Mavzu: Adabiyot fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari Reja


Badiiy obrazning tipikligi muammosini  izohlang


Download 157.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi157.74 Kb.
#1512927
1   2   3
Bog'liq
1-maruza-19

 Badiiy obrazning tipikligi muammosini 
izohlang 


leksika, frazeologiya, morfologiya, sintaksis va ularning badiiy funksiyasini o‘z 
ichiga oladi. 
 
 
Ta’lim metodi – bu o‘quvchilarning bilim va malakalarini o‘stirish, ularda 
dunyoqarashni o‘zgartirish, o‘zlashtirish qobiliyatini rivojlantirish, o‘qituvchi 
qo‘llaydigan usullardir. 
Ta’lim jarayoni ikkitomonlama hamakterga ega: o‘qituvchi o‘qitadi, 
o‘quvchi o‘qiydi va tushunadi. 
O‘qituvchining maqsadi ta’lim berish orqali o‘quvchini tarbiyalash, unda 
axloqiy tushunchalarni rivojlantirishdir. 
O‘quvchilarning vazifasi esa bilimlarni egallashdan iborat.
Ta’lim jarayoni uch uzviy birlikdan iborat bo‘ladi: 
1. O‘quv predmeti yoki ta’lim mazmuni. 
2. O‘qituvchi faoliyati- o‘qitish .
3. O‘quvchi faoliyati- o‘qishdan iborat. 
O‘qituvchi o‘z darsida og‘zaki bayon qilish, suhbat, mustaqil ishlash 
metodilaridan foydalaniladi. 
O‘qituvchi programmasi materiallarini o‘tishda darsning mazmuniga, 
o‘quvchilarni bilim saviyasiga, o‘zlashtirish qobiliyatiga, o‘quv qurollarining 
mavjudligiga qarab usullar tanlaydi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, metod bilan usul 
bir-biridan farq qiladi. Metod dars o‘tishning umumiy tartib-qoidalarini o‘rgatsa, 
usul bir soatlik dars davomida o‘qituvchi qo‘llaydigan yo‘llardan iborat bo‘ladi. 
Masalan, ko‘rgazmalilik usuli, mustaqil ish bajarish usuli, ifodali o‘qish usuli, 
savol-javob usuli, munozara usuli, yozma ish bajarish usuli kabi Bu usullarni 
qo‘llashda o‘qituvchi quyidagilarni hisobga oladi: 
1. Yangi mavzuni o‘tishga ajratilgan soatni belgilash. 
2. Yangi mavzuni o‘zlashtirishga yordam beradigan materiallarni 
aniqlash. 
3. Darsda qo‘llash zarur bo‘lgan ko‘rgazmali qurollari.( jadval, hamita, 
rasm, radio)ni tayyorlash. 
4. O‘quvchilarning boshqa fanlardan olgan bilimlariga suyanish. 
Tarixiylik adabiyot o‘qitishda asosiy shart hisoblanadi. Darsda tarixiy 
shaxslar (yozuvchilar ham) faoliyatiga baho berishda ularni tarixda tutgan o‘rni 
yoritiladi. Chunki asarda tasvir etilgan voqelik maolum bir davrdagi hayotda ro‘y 
bergan ijtimoiy hodisalar bilan bog‘lik bo‘ladi. Bu fikr ayniqsa o‘zbek mumtoz 
adabiyoti namunalarini o‘tishda, hozirgi o‘zbek adabiyotining 30-40 yillardagi
namunalarini o‘tishda yaqqol ko‘rinadi. Deylik, Muqimiyning «Tanobchilar», 
«Sayyohatnoma» asarlarini, «Dodxoxim» satirasini o‘tishda XIX asrning ikkinchi 
yarmida hukm surgan ijtmoiy hayot bilan tanishtirish, ana shu hayot vakillari 
Muammo savoli
O`quvchilarning anglash faoliyati qanday 
rivojlantiriladi? 


sifatida Sultonali xo‘ja bilan Hakimjonlarning er o‘lchash bahonasi bilan xalqqa 
o‘tkazgan zulmlari, yulg‘ichligiyu, yuzsizligi, taomagirligi tushuntiriladi. 
Nodira ijodi o‘tilganda Amir Umarxonning Qo‘qon xonligi taxtiga minishi, 
Andijonda yashagan Raxmonqulning qizi Nodiraga uylanishi uqtirilgach
shoiraninig o‘sha davr badiiy ijodchiligiga hissa qo‘shganligi taokidlanadi va 
sheorlaridan namunalar o‘rganiladi. 
Shuningdek, boshqa asarlarni o‘tishda ham ana shunday tarixiylikka eotibor 
berish zarur bo‘ladi. 
Shu bilan birga o‘qituvchi o‘z darsini to‘g‘ri tashkil eta bilishi – 
sistemalashtirishi lozim. Buning uchun yangi materiallarini ilgari o‘tilgan material 
bilan bog‘lash, ilmiy maolumotlardan axborot berishni tartibga solish joizdir. 
Maktab dasturida o‘quvchilar bilimini sistemalashtirishga katta ahamiyat 
beriladi. Har bir sinfda o‘tilgan darslarni yil oxirida takrorlash vaqtida 
umumlashtiriladi. IX sinfda esa besh yil ichida o‘tilgan nazariy maolumotni 
takrorlanadi va sitemalashtiriladi. X-XI sinfdagi mashg‘ulotlar tarixiy izchilikda olib 
boriladi va yil oxirida takrorlanadi. Adabiyotning ijtimoiy roli, adabiy harakat, 
yozuvchining qanday oqimga mansubligi izohlanadi. X-XI sinflardagi materiallarni 
o‘tishda tasavvuf ilmidan ham maolumot berish mumkin. Chunki, o‘sha davrlarda 
din chuqur ildiz otgan bo‘lib, klassik ijodkorlar undan ayri emas edi. Dunyoviy 
hayotni, sevgi-muhabbatni kuylagan, din aqidalaridan chetga chiqqanlargina sobiq 
«Sho‘ro xukumati» davrida ajratib olib o‘rgatilar edi. Tasavvufning noyob shaxslari 
bo‘lgan, A.Yassaviy, Imom Buxoriy, A.Farg‘oniy, Mashrab, Rabg‘o‘ziy singarilar
o‘rganilmas edi. Mustaqillik tufayli biz ana shunday bobokalonlarimizni 
tanimoqdamiz.
Tasavvuf ta’limoti haqida munozara uyushtirish. 
Savol: Nima uchun «Sho‘ro xukumati» tasavvuf g‘oyasini qoralagan? Unga 
siz qanday qaraysiz? 
1-talaba: Tasavvuf atamasining maonosi dinga berilish, unga moslashish, 
eotiqod qilish edi. Tarixiy o‘tmishda musulmon xalqi unga itoat qilgan. Rus xalqi 
bilan birlashuvdan keyin bu g‘oya qoralandi. Chunki ruslar dinga ishonmas edi. 
2-talaba: Tasavvuf Sharq musulmonlarining muqaddas kitobi «Quroon»ga
asoslangan bo‘lib, bu g‘oyada insonni to‘g‘ri, xalol, poq, insofli bo‘lishga 
chaqiriladi. Lekin o‘tmishda bu g‘oyani qo‘llashda baozi xatoliklar ham bo‘lgan. 
Masalan: ayol-qizlarga past nazar bilan qarash, din qoidalarini xukmronlar 
foydasiga berib yuborish. «Sho‘ro siyosati» ana shu xatolarni ko‘rib, bu g‘oyani 
qoralagan. 
3-o‘quvchi: Tasavvuf – diniy g‘oya bo‘lib, uning ijobiy tomonlari kam edi. 
Shuning uchun qoralangan. 
4-o‘quvchi: Sovet propogandasi tasavvufni umuman tushunmas edi. 
Shuning uchun ko‘r-ko‘rona qoralay bergan. 
5-o‘quvchi: Mustaqillik bizga A.Yassaviy, I.Buxoriy, N.Rabg‘o‘ziy, 
B.Mashrab kabilar ijodini o‘rganishga imkon berdi. 
O‘qituvchi: Xozir tasavvuf shoirlar bormi?
Talaba: chet ellarda bor. 


Ana shunday munozaradan keyin xozirgi paytda o‘tmishdagi diniy shoirlar 
ijodining o‘ziga xos tomonlari aniqlanadi. 
Muammo xal etilib, tarixiy o‘tmishdagi bobolarimiz qoldirgan boy adabiy 
merosdan foydalanishimiz zarurligi taokidlanadi. 
Tasavvuf diniy g‘oya bo‘lsa-da, kishilarni rostgo‘y, xalol, vijdonli, insof-
diyonatli, himmatli, muruvvatli va olijanoblikka chaqirganligi uqtiriladi. 
Adabiyot o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarning anglash faoliyatini 
boshqarishning samarali yo‘llarini aniqlashdan iborat. 
O‘quvchilarni vatanparvarlik, mehnatga ongli munosabatda bo‘lish, 
tariximizga hurmat bilan qarash, ona tili va adabiyotni sevish, xalqlar do‘stligi va 
birdamligi ruhida tarbiyalash ham adabiyot o‘qituvchisining vazifasi hisoblanadi. 

Download 157.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling