Yusuf Xos Hojib
Abu Nasr Forobiy
Abu Ali ibn Sino
Abu Rayhon Beruniy
Alisher Navoiy
XI asrning mashhur mualliflaridan biri Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” nomli asarida shoirlar to‘g‘risida mulohaza qilib, badiiy so‘zning ijtimoiy hayotda va kishilar hayotidagi mavqeidan bahs yuritdi.
Yusuf Xos Hojibning :
Ulug‘din tirikka qumaru so‘z ul,
Qumaru so‘zi tutsa asg‘i yo‘z ul
Baytida so‘zning ulug‘lardan yoshlarga meros ekanligi, merosni asrab-avaylamoq lozimligini uqtiradi.
Abu Nasr Forobiy adabiy-tanqidiy qarashlari Forobiy “Buyuk kishilarning naqllaridan” asarining 52-bobida she’r san’ati xususida alohida to‘xtalib, shunday yozadi: “Bu san’at biror maqsadni amalga oshirayotgan paytda yo‘ldan chiqib ketmaslikka yordam beruvchi va inson xayolini qog‘ozda namoyon etuvchi san’atdir.She’rning olti xili bor.Shundan uchtasi yaxshi va uchtasi yomon xilidir. Yaxshilaridan biri shuki, uning yordamida inson aqliy quvvatini mukammallashtiradi, saodatga olib boruvchi fikri oydinlashadi, yaxshi ishlarga, fazilatli bo‘lishga ilhomlanadi,xasislik, yomonlik, qabihliklardan saqlaydi, ikkinchi yaxshi xili kishining ruhiy sezgilarini yuksaltiradi, uchinchisi zaiflikdan saqlaydi. Abu Ali ibn Sinoning adabiy-nazariy qarashlari aks etgan asarlar:
“Najot”
“Risolai ishq”
“Risolai mantiq”
“She’r san’ati”
“Hikmati afro‘z”
Abu Rayhon Beruniyning adabiy-tanqidiy qarashlari aks etgan asarlari:
1
“Fazl ahlining she’rlarda aytilgan fikrlarini bayon qilish kitobi”
2
“Tanlangan asarlar va she’rlar kitobi”
3
“Hindiston”, “Ma’danshunoslik”
4
Do'stlaringiz bilan baham: |