillik o‘zbek adabiyoti, tanqidchiligi, uning namoyandalari ijodini keng miqyosda yoritdilar.
XX asr o‘zbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodini jiddiy tahlil, talqin qilganlardan biri Saydulla Mirzaev bo‘ldi. Olim “XX asr o‘zbek adabiyoti” nomli katta asarigacha yozuvchilar haqida ko‘plab tanqidiy-biografik ocherklar yaratgan. “XX asr o‘zbek adabiyoti” asarida muallif o‘zbek tanqidchiligi materiallaridan unumli foydalangani ko‘zga darhol tashlanadi. S.Mirzaev katta adabiyotga endigina kirib kelayotgan Benazir, U.Hamdam, Sanobar Mehmon qizi, Guljamol Asqarova haqida ma’lumot beradi. Iqbol Mirzo uslubini belgilashga intiladi. Erkin Xushvaqtov komediyalarini, Abdulla Qahhor ijodi haqida ikki-uchta maqola yozgan Xurshida Hamroqulova nomini tilga oladi. R.Qo‘chqorning “Sarob” romani haqidagi qarashlari bilan hisoblashadi.
Katta asarlarni yozishga chog‘langan adabiyotshunos yozuvchilar hayotini, ular yaratgan asarlarni, ijodkor yashagan davrning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy hayotini mukammal bilmog‘i lozim. Tanqidchilikda o’z obrazi va nomini yaratish uchun tanqidchi olim necha-necha badiiy, ilmiy asarlarni o‘qigan, o‘zlashtirgan.
Abdug’ofur Rasulov o’zbek adabiyotida janrlar haqida gapirar ekan bir suyunib bir kuyunib yozgan. Uni tashvishga qo’yayotgan narsa ayni yosh yozuvchilarni asarlaridagi sayozlik, kalta va jo’n fikrlar edi. Bu kabi kamchiliklardan qat’i nazar, mehnatsevar, fidoyi adabiyotshunos tadqiqoti davomida asrimizning, o‘zbek adabiyotining, o‘ziga xos xususiyatlari, shakllanish yo‘llarini erinmay munosib baholab borar edi.
Homil Yoqubov 91 yillik umrining bir kam yetmish yilini adabiy tanqid maydonida sergaklik bilan ijod qilib o‘tkazdi. Turli xil inqiloblar, siyosiy jangu jadallar, pinhona ziddiyatlar, ommaviy qirg‘in, qama-qamalar avj olgan XX asrda professional tanqidchi bo‘lish qilichning damida yurishdek gap edi. Biologiya fanida, genetika sohasida avj olgan soxtalik ijtimoiy bilimlar, xususan, adabiy tanqidchilikda ro‘y-rost ko‘zga tashlandi. Ne-ne ezgu umidlar bilan tanqidchilik maydoniga kirib kelgan Vadud Mahmud bor-yo‘g‘i 8 yilcha, Otajon Hoshim, Rahmat Majidiy, Hamidulla Ubaydullaev, Abdulla Olimjon 10 yil atrofida, Olim Sharafiddinov va Sotti Husayn 13 yilga yaqin tanqidning mashaqqatli nonini yedi. Bilishimcha, Abdurahmon Sa’diy va Homil Yoqubov tanqid sohasining buzruklari darajasiga yetdilar: umrlari poyoniga qadar tanqid maydonini tark etmadilar. To‘g‘ri, Izzat Sulton ham Homil Yoqubov singari XX asrning 30-yillarida tanqid maydoniga kirib keldi. Adabiyotshunoslikning izzatli siymosiga aylandi. Lekin I.Sultonov goh arbob, goh yozuvchi-dramaturg, kinostsenarist sifatida tanqid maydonini tark etib turdi.
Homil Yoqubov tabiatan bosiq, bag‘rikeng, odamoxun inson edi. U bo‘lar-bo‘lmasga tutaqavermas, o‘zini katta olmas, ilmiy izlanishlarini sira bo‘shashtirmas, ko‘ngil mayliga bo‘ysunib yashardi. Men Homil Yoqubovni bundan yarim asr ilgari SAGUda (hozirgi O‘zMU) o‘qib yurganimda taniganman. Uchinchi kurs filolog-talabalarining o‘quv jadvaliga “O‘zbek adabiyoti tarixi” deb yozilgan, uni dotsent H.Yoqubov o‘tishi bildirilgandi. Jadvalga binoan auditoriyaga o‘rtabo‘y, jussasi uvoqqina, qalin ko‘zoynak taqqan, oq yuzli, fayzli, o‘rta yoshlardagi o‘qituvchi tortinibgina kirib keldi. O‘tadigan fani haqida ozgina gapirdi-da, minbarga chiqdi. Ma’ruza boshlandi. Domlaning “semiz” papkasi ham, “sarg‘ayib ketgan” konspekt daftari ham yo‘q edi. O‘qituvchi fanini yaxshi bilishi darhol bilindi. Ammo H.Yoqubov tortinibgina gapirar, talabaga tik boqmas, o‘tilayotgan mavzuga bus-butun sho‘ng‘ib ketardi. Talaba bola-da: o‘zini darhol erkin sezdi, nima qilsa qildi. Ilmsevar talabalar esa, o‘qituvchining gaplariga, undagi mantiqqa, g‘aroyib faktlarga mahliyo bo‘ldilar. Xullas, Homil aka hammaga emas, xoslarga — ilm shaydolariga ma’ruza o‘qidi. Ajabki, talabalar o‘qituvchiga mo‘l savol berdilar, uni bahsga chorladilar. Dastlab bo‘sh-bayov ko‘ringan ustoz bahsga o‘ch ekan:
— Shunaqamas-de. Siz asosiy masalani tushunmiyvossiz... Mani oldimga keling, pikrlashovuz...
Aspirantligimda, 1962 yili yana Homil Yoqubovning tinglovchisi bo‘ldim. Bu safar ustoz o‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi, nazariyasi haqida maxsus kurs o‘qidi. Adabiy tanqid domlaning o‘ttiz uch yillik qadrdon maydoni edi: tinglovchilar bu murakkab maydonning o‘tmishi, XX asrdagi holati, katta-kichik namoyandalari, turli oqimlar haqida aniq, qiziqarli ma’lumot oldilar. Ma’ruzachi mumtoz tanqidchilikning tazkira, hasbi hol, manoqib singari tayanch janrlari, adabiy-tanqidiy asarlar xususida gapirdi; jadid tanqidchiligi, uning namoyandalari ijodi haqida asosli fikrlarini aytdi. Bizni, 60-yillarning aspirant, tadqiqotchilarini ko‘proq o‘zbek sovet tanqidchiligining muammolari qiziqtirardi. O‘qituvchi Marks, Engels, Lenin asarlarini, adabiy metodlar tarixini pishiq o‘zlashtirgan ekan. Darsda, tabiiyki, sotsialistik realizm, uning nazariy asoslari haqida ko‘p gapirildi. Lekin o‘qituvchi masala mohiyatini aniq, lo‘nda ifodalamas edi. Men keyinchalik H. Yoqubovning “Badiiy metod ulug‘ Lenin talqinida”, “O‘zbek sovet adabiyotida sotsialistik realizmning shakllanishi xususiyatlari”, “Lirikada konflikt” singari tadqiqotlarini sinchiklab o‘qidim. Olim bu asarlarini yozish uchun ko‘p kitoblarni o‘qiganligini, ularni teran uqishga intilganligini sezdim...
Shunday ham bo‘ladiki, olimu san’atkor o‘zini qanchalik qiynamasin, kunni tunga ulab ijod qilmasin, baribir, kutilgan natijaga erisha olmaydi. XX asrda sotsialistik realizm haqida yozmagan adabiyotshunos, tanqidchi qolmadi hisobi. Lekin bu metod haqidagi izlanishlar sarob bo‘lib chiqdi. Chunki sotsrealizm metodi avval-boshdanoq soxta qonuniyat asosida paydo bo‘ldi. Xususan, u masalalar masalasi — gumanizm va go‘zallikni o‘ta sun’iy, jo‘n talqin qilardi. H.Yoqubov ijodida sotsrealizmga haddan tashqari berilinib, inson ruhiyati nozik talqin etilgan asarlar, haqiqiy go‘zallik ishonarli ko‘rsatilgan she’rlar nohaq tanqid qilingan maqolalar uchraydiki, beixtiyor: “Beayb parvardigor ekan-da”, deb yuborasan kishi.
Homil Yoqubov keng qamrovli olim edi. Ba’zi “qat’iyatli” qalamkashlar singari u Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat ijodidan yuz o‘girmadi. Aksincha, Abdulla Qodiriy asarlaridagi hayotiylik, samimiylik, tabiiylikdan huzurlandi; “Sinchalak”ni sinchiklab talqin qildi; umri poyonida Navoiy va Cho‘lpon mavzuida tadqiqot yaratdi. Domla ijodida mumtoz adabiyot namoyandalari – Bobur, Turdi, Muqimiy haqidagi tadqiqotlar yuksak mavqega ega. Ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi borasida sho‘ro adabiyotshunosligida birinchilardan bo‘lib tadqiqot yaratganligi maqtovga loyiq. Olim Bobur lirikasini, “Boburnoma”ni “sotsrealizm oynagini yechib qo‘yib” asosli talqin etadi. Tarki odat amri mahol degan gap bor. Men hozirgina “echib qo‘yilgan sotsrealizm ko‘zoynagi” to‘g‘risida gapirdim. Yoqubov domla Boburning Hindistondagi hayoti haqida yozar ekan, Marksning “Hindistonda Britaniya hukmronligi” asaridan, garchi mavrida bo‘lmasa-da, ikki bor iqtibos keltiradi. Adabiyotshunos “Boburnoma” muallifini ham shoir, ham podsho sifatida ko‘rsatadi. Keyinchalik Boburni shoir sifatida bir xil, hukmron sifatida o‘zgacha talqin qilish mayli kuchaydi.
Homil Yoqubov qariyb 60 yil o‘zbek tanqidchiligi maydonida qoyadek mustahkam turdi. 30-yillardan boshlab bironta yozuvchi ijodi, ko‘zga yarq etib tashlangan asar uning nazaridan chetda qolmadi. Hamza, Ayniy, Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Uyg‘un, Abdulla Qahhor, Yashin, Shayxzoda, Mirtemir, Mamarasul Boboev, Asqad Muxtor singari yozuvchilarning el-yurtga tanilishida ustoz tanqidchining tanqidiy ocherklari, tadqiqotlari, adabiy portretlari, taqrizlari, sharhlari muhim ahamiyat kasb etdi. Tanqid maydonida qoyim turarkan, H. Yoqubov har xil oqimlarni, turli tendentsiyalarni, yozuvchilar ijodidagi o‘zgarishlarni aniq ko‘rib, bilib turdi. Lekin odamda alohida mehr, simpatiya degan gap bor. Olim-munaqqid Yoqubov Oybekni o‘ziga juda yaqin olardi. Pedtexnikumda birga o‘qidilar, alg‘ov-dalg‘ovli 30-yillarda yonma-yon ijod qildilar, Oybek qaerda bo‘lsa, Yoqubov o‘sha yerda bo‘lishga intilardi. “Sharq yulduzi”da, Akademiyaning Til va adabiyot institutida hamkor bo‘ldilar. Oybek 20-yillardayoq adabiy tanqidchilik sohasining fidoyilaridan biriga aylandi. Oybek haqida yozmagan tanqidchi qolmadi, hisobi. Lekin Homil Yoqubov hamisha oybekshunoslarning yetakchisi bo‘ldi. Pirovard-natijada, ustoz munaqqid Oybek ijodi haqidagi bosh kitob — tadqiqotini yaratdi, fan doktori ilmiy darajasini oldi.
Taqdir, kasb taqozosi ikki yirik siymo Homil Yoqubova va Izzat Sultonovni o‘zaro yaqinlashtirdi, hamkor, hamfikr qildi. Ular uzoq yillar davomida Til va adabiyot institutida yonma-yon faoliyat olib bordilar, ikki yetakchi bo‘limni boshqardilar. Izzat Sultonov sotsialistik realizmning O‘rta Osiyo va Qozog‘iston milliy adabiyotlarida shakllanishi, rivoj topishi haqida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. H. Yoqubov ham, aytilganidek, sotsrealizmni chuqur o‘rgandi. Izzat Sultonov mumtoz adabiyotni bilishda H. Yoqubovdan qolishmasdi. Uning ijodida “Navoiyning qalb daftari” asari misoli oltin toj bo‘ldi. Ikki olim hamkorligi samarasi o‘laroq “O‘zbek sovet adabiyoti tarixi ocherki” (1962), “O‘zbek adabiyoti tarixi” ( 1967; uch tom, 4 kitob), 5 jildli “Istoriya uzbekskoy sovetskoy literaturы” kitobi, ikki jildli “O‘zbek sovet tanqidchiligi” (1987) asarlari paydo bo‘ldi. Bu asarlar yangi o‘zbek adabiyoti, tanqidchiligining muhim bir qismiga yakun yasadi. Har ikki olim 6 jild, 7 kitobdan iborat “Istoriya mnogonatsionalnoy sovetskoy literaturы” nomli mahobatli kitobdagi o‘zbek adabiyoti bo‘yicha materiallarni yozish, uyushtirishda bosh-qosh bo‘ldilar. XX asrning 60-yillaridan Til va adabiyot institutida zamonaviy adabiyot bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya, tadqiqotlarga I. Sultonov va H. Yoqubov rahbarlik qildilar.
Yetuk olim hamma yerda hurmat topadi. Homil Islomovich hozirgi O‘zMU filologiya fakultetining o‘z odami edi. Domla bu maskanga bot-bot kelishni, bir umrlik do‘sti Subutoy aka bilan dildan suhbat qurishni, jiddiy masalalar yechimini G‘ulom Karimov bilan hal qilib olishni, Laziz Qayumov, Ozod Sharafiddinov singari yosh do‘stlari bilan, birdam bo‘lsa-da, yayrab olishni istardi. Qadrdonlari iltimosiga ko‘ra ustoz talabalarga va’z qilar, aspirantu tadqiqotchilarga mutaxassislik bo‘yicha maslahat berardi. Universitetning G‘ulom Karimov boshliq ahil adabiyotshunos-o‘qituvchilari har oyda bir bor yig‘ilishar, mumiyoi asl (palov) ustida ajib suhbatlar davom etardi. Bora-bora oylik yig‘ilishlar “gap”ga aylanib ulfatda G‘ulom Karimov, Subutoy Dolimov, Homil Yoqubov, Sidiq Fuzailov, Ahmad Aliev, Abdug‘ani Aliev, A’lo Ashrapov, Muhammadnodir Saidov, Ozod Sharafiddinov haqiqiy a’zo bo‘lib, ustozlar lutfan U.Normatov, H.Muhammadxo‘jaev va meni qatorlariga dastyor-a’zo sifatida qo‘shgandilar. “Gap”ga goh Turg‘un Alimatov, goh Umar Otaev, goh Ma’rufxo‘ja Bahodirov, goh Faxriddin Umarov qatnashardi. Garchi ulfatchilikka san’atkor taklif qilingan bo‘lsa-da, hamma Subutoy Dolimov ijrosidagi kuy-qo‘shiqni intizorlik bilan kutardi. Subutoy aka Cho‘lponni “ko‘rgan” dutorni “qo‘lga olib, uni asta-sekin gapga solardi”. Dutor sozlangach, sehrli kuy boshlanar, Subutoy aka kuyib-o‘rtanib Fuzuliy, Navoiy, Bobur, Muqimiy so‘zlari bilan katta ashulani boshlardilar. Tinglovchilar muayyan fursat arshi a’loga ko‘tarilardilar. O‘sha damlarda insoniyat yaratgan kashfiyotlar orasida kuy-qo‘shiq bebaho ekanligini har kim o‘zicha anglardi. Homil Yoqubov kuy chalmas, ashula aytmasdi, lekin san’at tashrifida mast bo‘layotganligi yaqqol ko‘rinib turardi. Shunday paytlari u kishim “chizm”lar bilan chandib tashlangan, quyushqonga tiqilgan qarashlarni tamoman unutar, san’atning beg‘ubor osmonida huzur qilardilar.
Bugun va o’tmish haqida gap ketganda ushbu so’zlar o’rinlidir, “Kitobxonlar badiiy asarlarning asl mohiyatini, ilmiy talqinini adabiy-tanqidiy maqolalar orqali ham chuqurroq o`rganadilar. Adabiyot fanining bir qanoti badiiy ijod bo`lsa, ikkinchisi adabiy maqolalar hisoblanadi. Kitobxonlar Ozod Sharafiddinov, Abdug`afur Rasulov, Umarali Normatov singari adabiyotshunos olimlarimizning tahlilga boy adabiy-tanqidiy maqolalari, taqrizlari orqali yuzlab nasriy va nazmda bitilgan asarlarning asl mohiyatini yanada teranroq anglaganlari baayni haqiqat. Kitobxonning bir qo`lida badiiy kitob bo`lsa, ikkinchisida – munaqqid maqolasi turishi zaruratga aylangan. Badiiy asar ma’naviy olamingizni nur baxshida etsa, adabiyotshunosning u haqdagi maqolasi tafakkuringizni boyitadi.
Munaqqidning xolis fikri aslida asarni uqib o`qishingizga, uning asl mohiyatini anglab, turli qirralarini teranroq his etishingizga, kamchilik va nuqsonlarini bilishingizga yordam beradi. Bunday maqolalar – badiiy asarlarni xolis baholashga, ularni adabiy nuqtai nazardan tadqiq va tahlil etishga xizmat qiladi. Adabiyotshunos olim aslida ana shunday murakkab vazifani bajaradi. Abdug`afur Rasulovning "Sharafli Sharafiddinovlar" kitobi ham ana shu ezgu yo`lda o`chmas iz qoldirgan ulug` olimlarning sharafli umr yo`llariga bag`ishlangan”.
Shukrki, O`zbekistonimiz talantlarga boy. Biz o`z sohamizga nazar tashlaganda adabiy jarayonda faol ishtirok etayotgan yangi iste’dodlarni quvonib qalamga olamiz. Adabiy jarayon esa turli irmoqlardan obi-hayot oladigan daryoday keng va sertarmoqdir.
Shu fikrdan kelib chiqib adabiyotimizning muhim tarmog`i va uzviy qismi bo`lgan adabiy tanqid bilan adabiyotshunoslik haqida ba’zi mushohadamizni aytmoqchimiz.
Taniqli olim Abdug`afur Rasulovning 2009 yilda “Mumtoz so`z” nashriyotida chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalardan iborat “Betakror o`zlik” nomli yangi kitobi “Iste’dod qadri” degan maqola bilan boshlanadi. Muallif Yurtboshimizning matbuotda e’lon qilingan va hammamizning dilimizdan o`rin olgan “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” asaridagi quyidagi otashin so`zlarini keltiradi: “Iste’dod, iste’dod va yana bir bor iste’dod sohiblarini topish, tarbiyalash va ularning mehnatini munosib qadrlash eng asosiy vazifamizga aylanishi kerak”.
Biz tahlil qilmoqchi bo`lgan “Betakror o`zlik” kitobi boshdan oxirigacha mana shu olijanob vazifani sidqidildan bajarishga qaratilgandir.
2010 yil – Barkamol avlod yili bo`lgani uchun qirq yildan buyon iste’dod bilan bolalar va yoshlar adabiyotini rivojlantirib kelayotgan Xudoyberdi To`xtaboev ijodiga “Betakror o`zlik” kitobida eng katta – 100 sahifadan ortiq o`rin berilgani tasodif emas.
X.To`xtaboev asarlari nafaqat O`zbekistonda, balki dunyoning ko`plab mamlakatlaridagi turli tillarga tarjima bo`lib nashr etilgan va qiziqib o`qiladi. “Betakror o`zlik” kitobida adibning “Sariq devni minib”, “Shirin qovunlar mamlakati yoki sehrgarlar jangi”, “Sehrli qalpoqcha” va boshqa asarlari Parijda, Rimda, Moskvada, Berlinda, Buxarestda, Norvegiyada, Finlandiyada, Turkiyada, xullas, jahonning yigirmadan ortiq mamlakatlarida tarjima bo`lib o`qilmoqda. Uning “Sariq devni minib” romani haqida jahonga mashhur itlayan adibi Janni Rodari qanday yuksak baho bergani “Betakror o`zlik” kitobida keltirilgan.
O`z o`rnida A.Rasulov haqli ravishda shunday deydi: “Afsuski, o`zbek adabiyotshunosligi yozuvchi reytingi masalasiga e’tibor bermaydi. Vaholanki, reyting – ko`zgu”. Reyting nafaqat ko`zgu, balki talantning qadrini belgilovchi mezon. “Betakror o`zlik”da biz nihoyat mana shu mezonni topamiz va unga qarab Xudoyberdi To`xtaboevning eng yaxshi asarlari adabiyotimizni jahon miqyosiga olib chiqa oladigan zo`r iste’dod manbai ekanini, ularni astoydil qadrlashimiz zarurligini sezamiz. Shu faktlarga asoslanib aytishimiz mumkinki, o`zbek adabiyotshunosligida X.To`xtaboevning talantini chinakam qadrlagan va yangidan kashf qilgan zarshunos olim Abdug`afur Rasulov bo`lyapti.
Biz yuqorida Yurtboshimizning iste’dod haqida aytgan so`zlarini keltirgan edik. Iste’dodning eng yorqin belgisi – uning bektakrorligi, o`z asari bilan kitobxonni yangicha zavq, yangi taassurotlar bilan boyitishidadir. A.Rasulovning o`z kitobini “Betakror o`zlik” deb atagani – uning betakror iste’dodlarga bag`ishlanganidan dalolat beradi.
Ayni bu chizmlarni munosib baholash esa tanqidchining qo’lida qolmoqda. Ushbu vazifani alodarajada baholay olgan Abdug’ofur Rasulov esa yana bir maqolasi orqali tanqidchilik sahifanini oltin xulosalar bilan boyitadi:
Xulosa o’rnida aytish joizki, ijodkor o’z davrining munosib yozuvchilari haqida ham, biroz sayozroq bo’lgan asarlar haqida ham shoshilmay hijjalab gapiradi va o’quvchiga yetkazib bera oldi. Uning ushbu so’zlari bizning og’riqli nuqtalatimizni yana bir bor trnaganday:

  • beshog‘och tumanidagi 90-, 34-, 45-, 82-maktablarda faqat o‘g‘il bolalar, 84-, 59-maktablarda faqat qizlar o‘qirdi. O‘qituvchilarimizning aksariyati ham qizlar, ham bolalar maktabida dars berar, goho serjahl o‘qituvchilar: 
    – Senlarning bitta sinfingda dars bergandan qizlarning o‘nta sinfida dars berish oson, – deya nolib qolardi. 90-maktabda davomat yomon edi: yangi film qo‘yilsa, o‘quvchilar “gur-r” etib yonginamizdagi Navoiy kinoteatriga urib ketardi. Ko‘klam keldimi, komsomol ko‘li o‘ziga chorlay boshlardi. Yoshlar ko‘lida bolalar temir yo‘li bo‘lardi. Uning boshlig‘i, nazoratchisi, haydovchisi, bekat begi – hammasi maktab o‘quvchilari edi. Suv sporti to‘garagi muntazam ishlardi. Olmazor ko‘chasida yosh texniklar stantsiyasi faoliyat ko‘rsatar, ko‘pchilik o‘quvchilar Markaziy kashshoflar saroyidagi to‘garaklarga qatnardi. Drama to‘garagiga Mirsoat Usmonov (yozuvchi Erkin Usmonovning otasi – A.R.) yetakchi edi. Repertuarda Volodya Dubinin, Pavlik Morozov, xullas, sho‘ro mafkurasiga xizmat qilgan bolalar haqidagi asarlar ko‘p edi.

Yozuvchining ushbu gaplari esa jon qulog’imizga yoqimli va ibrat kalomlari, chaqiriqlaridir:
- Hozirgi paytda XX asrning 30-yillaridan to hozirgi kungacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotini qunt bilan o‘rganish fursati yetdi. Menimcha Oliy o‘quv yurtlarida “O‘zbek istiqlol adabiyoti”ni o‘qita boshlash lozim. 
Besh farzandim, to‘rt nabiram oliy ma’lumotli. Kelinim – filolog, fan nomzodi. Bir nabiram til va adabiyot o‘qituvchisi. Xudoga shukur, bolalarim, nabiralarim adabiyotga qiziqadi, ko‘p kitob o‘qiydi.
Ellik uch yil muqaddam auditoriyaga ilk bor o‘qituvchi sifatida qadam qo‘yganman. Hanuz auditoriyadan qadamimni, talabalardan ko‘nglimni uzganim yo‘q. Taxminan, yarim asrdan beri qo‘limdan qalam tushgani yo‘q. Tarki odat – amri mahol, degan gap bor. Bundan keyin ham Xudo umr bersa, dars beraman, maqolalar yozaman, degan niyatdaman. .
Albatta, ustozimiz o’z ko’zlagan maqsadlariga ortig’I bilan erishdi. O’zbek adabiyotida ulkan iz munavvar xotira va ilmiy meros qoldirdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. “O’zbek adabiy tanqidchilik tarixi” kitobi

  2. “Adabiyot nazariyasi” D. Quronov

  3. “O’zbek adabiyoti va san’ati” gazetasi.

  4. “Sharq yulduzi”jurnali.

  5. “Manaviyat ” gazetasi.

  6. Ziyo.net sayti

  7. Google ilovasi

Download 35.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling