Yangi konstitutsiya va uning yoshlarga bergan imkoniyatlari


Download 15.25 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi15.25 Kb.
#1742889
Bog'liq
Ibrphimjon Ilmiy maqola2


YANGI KONSTITUTSIYA VA UNING YOSHLARGA BERGAN IMKONIYATLARI

Ibroximjon Toxirov Umidjonovich
Andijon Mashinasozlik instituti talabasi

ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada, Konstitutsiyaning yoshlar hayotidagi o'rni va qanchaluk darajada kerakli ekanligi haqida so'z boradi.
Kalit so`zlar: yoshlar, bob, sport, kasb-hunar, sessiya

KIRISH
Barcha tengdoshlarim qatori mening hayotimda ham Konstitutsiyaning òrni katta. Bilim olish sport bilan shuģullanish, kasb-hunar òrganish, ishlash, dam olish va davolanish, chet ellerga chiqish imkoniyatiga egaman. Mustaqil Òzbekiston farzandi sifatida orzularimga yetishish yòlidagi barcha eshiklar men uchun ochiq ekanligini bilaman va bundan ģururlanaman. Maqsadim Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek, barkamol avlodning biri bòlib yetishish, el-yurt ravnaqi uchun sidqidildan xizmat qilish. Òz oldiga ulkan maqsadlar qòygan va ertangi kuniga ishonchi mustahkam yoshlar – yurtimiz kelajagi. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, navqiron avlod kamoloti yòlidagi ģamxòrliklar Bosh qomusimizda belgilangan huquq va kafolatlarning amaldagi ifodasidir.
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi. Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga yaqqol ishoradir.

Albatta yangilangan Konstitutsiyamiz yoshlar uchun yangi imkonyatlarni eshigini ochdi desak mubolag`a bo`lmaydi. Konstitutsiyada yoshlar uchun alohida bandlar va moddalar qo`shildi. Bu esa Yangi O`zbekiston yoshlarini yanada olg`a qadam bosishga chorlaydi. Masalan yangi Konstitutsiyamizning 33-moddasiga qaraydigan bo`lsak:


33-modda. Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Bu modda yoshlarimizning har joyda, harqanday tadbirlarda va boshqa joylarda o`z fikrlarini emin erkin, so`zlashga boshqalarga yetkazib berishga xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasining prezidenti Sh.Mirziyoyev BMT ning 72-sessiyasida so`zlagan nutqida “Sayyoramizning ertangi kun, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo`lib kamolga yetishi bilan bog`liq. Bizning asosiy vazifamiz-Yoshlarning o`z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat’’ deb takidlagan edi.
Ta`kidlash joizki, Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati ham aynan yoshlar masalasi bilan bog`liq bo`lgan edi.
Farzandlarimiz Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida maydonga chiqayotgan bugungi kunda Konstitutsiyamizda yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlash maqsadida yoshlar sohasidagi davlat siyosati, o‘g‘il-qizlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi, ularning huquq va burchlari konstitutsiyaviy darajada o‘z aksini topishi kerak”.
Bu fikrlar – xalqimizning amri va xohish-istaklariga, tez sur’atga ega demokratik o‘zgarishlar ehtiyojlariga asoslangan holda, O‘zbekiston Prezidenti konstitutsiyaviy islohotlarning boshidayoq belgilab bergan ayni sohadagi o‘zgarishlarning 9 ta ustuvor yo‘nalishidan biriga taalluqli.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat tomonidan yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtiroki rag‘batlantirilishi kafolatlab qo‘yildi. Konstitutsiyamizning 79-moddasi birinchi bandida qayd etilganidek: “Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi”.
Bosh qomusimizda, shuningdek, davlat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllanishiga g‘amxo‘rlik qilishi belgilandi. Bu haqda Konstitutsiyaning 78-moddasi to‘rtinchi bandida shunday deyilgan: “Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”
Bundan tashqari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 53-moddasi birinchi bandida: “Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi”, deb ta’kidlangan. Zero, intellektual salohiyatini yuqori, dunyoqarashi keng, mustaqil fikrlaydigan avlodni voyaga yetkazish va tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir.
Òzbekiston Respublikasining "Ta'lim tògrisida"gi Qonuni va Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi asosida barcha ta'lim maskanlari zamonaviy tarzda qayta barpo etilib, jahon talablari darajasida jihozlandi. Yoshlarimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan keng kòlamli ishlar òzining yuksak samaralarini bermoqda. Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy ta'lim tarbiya olishi, keyinchalik òzi tanlagan kasb bòyicha ishini davom ettirishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Biz yoshlarning haq-huquq va erkinliklari kafolatlab qòyilgan Konstitutsiyamizni òqish uning har bir moddasini òrganish, mazmunmohiyatini tushunish hayotimizda juda muhim òrin tutishini yaxshi bilamiz. Konstitutsiyamizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, oila qurish, yashash joyiga ega boʻlish hamda oʻz iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun sharoit yaratilishi huquqiy ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda yurtimizda aholining oltmish foizidan ortigʻini tashkil etayotgan navqiron avlod uchun davlat tomonidan keng qamrovli tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bòlsam, biz yoshlarni bilim olishimiz, qiziqishimizga qarab kasb-hunar egallashimiz, malakali mutaxassis bòlib voyaga yetishimizda, bizni kuchli, bilimli, dono va baxtli bòlib yashashimizni ta'minlashda Konstitutsiya asosiy hujjat bòlib xizmat qilmoqda.
References
1. Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. www.lex.uz
Download 15.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling