Mavzu: Adabiyot fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari Reja


Ma’lumki, adabiyot-turmushning, ijtimoiy


Download 157.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi157.74 Kb.
#1512927
1   2   3
Bog'liq
1-maruza-19

Ma’lumki, adabiyot-turmushning, ijtimoiy 
voqelikning inoikosidir.
Turmush haqiqatlari, hayot voqealari inson nutqida ham, ilmiy adabiyotda 
ham aks etadi. Ammo badiiy adabiyotning alohida belgisi borki, bu uni sanoatga 
aylantiradi. Adabiyotning bu xususiyati uning obrazliligidir. Chunki, badiiy
adabiyot voqelikni obrazlar vositasida aks ettiradi. 
Yozuvchi o‘z asarlarid ahayotni aks ettirar ekan, undan oddiygina nusxa 
ko‘chirmaydi, balki uni til vositasida badiiylashtiradi, hamakter va manzaralar 
yaratadi. Kitobxonlarning estetik ideallari, did va zavqlarini shakllantirishda 
adabiyotning roli kattadir. Badiiy asar insonni oayajonga soladi. Insonning 
maonaviy idrokini kengaytiradi, go‘zallik to‘g‘risidagi tasavvurini tarbiyalaydi. 
Ayniqsa, yosh avlodni vatanparvar, xalqparvar, mehnatsevar, rostgo‘y, halol inson 
qilib etishtirishda adabiyot fani muhim ahamiyatga egadir. Bu vazifani maktab, 
uning adabiyot o‘qituvchisi bajaradi. 
O‘quvchilarga ta’lim berishdan maqsad ular ongiga fan asoslarini puxta 
singdirish orqali, ularni ijtimoiy hayotdagi har bir hodisaga ongli yondoshuvni 
tarbiyalashdir. Shu sababli o‘qituvchining darsga tayyorlanayotganida hal etilishi 
zarur bo‘lgan pedagogik masalalarni oldindan aniq belgilab olishi muhim vazifa 
hisoblanadi. 
Adabiyotni o‘quv fani sifatida o‘rganish asarni tahlil qilish, unda ijodkor 
qo‘ygan adabiy, falsafiy, axloqiy masalalarni aniqlash orqali amalga oshiriladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga asar qismlarining o‘zaro bog‘liqligini tushunib 
olishlariga ko‘maklashadi. 
Adabiyot fani didaktik jihatdan isbotlangan adabiyotshunoslik fanining 
asosiy bo‘lagidan iborat bo‘lib, uchta qismdan tashkil topadi: Badiiy adabiyot, 
adabiyot nazariyasi va tarixi, o‘zbek tili. 
O‘quvchida badiiy adabiyotga, sanoatga to‘g‘ri munosabat uning nazariy, 
tarixiy va estetik asosini o‘rganish jarayonida o‘sib boradi. Adabiyot nazariyasi va 
tarixi esa, asarni o‘qish, o‘rganish bilan o‘zlashtiriladi. V-IX sinflarda nazariyadan 
dastlabki, X-XI sinflarda esa to‘liq tushuncha beriladi.
Bu darsga qo‘yilgan talablardan biri o‘quvchida so‘zga qiziqishni 
tarbiyalashdir. Adabiyot darsi orqali so‘z maonosi, bir va ko‘p maonoli so‘zlar, 
tilning lug‘at boyligi, leksikasi, frazeologik birikmalarni o‘rganib boradi. 
Adabiyot fani o‘z tadqiqot metodiga ega. Har bir yangi metod, usul yoki 
dastur oldindan biror o‘quv maskanida sinovdan o‘tkaziladi. Biror ijodkorning 
maktabda o‘rganiladigan ko‘pgina asarlari yoki o‘qitishdagi biror problema tadqiq 
etish usuli bilan aniqlanadi. Ta’limning bu tekshirish usulida ijobiy tomonlari 
aniqlanadi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga tadbiq etiladi. Bu usulni eksperiment usuli 
deyish mumkin. 


Metodika fani o‘quvchilarni gumanizm ruhida tarbiyalaydi. Tarbiya bilan 
shug‘ullangani tufayli pedagogiq fanlar qatorida turadi. 
ADABIYOT O‘QITISH BOSQIChLARI, UNING MOHIYATI VA 
VAZIFALARI
 
Maktabda o‘qitiladigan adabiyot didaktik jihatdan isbotlangan 
adabiyotshunoslik fanining asosiy bo‘lagidan iborat bo‘lib, u uch qismdan tashkil 
topadi: badiiy adabiyot, adabiyot nazariyasi va tarixi, o‘zbek tili. 
Adabiyot fani V-IX va X-XI sinflar bosqichiga (kollej, licey sinflari) 
bo‘linadi. 
V-IX sinflarda kitobxonlik shaklida, yuqori sinflarga tayyorlash tarzida; X-
XI sinflarda esa tarixiy izchillikda o‘rganiladi. 
Adabiyot darslarida axloqiy, estetik tarbiya amalga oshiriladi. O‘quvchilar 
nazariy tushunchalar – mavzu, mazmun, qurilish, yozuvchining ijodiy uslubi, adabiy 
janr, g‘oya, Shuningdek, adabiy oqimlar, adabiy tanqidchilik kabi tushunchalar 
haqida bilim oladilar. 
Adabiyot darslarida estetik tarbiya muhim masalalardan hisoblanadi: bola 
ulg‘aygan sari uning go‘zallik haqidagi tasavvuri ham o‘zgarib boradi. O‘quvchilar 
inson ideali tushunchasiga asta-seqin yondashib boradilar. 
V-IX sinflarda o‘quvchilarning go‘zallik haqidagi tushunchalari uning bir 
tomoninigina anglab etish bilan chegaralanadi. 
Yuqori sinflarda esa o‘quvchilarning estetik zavqi o‘zgaradi. Shuning uchun 
ularning go‘zallik haqidagi estetik qarashlarini tarbiyalashda Oybek, A.Qahhor, 
Uyg‘un, G‘.G‘ulom, Navoiy, Muqimiy, Furqat kabi shoir va yozuvchilarning 
asarlari birinchi o‘rinda turadi.
Adabiyotshunoslik, ayniqsa uning nazariyasi va tarixi bo‘limlari metodika 
bilan bevosita bog‘lanadi. 
Badiiy obrazning tiniqligi problemasi adabiyot metodikasi uchun katta 
ahamiyatga egadir. Tipik qahramon ijtimoiy muhitning, tarixiy sharoitning o‘ziga 
xos xususiyatini, shu muhit va sharoitdagi insonga xos hamakterni qanchalik aks 
ettirganligini o‘quvchilarga tushuntirib berish zarur. Bu masala adabiyot darslarida 
asosiy o‘rinni egallaydi. 
Tilshunoslik ham adabiyot o‘qitish metodikasi uchun katta ahamiyatga 
egadir. 
Adabiyot – so‘z san’ati. Til – badiiy asarning jonli to‘qimasi, yozuvchining 
asosiy qurolidir. Yozuvchi asar g‘oyasini ochish va obrazlarini gavdalantirish uchun 
tildan foydalanadi. Bu jaboada til va uslub masalasi ham o‘quvchining diqqat 
marqazida turishi zarur. Uslub yozuvchi ijodining g‘oyaviy-tematik, janr, 
qompoziciya va til xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Nutqiy uslub (yozuvchi tili) 
Muammo savoli

Download 157.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling