Mavzu: Abdulla Oripov she’riyatida vatan va vatanparvarlik mativi
Download 46.92 Kb.
|
Abdulla Oripov
Azaliy hukmini o‘qidi hayot, –
Necha bor samo ham ko‘mdi quyoshin. Iqboli sajdagoh bo‘lganlar, hayhot, O‘zlari tuproqqa qo‘ydilar boshin. O‘n oykim so‘nmishdir u tanish na’ra. Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh. Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara, O, surur kuychisi, dongdor zamondosh… …Faqat bilganidan qolmas tiriklik, Mana, gulga cho‘mmish Chig‘atoy bo‘yi… Bahor qatra yoshim aylagil qabul, Onam boshiga ham bordingmikan, ayt?! Uning oromgohi bundan olis joy, Olisda yotibdi mening panohim. Bugun ketganiga to‘libdi besh oy, Besh oykim, ko‘ksimda yonadi ohim. …Qizg‘aldoq bargiday uchar dildan g‘am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim. Bahoring muborak bo‘lsin ushbu dam, Mening O‘zbekiston – dilbar Vatanim. Faqat sen qalbimga cho‘ktirmay malol Charchagan ruhimga ilhom solursan. Bahor ham, umr ham o‘tar, ehtimol, Faqat sen dunyoda mangu qolursan. She’riy iqtiboslarni sharhlab o‘tirmaymiz. Zero, Pushkin ta’biri bilan aytganda “garmoniyani (uyg‘unlikni) algebra yordamida tahlil qilish imkonsiz”. Hayot o‘tkinchiligi va bir vaqtning o‘zida boqiyligi, mahzunligiyu go‘zalligini, O‘zbekiston – dilbar Vatan manguligini bunday ehtiros bilan Abdulla Oripovgacha hech kim baralla kuylay olmagan, hech kim O‘zbekistonni dilbar Vatanim deyishga botina olmagan. Vatan tuyg‘usi dastlab har bir kishida eng avvalo tug‘ilgan joyi, qadrdon dala-qiri, qishlog‘i, mahallasi, ota-onasi va do‘st-birodarlariga, yoshlikda eshitgan ertaklariyu o‘ynagan o‘yinlariga muhabbat o‘laroq shakllanadi. Keyin u muttasil kengayib, boyib, chuqurlashib boraveradi. Vatan tuyg‘usi doimo konkret. Avval ham Abdulla Oripov Vatan deya O‘zbekistonni kuylardi, ammo “tenglar ichra teng” O‘zbekistondan tashqari boshqa ulkanroq vatan borligini inkor etolmasdi. Shoirning badiiy tafakkurida bu holat ziddiyat uyg‘otishi tabiiydir. Ona tili, madaniyati va urf-odatlari ikkinchi darajali hisoblanardi. “Odam bo‘lmoqchi, hayotda biror narsaga erishmoqchi bo‘lsang, rus tilini, rus madaniyatini o‘rgan” degan g‘oya bog‘cha va maktabdan hammaning qulog‘iga quyilar edi. Albatta, mafkuraviy bosim kishida norozilikka sabab bo‘ladi. Axir milliy g‘urur qurmagur, agar vijdon, adolat tuyg‘ulari senga begona bo‘lmasa, bunday payt tinchlik bermaydi. “Sarob”da ilk marta bu masalaga shoir o‘zi va o‘quvchi uchun aniqlik kiritdi. Shoirning keyingi she’rlaridagi xitoblar: “O‘zbekiston – Vatanim manim”, “Mening O‘zbekiston – dilbar Vatanim” xalqning sevimli qanotli so‘zlariga aylandi. Qasida uslubida yozilgan “O‘zbekiston” lirik poemasi ustida Abdulla Oripov uzoq yillar ter to‘kdi. Uning tanlangan asarlari 1-jildida qasida so‘nggida “1964–70” degan sana qo‘yilgan. Xrushchevning mamlakatga iliqlik ato etgan yillarida shaxsga sig‘inish qoralandi. Qator yozuvchi va shoirlar asarlari avvalgidek tuzumga sodiqligi uchun emas, balki yuksak badiiyligi, umuminsoniylik va milliylikni baland avjlarda kuylay olgani uchun Lenin mukofoti laureatligiga sazovor bo‘ldi. Ular orasida milliy adabiyot vakillari – Muxtor Avezov, Rasul Hamzatov, Chingiz Aytmatov, Mirzo Tursunzoda bor edi. Abdulla Oripov ko‘p kitob o‘qir, ayniqsa shoirlar ijodini diqqat bilan kuzatib borar edi. U Rasul Hamzatovning jur’atiga, vatani Dog‘istonni ko‘klarga ko‘tarishiga havas bilan boqardi. Bu paytlarda mafkuraga bo‘ysundirilgan she’r bitishdan boshqasini unutgan, qatag‘on yillarida yuragini oldirib qo‘ygan katta avlod yetakchi o‘zbek shoirlariga na sevgining bevafoligini, alamli muhabbatni, na tug‘ilgan ona Vatanini baralla kuylashda jur’at yetishmasdi. Ming bor uzrxohlik qilib, ulug‘ sovet oilasida O‘zbekiston va o‘zbeklar baxtiyor ekanini qimtinibgina e’tirof etardi. She’rlarida lirika san’ati, so‘z jozibasi va qudrati deyarli uchramay qolgan, qofiyabozlik uslubidagi soxta pafos ustunlik qilardi. Agar baxtsiz sevgi haqida yozsa, pessimist deb nom olishdan, hatto baxtiyor sovet kishilariga tuhmat qilyapsan deya ayblanishdan qo‘rqardi. Ular zamon o‘zgarganini go‘yo payqamagandek edi. Buyuk rus og‘asini o‘xshatib yoza olsa, vijdoni durust bo‘lishini, Kreml minbaridan so‘zlayotganidan cheksiz g‘ururga to‘lganini she’rga solardi. “O‘zbekiston”da milliy o‘zlikni anglash, tarixiylik va zamonaviylik, tarixning achchiq saboqlariyu xalqning g‘ururi, umuminsoniylik va milliylik, fikr teranligiyu ehtiroslar qaynoqligi payvandlangan. Bular qasida sharafiga aytilgan balandparvoz maqtovlar emas. Isboti qasidaning o‘zida. Faqat ikki parcha keltiramiz: Download 46.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling