Mavzu: Abdullo Oripov ijodiga baģishlagan maqollalar
Download 33.16 Kb.
|
Abdullo Oripov
Mavzu: Abdullo Oripov ijodiga baģishlagan maqollalar. Reja: Abdullo Oripov hayoti va ijodi. Abdullo Oripov ijodiga baģishlagan maqollalar. Abdulla Oripov — ardoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan taniqli ijodkor. Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisi hisoblanadi. Shoir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sheʼri muallifidir. Hayoti Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo] viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagiga oʻrnashgan boʻlib, oqar suv taqchil boʻlsa-da, seryomgʻir kelgan yillarda koʻkat-u maysalarga koʻmilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqida shoirning oʻzi shunday yozadi:"Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yogʻin koʻp tushar, Qoʻngʻirtov etaklari ming xil oʻt-oʻlan, chuchmoma-yu qizgʻaldoqlar bilan, quyontoʻpigʻ-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qoʻzigullar bilan qoplanar, tevarak-atrof jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari toʻplanib qolgan kichik-kichik koʻllarni „qoq“ deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburugʻ terib, Qoʻngʻirtov etaklarida kunlarini kech qilar edi"Ana shunday goʻzal maskanda tugʻilib oʻsgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli ishbilarmon dehqonlardan boʻlib, jamoa xoʻjaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, gʻoyat taʼsirchan va ezgulikka tashna ayol boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi. Asarlari Birinchi marta respublika matbuotida „Qushcha“ deb atalgan sheʼri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi [sheʼrlar toʻplami] „Mitti yulduz“ esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin „Koʻzlarim yoʻlingda“ (1967), „Onajon“ (1969), „Ruhim“ (1971), „[Oʻzbekiston]“, „Qasida“ (1972), „Xotirot“ (1974), „Yurtim shamoli“ (1974), „Jannatga yoʻl“ (1978), „Hayrat“ (1979), „Hakim va ajal“ (1980), „Najot qalʼasi“ (1981), „Yillar armoni“ (1983), „Haj daftari“ (1992), „Saylanma“ (1996), "Sohibqiron (sheriy drama) " (1996), toʻrt tomlik „Tanlangan asarlar“ (2000-2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi. Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening (rus.)"Ilohiy komediya" asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning sheʼrlarini mahorat bilan oʻzbekchaga oʻgirgan. Abdulla Oripov sheʼrlarida falsafiy teranlik joʻshqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uygʻunlashib ketgan. Uning „Bahor“, „Birinchi muhabbatim“, „Kuz“, „Saraton“, „Oʻzbekiston“, „Munojotni tinglab“, „Otello“, „Sarob“, „Dengizga“, „Malomat toshlari“, „Olomonga“, „Yuzma-yuz“, „Genetika“, „Chuvaladi oʻylarim sensiz“ va boshqa qator sheʼrlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi. Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov soʻzi bilan aytiladi. Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi boʻlib, 1998-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻldi. U I va II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida dunyoga keldi. 1958 yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan Oripov Toshkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni ham 1963 yilda imtiyozli diplom bilan yakunlaydi. «Yosh gvardiya» (1963-69), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotlarida muharrir (1969-74), «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1974-76), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1976-82), mas'ul kotib (1985-88), Toshkent viloyat bo‘limida mas'ul kotib (1982—83), «Gulxan» jurnalida muharrir (1983-85), 1996 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.Shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «Tilla baliqcha», «Men nechun sevaman O‘zbekistonni» singari dastlabki she'rlari talabalik yillarida yozilgan va o‘zbek she'riyatiga yangi, iste'dodli, o‘ziga xos ovozga ega shoirning kirib kelayotganidan darak bergan. Ko‘p utmay, «Mitti yulduz» (1965) ilk she'rlar to‘plamining nashr etilishi she'riyat muxlislarida paydo bo‘lgan shu dastlabki tasavvurning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlagan. Shundan keyin shoirning «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O‘zbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim shamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat» (1979), «Najot qal'asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «haj daftari», «Munojot» (1992), «Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Shoir yuragi» (2003) singari she'riy kitoblari nashr etilgan.Oripov o‘zbek she'riyatiga o‘tgan asrning 60-yillarida sobiq sovet jamiyatida esa boshlagan yangi shabadaning elchisi sifatida kirib keldi. U dastlabki she'rlaridan boshlab milliy she'riyatda yangi poetik tafakkurning qaror topishi yo‘lida ijod qildi; turmushda paydo bo‘la boshlagan yangicha qarashlar, kishilarning ruhiy olamidagi evrilishlar, fikr va xatti-harakat erkinligiga bo‘lgan ehtiyoj Oripov she'rlarining g‘oyaviy mundarijasini belgilab berdi.Oripovning dastlabki she'rlaridagi romantik kayfiyat asta-sekin o‘z o‘rnini falsafiy mushohadalarga bo‘shatib, shoirning hayotda ro‘y berayotgan voqea va hodisalarga munosabati faol tus oldi. Shu ma'noda «Tilla baliqcha», «Qo‘riqxona», «Genetika», «Olomonga» kabi she'rlar Oripovning lirik she'riyat ufqlarini hayot muammolari tasviri hisobiga kengaytirib borayotganidan darak berdi. Xuddi shu narsa Oripovning doston janriga murojaat etishi va liro-epik tasvir imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga sababchi bo‘ldi. Abdulla Oripov «Jannatga yo‘l» (1978), «Hakim va ajal» (1980), «Ranjkom» (1988) kabi dostonlarida ma'naviyat masalalariga alohida e'tibor berib, kishilarning ruhiy olamidagi ayrim qusurlar bilan ilmiy-texnik taraqqiyot va tafakkurning parvozi o‘rtasidagi ziddiyatni ochib tashladi.Umuman, Oripovning she'r va dostonlarida olg‘a surilgan ma'naviy muammolar mustaqillik davrida, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etib, shoirning xuddi shu masalalar tasvirida o‘z davriga nisbatan (ularning aksari 90-y.larga qadar yozilgan) ilg‘orlab ketganini namoyish etdi. Uning ijodida, bir tomondan, G‘afur G‘ulom lirikasiga xos falsafiylik ko‘zga tashlansa, ikkinchi tomondan, Hamid Olimjon she'rlariga xos musiqiy ravonlik va badiiy soddalik aks etib turadi. Mazkur 2 manba Oripov she'rlarida o‘zaro tutashgan holda orifona she'riyatning asosiy xususiyatlarini ifodalab keladi.Shoirning so‘nggi yillar lirikasida tuyg‘u va kechinmalar tasviri susaymagan holda yana bir muhim fazilat bor. Bu, Oripov she'rlariga liro-epik tasvir unsurlarining ko‘plab kirib kelishidir. U mustaqillik yillarida adabiyotning rang-barang tur va janrlarida ijod eta boshladi. Shu davrda tarixiy adolatning tiklanishi, o‘tmishda yashagan sarkardalar va allomalar xotirasining e'zozlanishi Oripovni Amir Temurning O‘rta Osiyo xalklari tarixiy taqdirida o‘ynagan buyuk rolini ko‘rsatuvchi «Sohibqiron» she'riy dramasini (1998) yozishga ilhomlantirdi. Xalq shoiri bu asarida qariyb uch asr davomida hukm surgan qudratli Temuriylar saltanatining asoschisi va XV asr Sharq Uyg‘onish davrining boshlanishiga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoit yaratgan Amir Temur obrazini yorqin gavdalantirib berdi. Mazkur asar respublikaning barcha yirik teatrlari va qardosh mamlakatlar sahnalarida katta muvaffaqiyat bilan o‘ynaldi.Abdulla Oripov O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining matni muallifi ekani bilan ham xotiralarda saqlanib qoladi. U Navro‘z va Mustaqillik bayramlarini o‘tkazish bo‘yicha yozilgan aksariyat ssenariylar muallifidir.Oripov Yozuvchilar uyushmasiga raislik qilgan kezlari O‘zbekiston eng yangi tarixi adabiy jarayoniga rahbarlik qildi. Uning she'riyati Muhammad Yusuf kabi ko‘plab shoirlar ijodining shakllanishiga ta'sir ko‘rsatgan.Abdulla Oripov jahon adabiyoti durdona asarlarini o‘zbek kitobxonlariga yetkazishda ham samarali mehnat qildi. U Dante «Ilohiy komediya»sining «Do‘zax» qismini, A. S. Pushkin, N. A.Nekrasov, T. G. Shevchenko, L. Ukrainka, R. Hamzatov, Q. Quliyev va M. Bayjiyev asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi. O‘z navbatida, uning asarlari ham rus, ingliz, bolgar, turk, ukrain, turkman, ozarbay-jon kabi ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. 1990 yilda O‘zbekiston Oliy Kengashi, 1995 yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. Abdulla Oripov Kaliforniya (AKSh) Fan, ta'lim, sanoat va san'at xalkaro akademiyasining haqiqiy a'zosi. Soka universiteti (Yaponiya) professori. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Bosh tahrir hay'ati a'zosi, Hamza nomidagi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati edi. Abdulla Oripov - o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. Abdulla Oripov ijodi zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin sahifalaridan birini nomoyon etadi. Uning she’rlarida insonning chuqur ruhiy dunyosi va xalq tarixi tahlil etiladi. 1998 yil Abdulla Oripov “O‘zbekiston qahramoni” unvoniga musharraf bo‘lgan.Abdulla Oripov 1941 yil Qashqadaryo viloyati Kasonsoy tumani Nekuz qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi Orifboy Ubaydulla o‘g‘li mahalliy kolxoz vakili bo‘lgan. Oilada sakkiz nafar farzand — to‘rt o‘g‘il, to‘rt qiz bo‘lishgan, Abdulla Oripov o‘g‘illardan eng kenjasi bo‘lgan. 1958 yil o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlab, Abdulla Oripov tahsilni O‘zbekiston Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetining jurnalistika bo‘limida davom ettiradi.1963 yil universitetni a’lo baholar bilan yakunlab, “Yosh gvardiyachi” tahririyatida muharrir bo‘lib ishlaydi; (1967—1974) G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at tahririyati muharriri va bosh muharriri; (1974—1976) “Sharq yulduzi” jurnalida bo‘lim rahbari. 1972 yildan 1982 yilgacha Abdulla Oripov O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritadi; (1982—1983) Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo‘linmasi kotibi; (1983—1985) “Gulxan” jurnali bosh muharriri; 1985 yildan kotib, 1996 yildan 2009 yilgacha O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi. 1988 yil O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.Abdulla Oripov Oliy Majlis birinchi va ikkinchi chaqiruvchi deputati va senatori (2005 yil 25 yanvar) bo‘lgan.1998 yil Abdulla Oripovga O‘zbekiston Qahramoni unvoni topshirildi.“Qush” nomli o‘zining ilk she’rini Abdulla Oripov universitetda o‘qigan kezlari yozgan. Abdulla Oripovning “Bahor”, “Birinchi muhabbatim”, “Kuz”, “Saraton”, “O‘zbekiston”, “Munojotni tinglab”, “Otello”, “Sarob”, “Dengizga”, “Malomat toshlari”, “Oltin baliqcha”, “Yuzma-yuz”, “Genetika” va boshqa she’rlari — XX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyotining yorqin namunasidir.1965 yil uning ilk she’riy to‘plami “Mitti yulduz” chop etilgan. Uning ketidan “Ko‘zlarim yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O‘zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1984), “Ishonch ko‘prigi” (1989), “Munojot” (19992), “Haj daftari” (1995), “Saylanma” (1996) she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi.Abdulla Oripov qalamiga “Jannatga yo‘l” (1978), “Tabib va o‘lim” (1980), “Ranjkom”, “Sohibqiron” (1996) dostonlari mansub.2000-2001 yillar to‘rt tomlik saylanmasi bo‘lmish Abdulla Oripovning “Sara asarlari” nashrdan chiqqan.Abdulla Oripov 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi.Shoir Dante Aligerining “Ilohiy komediyasini”ni, N. Nekrasov, L. Ukrainka, T. Shevchenko, K. Kuliyev va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.Abdulla Oripov she’rlarini ona Vataniga bag‘ishlaydi. “O‘zbekistonda kuz” she’rida u sevgi va nafosat ila ona diyorining go‘zalligini ifodalaydi: Ayni kuz, bog‘larning pishgan mevasi, Chumoli safiga tashlayman razm. Olma turshagining bordir egasi, Qarri ajinalar qilurlar bazm. Porlab ko‘rinadi Qutbda yulduz, Osmon ham qoramtir — rangi aslidir. Sariq chakmon qiygan Xizr kabi kuz, Chindan u donishmand ruhlar faslidir. Afsus, bahorlarim o‘tdilar ketib, Terga botganicha qoldi saraton. Buyuk tomoshaning so‘nggini kutib, Fasllar oralab kezdim sargardon. Islom Karimovning ta’kidlashicha, Abdulla Oripov she’riyatining bugungi ma’naviyat va ma’rifat taraqqiyoti bosqichi muhim ahamiyatga egadir.2007 yil 12 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish agentligining Bosh direktori Abdulloh Oripov Jahon madaniyatining xazinasiga ijodiy hissa qo‘shganligi uchun yuqori darajadagi “WIPO Creativity Award” oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Mukofot va unvonlari O‘zbekiston qahramoni (1998) O‘zbekiston xalq shoiri (1983) “WIPO Creativity Award” oltin medali (2007) Italiya yulduzi xalqaro sharafli ordeni (2015) Hamza nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti (1983) Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti (1994) 2007 yil Oripov Jahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan jahon madaniyati xazinasiga qo‘shgan hissasi uchun oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2015 yil Italiya yulduzi xalqaro sharafli ordeni bilan taqdirlangan. Faxriy mukofot shoirga Italiya prezidenti Serj Sotarelloning taklifiga binoan topshirilgan. O‘zbekiston xalq shoiri A. Oripov hayotdan 2016 yil 5 noyabr kuni ko‘z yumdi. Uning yoshi 75 da edi. Toshkent shahridagi Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan. Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida dunyoga keldi. 1958 yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan Oripov Toshkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni ham 1963 yilda imtiyozli diplom bilan yakunlaydi. «Yosh gvardiya» (1963-69), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotlarida muharrir (1969-74), «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1974-76), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1976-82), mas'ul kotib (1985-88), Toshkent viloyat bo‘limida mas'ul kotib (1982—83), «Gulxan» jurnalida muharrir (1983-85), 1996 yildan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.Abdulla Oripov; Sovet va mustaqillik davrida doston, ocherk, maqola va tarjima kabi janrlardagi asarlaridan tashqari ko‘plab mavzularda yozilgan she’rlari bilan tanilgan shaxs. A.Oripov she’rlarida; vatan, millat, ona tiliga muhabbat, din, bayroq, istiqlol, tabiat, qarindoshlik, she’riyat, shoir, tarixiy shaxslar, shaxsning ichki dunyosi, umuminsoniylik, axloq, ezgulik, odam va jamiyat haqidagi falsafiy fikrlar kabi masalalarni tez-tez tilga olinadi. O‘z asarlarini sodda tilda ijro etuvchi shoir, she’rlari orqali ona tilining ahamiyati, vatanparvarlik, O‘zbekistonning qadimiy tarixi, geografik go‘zalliklari, o‘zbeklarning o‘ziga xos madaniy xususiyatlari haqida gapiradi. Ko‘rinib turibdiki, shoir o‘z asarlari orqali o‘zbek xalqini tarbiyalash, ongini oshirishni hamisha o‘z oldiga vazifa qilib olgan. Oripov ijodiga nazar tashlab; O‘zbek tilining ma’no imkoniyatlari, she’riy kuchi, obraz va obraz unsurlaridan foydalanishi aniqlanadi. Ushbu tadqiqotda shoir she’rlaridagi obraz va obrazlar qaysi tushunchalar uchun qo‘llanilganligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Shuningdek, shoirning so‘z boyligi, she’riy uslubi, o‘zbekning she’riy qudrati va ma’no olami ochib beriladi. Abdulla Oripov jahon adabiyoti durdona asarlarini o‘zbek kitobxonlariga yetkazishda ham samarali mehnat qildi. U Dante «Ilohiy komediya»sining «Do‘zax» qismini, A. S. Pushkin, N. A.Nekrasov, T. G. Shevchenko, L. Ukrainka, R. Hamzatov, Q. Quliyev va M. Bayjiyev asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qildi. O‘z navbatida, uning asarlari ham rus, ingliz, bolgar, turk, ukrain, turkman, ozarbay-jon kabi ko‘plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. 1990 yilda O‘zbekiston Oliy Kengashi, 1995 yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. Abdulla Oripov Kaliforniya (AKSh) Fan, ta'lim, sanoat va san'at xalkaro akademiyasining haqiqiy a'zosi. Soka universiteti (Yaponiya) professori. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Bosh tahrir hay'ati a'zosi, Hamza nomidagi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati edi.Umuman, Oripovning she'r va dostonlarida olg‘a surilgan ma'naviy muammolar mustaqillik davrida, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etib, shoirning xuddi shu masalalar tasvirida o‘z davriga nisbatan (ularning aksari 90-y.larga qadar yozilgan) ilg‘orlab ketganini namoyish etdi. Uning ijodida, bir tomondan, G‘afur G‘ulom lirikasiga xos falsafiylik ko‘zga tashlansa, ikkinchi tomondan, Hamid Olimjon she'rlariga xos musiqiy ravonlik va badiiy soddalik aks etib turadi. Mazkur 2 manba Oripov she'rlarida o‘zaro tutashgan holda orifona she'riyatning asosiy xususiyatlarini ifodalab keladi. Marhum shoir, O‘zbek zamonaviy she'riyatining “Navoiy”si Abdulla Oripovni Alloh rahmat etsin, yaxshi amallarini o‘ziga hamroh aylasin! Download 33.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling