Mavzu: Adabiyot darslarida didaktik o’yinlardan foydalanish


Download 7.63 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi7.63 Kb.
#1511529
Bog'liq
zarnigor mustaqil ish 2 (2)


Mavzu: Adabiyot darslarida didaktik o’yinlardan foydalanish
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida «O‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish» bugungi kundagi asosiy masalalardan biri, deb ko‘rsatilgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz». Shunday ekan, turli fanlar, jumladan, o‘zbek tili fanidan zamon talabiga javob beradigan darslar o‘tkazish, ularda axborot texnologiyalarini qo‘llash dolzarb vazifadir.
Taraqqiy etib borayotgan axborotlar oqimi jamiyatida ijtimoiy rivojlanishning asosini an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intellektual faoliyati, mustaqil ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog‘liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatining turli sohalarida kompyuter texnologiyalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi 
Inson tafakkuri shu Qadar taraqqiy etib bormoqdaki, texnikalashtirish, kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki madaniyat va ta’lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish, uni yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi.
Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-mayda e’lon qilingan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnolo-giyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonida umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallash va ulardan faol foydalanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini tadbiq etish axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishning eng muhim va birinchi navbatdagi vazifalaridan deb ko‘rsatilgan.
Ta’lim sohasini texnikalashtirish, ko‘rgazmalilik tamoyiliga amal qilgan holda dars o‘tish uchun bundan bir necha yil avval, o‘qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanish ommaviy tus olgan paytda asos solingan edi. Ushbu yo‘nalishda turli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, o‘qitishning audiovizual vositalari o‘rganilgan, o‘zbek tilidan dasturlashtirilgan topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan, test asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun maxsus qurilmalaridan foydalanish tavsiya etilgan, dasturiy boshqariladigan o‘quv mikro-EHMning tuzilishi va ishlash tamoyillari o‘rganilgan.
Bugungi kunda xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ta’lim tizimida axborot texnologiyalari, kompyuter vositalaridan foydalanish muammosining o‘rganilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda, ta’limiy-elektron materiallar tayyorlash borasida muayyan ishlar boshlab yuborilgan.
Internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar va respublikamizda mavjud axborot texnologiyalarining mahsullarini tahlil qilishdan aniqlanishicha, xorijiy ta’lim tizimida, shuningdek, O‘zbekistondagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona Politexnika instituti, Andijon Davlat tillar instituti, Jizzax Davlat pedagogika instituti va ko‘plab akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida muayyan mashg‘ulotlar to‘la kompyuterlashtirilgan yoki ularda axborot texnologiyalaridan qisman foydalanilmoqda, fanlar bo‘yicha elektron darsliklar yaratilmoqda va bu yo‘nalishda ma’lum yutuqlarga erishilmoqda.
Download 7.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling