Mavzu: absorbsiya jarayoni mohiyati


Absorberdagi bosimni kamaytirib yutilgan gazni ajratib olish


Download 463 Kb.
bet5/12
Sana17.12.2022
Hajmi463 Kb.
#1025831
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
absorbsiya

Absorberdagi bosimni kamaytirib yutilgan gazni ajratib olish. Bu desorbsiya usuli juda oddiy bo’lib, absorbsiya jarayoni atmosfera bosimidan yuqori bosimlarda olib borilganda kolonnadagi bosimni atmosfera bosimigacha kamaytirish natijasida yutilgan gaz desorbsiya qilinadi. Agar absorbsiya jarayoni atmosfera bosimida olib borilsa, u holda desorbsiya qilinuvchi komponent vakuum-nasos yordamida tortib olinadi. eritma tarkibidagi desorbsiya qilinadigan komponentni butunlay ajratib olish uchun ko’pincha desorbsiya jarayonlari issiqlik berish bilan birgalikda past bosim ostida olib boriladi.

MAVZU: ABSORBERLAR.
REJA:


  1. Absorberlarning tuzilishi.

  2. Plyonkali absorberlar.

  3. Nasadkali absorberlar.

  4. Tarelkali absorberlar.

  5. Suyuqlikni sochib beruvchi absorberlar.

Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada rochy beradi. Shu sababdan absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o’rtasidagi kontakt (tochqnashuv) yuzasini ko’paytirish zarur. Fazalarning tochqnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko’ra, absorberlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi:
l)plyonkali; 2) nasadkali; 3) tarelkali; 4) suyuqlikni sochib beruvchi.
Plyonkali absorberlar. Bunday absorberlarning tuzilishi ixcham, samaradorligi yuqori bo’lgani uchun ko’proq ishlatiladi. Ushbu absorberlarda fazalarning kontakti qattiq (odatda vertikal) yuza bo’yicha oqayotgan suyuqlikning yupqa qatlamida yo’z beradi. 25.4-rasmda quvurli plyonkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan. Bu qurilmaning tuzilishi qobiq-quvurli issiqlik almashinish qurilmasiga ochxshash. Absorbent qurilmaning yuqorigi qismidagi quvur tochsiqlari orqali quvurlarga maxsus taqsimlagich yordamida bir mechyorda taqsimlanib, quvurning balandligi bo’ylab ichki yuzasidan suyuqlik­ning yupqa qatlami holida pastga harakat qiladi. Gaz esa


25.4-rasm. Quvurli plyonkali absorber: 1 — qobiq; 2 — quvurlar;
quvurning pastki qismidan yuqoriga, yupqa qatlam holida oqib kelayotgan suyuqlikka qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi. Gazning tarkibidagi tegishli komponentni yutib olgan suyuqlik qurilmaning pastki qismidagi shtutser orqali ajratib olinadi. Gazning inert qismi (ya’ni yutilmay qolgan qismi) qurilmaning yuqorigi shtutseri orqali tashqariga chiqariladi. Absorbsiya jarayonida hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun qobiq va quvurlar orasidagi bochshliqqa suv yoki sovituvchi suyuqlik beriladi.
Quvurli absorberda gaz bilan suyuqlik o’rtasidagi kontakt yupqa qatlamda (plyonkada) yo’z beradi; absorbsiya jarayoni paytida sovib turuvchi issiqlik almashinish yuzasining ustida suyuqlikning tez aralashishi yo’z beradi. Shu sababdan bunday qurilmalardan yuqori issiqlik effektiga ega bo’lgan gaz aralashmalaridan kerakli komponentlarni ajratib olishda foydalaniladi.
Qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan plyonkali absorberlarda gazning mumkin bo’l­gan eng katta tezligi yuqori qiymatga ega (3-6 m/s). Ushbu absorberlarning gidravlik qarshiligi juda kam. Shu sababli bunday absorberlardan gazning sarfi katta bo’lib, gidravlik qarshilikning qiymati kam bo’lishligi talab qilingan va ajratish darajasi esa yuqori bo’lmagan holatlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.

Download 463 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling