Desorbsiya. Absorberdan chiqib ketayotgan suyuq yutuvchi tarkibidagi erigan gazlarni ajratib olish jarayoni desorbsiya deb ataladi. Desorbsiyaning asosiy maqsadi ishlatilgan absorberni regenerasiya qilish hamda yutilgan gazni haydash yoki rektifikatsiya usuli bilan ajratib olishdan iboratdir. Sanoatda desorbsiyaning turli usullari qo’llaniladi. Aralashmaning tabiatiga ko’ra desorbsiyaning u yoki boshqa usuli tanlab olinadi. Masalan, bug`-gaz aralashmasida aseton suv yordamida absorbsiya yo’li bilan ajratib olingandan sochng, suyuqlik tarkibidagi aseton rektifikatsiya yordamida ajratib olinadi.
Suyuqlikda yutilgan komponent quyidagi usullarda desorbsiya qilinadi:
1) Inert gaz yoki suv yordamida ajratib olinadi;
2) Absorbentga issiqlik berish bilan ajratib olinadi;
3) Absorbsiya jarayonidan keyin absorberdagi bosimni kamaytirish natijasida ajratib olinadi.
Inert gaz yoki suv bug`i ta`sirida desorbsiya qilish. Bu usulda yutilgan gazni desorbsiya qilish uchun inert gaz yoki suv bug`i ishlatiladi. Bunda inert gaz yoki suv bug`i suyuqlik bilan bevosita bir-biriga ta`sir qiladi. Taqsimlanayotgan komponentning parsial ish bosimi suyuqlik ustidan desorbsiya qilinayotgan agent bosimiga qaraganda yuqori bo’lgani uchun bu komponent suyuqlikdan gaz oqimiga yoki suv bug`iga o’tadi. Yutilgan gazni suyuqlikdan ajratib olish uchun desorbsiya jarayoni inert gaz va suv bug`i ta`sirida qarama-qarshi yo’nalishda yoki nasadkali kolonnalarda olib boriladi. Inert gaz sifatida havo ishlatiladi, yutilgan gaz esa u bilan aralashib ketadi. Bunday desorbsiya usuli gaz aralashmasidan ajratib olingan komponent boshqa maqsadlarda ishlatilmagan hollarda qo’llaniladi.
Absorbentga issiqlik berish yo’li bilan yutilgan gazni ajratib olish. Desorberga issiqlik berilganda, masalan, u suv bug`i bilan isitilganda, suyuqlikdan desorbsiya qilinayotgan komponent bilan absorbentning bir qismi ham bug`lanadi. Hosil bo’lgan aralashmalardan kerakli komponentni ajratib olish uchun rektifikatsiya usuli qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |