Mavzu: Abdulla Oripov she’riyatida vatan va vatanparvarlik mativi
Download 46.92 Kb.
|
Abdulla Oripov
Men bu cho‘llar qo‘ynida tug‘ilib topdim kamol,
Ko‘hna sardobalarda ko‘milib qoldi dardim. degan satrlar bilan boshlanadi. Ko‘hna sardobalarda ko‘milib qolgan dard sabablariga, oqibatlariga, yuzaga chiqishiga, bugungi evrilishlariga o‘quvchi zimdan tayyorlab boriladi. Birinchi 12 satr poemaning ekspozitsiyasini tashkil etadi. Ekspozitsiyadan keyin shoir niyatini bayon qiladi. Endi niyati avvalgidek, “o‘jar va majnunkor” she’rlar bitish emas, balki tug‘ilgan joyi, ota yurtining sharafini kuylash: Mana bu kun, ey yurtim, g‘oz turibman qarshingda, Ot aylanib joyini topar, deganlar doim. Sen haqingda she’r bitish sharafi bor boshimda, Ey sen, sahroyi xalqim, ey sen, tug‘ilgan joyim. O‘z navbatida ushbu satrlar dramatik tugun vazifasini o‘taydi. Lekin bu faqat badiiy tugun xolos, aslo muddao emas. Muddao asar kulminatsiyasi oldidan aytilgan. Tugundan keyin, odatda, voqealar rivoji, ziddiyatlar, konflikt chuqurlashuvi va keskinlashuvi yuz beradi. Bu syujeti aniq epik-dramatik asarlarga xos. Lirik-dramatik asarlarda voqealar emas, tuyg‘ular, munosabat, kayfiyat, ruhiy holat rivoji, ziddiyati kuchayadi. Kim aytadi qo‘yningda ilhom bor deb doimo, Xususan, saratonning yonib turgan pallasi? Bir nafas taklifingga tashrif etsa mabodo Har qanday shoirning ham pir bo‘lar hafsalasi. Bu yerlarning bori shu: qip-qizil sahro bari, Faqat sarob jimirlab chorlar sirli bazmga. Uncha ham suluv emas sahroning jonzotlari, Nasrga yarashmasa, yarashmaydi nazmga. Agar asarni simfoniyaga qiyoslashni davom etsak, bu sonataviy allegroni eslatadi. O‘quvchilarga ushbu musiqiy atamalar tushunarli bo‘lishi uchun ularning lug‘aviy mazmunini keltiramiz. Sonata umumiy badiiy maqsad-la birlashtirilgan bir necha kontrast qismlardan iborat musiqiy asardir. Allegro simfoniya yoki sonataning tez sur’atda ijro etiladigan birinchi qismi. “Qarshi qo‘shig‘i”ni shartli ravishda bir necha qismlarga bo‘lish mumkin. Uning har bir qismi nisbatan mustaqil va tugallangan. Shundaygina ajratib olib, alohida she’r sifatida chop etish mumkin. Ayni paytda bu qismlar umumiy mavzu va xalqning cho‘lni o‘zlashtirish, farovonlikka intilish orzu-armoni bilan birlashtirilgan. Tuyg‘ular, voqelikka munosabat rivoji davom etadi. Simfonizm qonuniyatiga ko‘ra, bu shunchaki bayon qilish yo‘sinida emas, konfliktli to‘qnashuvda, kontrastli qarama-qarshi qo‘yishlar ko‘rinishida yuz berishi lozim. Haqiqatan, asarda ketma-ket qarama-qarshi, kontrast holatlar bir-birini almashtirib kelaveradi: Lekin uning bahori, o, sen, cho‘llar bahori, Sog‘intirgan onamning diydori senday shirin. Erta kun qovjirashdan bo‘lsa ham dilda zori, Lola labi xandonu tubda dog‘i yashirin. Oyoqlangan qo‘ziday dovdirar yelda maysa, Ko‘m-ko‘k moviy osmonda kezib yurar oq bulut. To‘rt taraf qisib kelib, nogohon jala quysa, Olamga anqib ketar ming xil ko‘kat, ming xil o‘t. Cho‘lda bahor tez o‘tib ketadi. Manzara, holat o‘zgarishi nozik, ingichka va cho‘ziq ovozli g‘ijjaklar, torli asboblar, nay sasi yordamida emas, balki endi misdan yasalgan puflab chalinadigan asboblar, yirik nog‘ora va kontrabaslarning gumburlagan ovozi bilan almashadi: Lekin oftob zabtidan qochib boradi bahor, Noshud sayyod dastidan qalbi qon ohu kabi. Xayr endi, bahorim, ko‘rishguncha to diydor, Mahshar kelmay yumildi bahorning qaqroq labi. Birdan ohang sokinlikka o‘tadi. Hazinlikka – minorga ko‘chadi. Hazinlik o‘quvchi xayolini uzoq xotiralarni jonlantirishga, ruhiy bezovtalikka tayyorlaydi. Asarda yana simfonizm qonuniyati ishga tushadi. Mahzun tuyg‘ular ham konfliktli to‘qnashuvda rivojlanishi zarur. Minorning aksi majordir. Qisqagina major satrlar bu yerda kontrast orqali mahzunlikning ko‘lamini kengaytirib, mazmunini chuqurlashtirishga, kulminatsiyaga chiqarishga yordam beradi. Download 46.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling