Mavzu: Abu Rayhon Beruniyning tarix fani metodologiyasiga qo’shgan hissasi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 45.25 Kb.
bet2/4
Sana21.01.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1106692
1   2   3   4
Bog'liq
Metodologiya kurs ishi. Mahmudova

Mavzuning dolzarbligi shundaki, Abu Rayhon Beruniygacha dunyo tarixida biror-bir olim o‘tmish tarixiy taraqqiyoti talqinlarini har taraflama ilmiy nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilmagan edi. Abu Rayhon Beruniy davriga kelib, dunyoning o'tmish tarixiy taraqqiyoti hamda olamning paydo bolishi to‘g‘risidagi qarashlarda xilma-xilliklar, qarama-qarshiliklar ko'payib ketdi. Ana shu muammolami yechish uchun Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozdi.
Mavzuning o’rganilish darajasi bo’yicha ishlarga murojaat qilsak, G‘arb tarixchiligi va tarix falsafasida murakkab jarayonlar davom etmoqda ekan, sharq tarixnavisligi va sharqona tarix falsafasining mazmuni ham barchani qiziqtirishi tabiiy. Sharq tarixnavisligi yoki sharq tarixchilik falsafasi bugungi kungacha tarixchilar tomonidan maxsus o‘rganilmagan eng muhim ilmiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Garchi tarixchilar va ularning tarix asarlari manbashunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan va tahlil qilingan bo‘lsada, biroq bu tadqiqotlardan sharq tarixnavisligining falsafiy asoslari, tarixiy hodisalarni yoritishdagi biror-bir yo‘nalish yoki yondashuvlarning nazariy asoslari borasidagi fikrlarni uchratish mushkul. Bu ma’lumotlarni biz faqatgina manbalarni mazmunan, davriy, ijtimoiy va boshqa xususiyatlariga asoslangan holda maxsus tadqiq qilish orqali qo’lga kiritishimiz mumkin. Eng avvalo aytib o‘tish kerakki, Sharqda tarix falsafasi yoki metodologiyasi va uning yo‘nalishlari hamda turlari va tiplari g’arbdagidek tarzda chuqur va turli qarashlar asosida “shakllantirilgan” emas. Aynan ana shu holatning o‘zi ham sharq tarixnavisligining o'ziga xosligini belgilab beradi.
Mavzuning maqsad va vazifalari shundan iboratki, Beruniy asarlarida tarix fanining metodologik jihatdan mazmuni nimadan iborat, tarixiy bilimning shakllanish unsurlari, tarixiy bilimning obyekti va predmeti, tarixning sohaviy, tarmoq tuzilishini aniqlash, shuningdek, asarlarni yozishda keng foydalangan metodlarga murojaat qilishdan iborat.

Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling