Mavzu: Abdulla Oripov she’riyatida vatan va vatanparvarlik mativi


Download 46.92 Kb.
bet1/11
Sana24.12.2022
Hajmi46.92 Kb.
#1060722
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdulla Oripov


Mavzu:Abdulla Oripov she’riyatida vatan va vatanparvarlik mativi.
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1. Abdulla Oripovning badiiy tafakkuri
2.Abdulla Oripov ijodining bosh mavzulari
3 .“Yelkamizga oftobning tekkanligi rost bo‘lsin”
Xulosa

Abdulla Oripov hayoti va ijodi xalqimizning so‘nggi 60 yilda bosib o‘tgan yo‘lini aniq-tiniq aks ettiradi. XX asrning ikkinchi yarmida biror shoir, san’atkor bu yo‘lni Abdulla Oripovdek badiiy kuch-qudrat, his-hayajon bilan ko‘rsata olgan emas. Chunki u noyob daho iste’dodiga mos mas’uliyat tuyg‘usiga ega edi. Mahorat bobida, so‘z jozibasi va obrazliligidan foydalana olishda unga zamondoshlari orasida teng turadigan shoirlar bor. Ammo tarixiy davr xususiyatlarini, ziddiyatlarini, ona Vatan taqdirini, xalqning dardini, g‘am-tashvishlariyu orzu-umidlarini uningdek teran idrok etadigan, qalbining har bir hujayrasidan o‘tkazadigani yo‘q. Zamondosh ijodkorlar orasida birinchi bo‘lib Vatan va xalqning og‘riqli dardini qalamga olgani, hasrat chekib, ehtirosli kuylagani, millat qadr-qimmati, sha’ni uchun kurashgani shundan. U xalq armonini kuylashda, milliy manfaatlarni himoya qilishda, xalqqa milliy o‘zligini anglatishda Navoiy va Cho‘lpon an’analarini yangi tarixiy sharoitda qayta tiklab, boyitdi va rivojlantirdi. Albatta, bizning fikrlarimiz xususiy bo‘lib, kimlargadir bahsli, isbottalab tuyular. Ammo bular risola muallifining shoir ma’naviy dunyosidan bolalikdan butun ongli umri davomida bahramand bo‘lgani, olgan saboqlari, turli holatlarga uning munosabatlarini kuzatishlari asosida shakllangan.


Abdulla Oripovning badiiy tafakkuri
Abdulla Oripovning badiiy tafakkuri, oddiy tilda aytsak, poetik iste’dodi baland edi. Daho shunchaki ulug‘, buyuk iste’dod emas. Buyuk iste’dod ijod qiladigan adabiy turini, janrini g‘oyaviy-badiiy jihatdan takomillashtiradi, yangi obrazlar, badiiy uslublar, original va hammaga manzur asarlar bilan boyitadi. Daho esa bulardan tashqari adabiyotda yangi g‘oyaviy-badiiy yo‘nalish ochadi, unga yangi badiiy mezon beradi. Haqiqat va milliy o‘zlikni anglashni sifat jihatdan bir pog‘ona yuqori ko‘taradi. U o‘z davri muammolarini umuminsoniy mezonlar nuqtai nazaridan idrok etib, xalqining dardini butun insoniyat dardiga aylantira oladi. Natijada Vatani Koinot darajasiga ko‘tariladi, yashaydigan davri, vaqti kosmik miqyos kasb etadi. Va, aksincha: Koinot va kosmik vaqt xalqi yashaydigan makon va zamonda voqelashadi. Umuminsoniy g‘oya va qadriyat milliylikda, milliy voqelikda ifodalanadi. Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatiga mana shunday tafakkur tarzini olib kirdi. Bunga shoirning nafaqat vatanparvarlik mazmunidagi she’rlarini, shuningdek, ishqiy va falsafiy she’rlarini o‘qib ishonch hosil qilish mumkin:
Yurgil, dalalarga ketaylik, do‘stim,
Diqqinafas uyda yotmoq paytimas.
Oltin O‘zbekiston tuprog‘i bu kun
Bir pari faslning og‘ushida mast.
Nozik tuyg‘ular ancha jo‘shqin va chiroyli ifodalangan lirik satrlar bilan boshlangan “O‘zbekistonda kuz” she’rida mavsum manzarasiga chizgilar davom etadi:
Shabnam shovullaydi bog‘lar qo‘ynida,
Salqin tuman ichra bo‘zarar tonglar,
Quyoshning erinchoq yog‘dularida
Nafis yaltiraydi bargi xazonlar.
Har yonda to‘kinlik…
Kuzdan nishona…
Har yonda go‘zallik yoymish daftarin.
Ammo manzara chizgilari qo‘qqisdan bezovta his-tuyg‘ular ifodasiga o‘tadi, kontrast holat yuzaga keladi:
Sonsiz egatlarga sochilmish, ana,
Mening shodliklarim, ezgu dardlarim,
Mening ona xalqim…
Ey qadim halol,
Rizqi ona yerga sepilgan xalqim,
Ushoq chigitni ham etmay deb uvol
Million egatlarga egilgan xalqim!..
Shoirning shodligiyu ezgu dardlari ona xalqi tufaylidir. Xalqining mehnatsevarligidan, ushoq chigitni ham uvol qilmasligidan faxr tuysa, og‘ir mehnat tufayli ezilib ketganidan, hatto tevaragidagi kuz go‘zalligidan zavq olishga imkoni yo‘qligidan qayg‘uradi. Xalqini qaddini rostlab, boshini ko‘tarishga, kuz ne’matidan bahramand bo‘lishga chorlaydi:

Download 46.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling