Mavzu; Adabiyotning adabiy –estetik tabiati Mundarija Kirish I bob. Badiiy adabiyotning adabiy-estetik tabiati haqida
Download 62.36 Kb.
|
Adabiyotning adabiy –estetik tabiati
Abdulla Qodiriy va Otabek. Yozuvchi hayotning qaysi sohalarini jonlantirmasin, uni xuddi o ‘zi ko‘rganday, o ‘zi boshidan o ‘tkazganday ishonarli va ta’sirchan qilib tasvirlaydi. Shunga asoslangan ko‘pgina sodda kitobxonlar asar qahramonini avtorga nisbat beradilar. Ularning tushunchasiga
ko‘ra, «Bolalik»dagi Musa — Oybek, «Sudxo‘ming oMimi»dagi Qori Ishkamba — Sadriddin Ayniy, «PoMat qanday toblandi?»dagi Pavel Korchagin — Nikolay Ostrovskiy... Chunki bu asarlardagi qahramonlar shunchalik aniq hissiyotlarga, kechinmalarga, hayotiy tajribalarga egaki, avtorlar bulami bevosita o ‘z boshlaridan kechirmaganlarida, bunchalik konkret va go‘zal qilib yozmagan bo Mar edilar... Bunday tushuncha tamoman noto‘g‘ridir. Badiiy ijodning qonuniyatlarini tushunmaslik oqibatidir. Avtomi asardagi qahramon (garchi bu qahramon-yozuvchi avtobiografiyasi asosida yaratilgan boMsa ham) baravarlashtirish, tenglashtirish yozuvchi haqida, uning turmushi to‘g‘risida, dunyoqarashi va shaxsiyati borasida ko'pgina anglashilmovchiliklar, noto‘g‘ri xulosalar, tushunmasdan ayblashlarni, unga nisbatan noo‘rin, isboti yo‘q, g‘arazli subyektiv fikrlarni yuzaga keltirishi mumkin. F.M.Dostoyevskiy «OMik xonadondan xotiralar» («Zapiski iz Mertvogo doma») asarini o ‘z xotinini oMdirgan jinoyatchi, to‘qima asosida yaratilgan shaxs nomidan yozgan. 0 ‘n besh yildan keyin uni chorizm siyosiy jinoyatchi sifatida surgan qilganligiga qaramay, ko‘pchilik kishilar Dostoyevskiy o ‘z xotinini oMdirgani uchun surgun qilingan deb o ‘ylaganlar va tasdiqlaganlar. S.Ayniyning «Sudxo'rning oMimi» asarida o'taketgan xasis obrazi yaratilgan. Lekin hozirga qadar xasislikni S.Ayniyga nisbat beruvchilarni, S.Ayniyning yashash tarzidan, mehmon kutishidan, bozor qilishidan xasislik alomatlarini topib hikoya qiluvchilarni ko‘plab uchratish mumkin. Holbuki, yozuvchi jinoyatchini, xasisni tasvirlarekan, albatta, o ‘zi jinoyatchi, xasis boMishi shart emas. U yaratayotgan o ‘sha jinoyatchining, o ‘sha xasisning qiyofasiga kirib, ularning hayotida boMishi mumkin boMgan hamma holatlarni tiriltirish qudratiga ega. Chunki, har birimizda bo’lganidek, yozuvchida ham hamma insoniy xususiyatlarning kurtagi mavjud. Ikkinchidan, har qanday badiiy asar umumlashma xarakterda bo‘lar ekan, uning asosida hech vaqt bir shaxs (avtor)ning konkret hayoti, konkret avtobiografiyasi yotmaydi, undan badiiy haqiqat tug‘ilmaydi. Shuning uchun ham N.A.Ostrovskiy yoshlar tashkilotining rahbarlaridan biri Andreyevga yuborgan xatida yozadi: «Sen tushunasan, Seryoja, mening barcha qarshiliklarimga, o ‘nlab xat va maqolalarimga qaramay, baribir «Po‘lat qanday toblandi?» kitobi-mening hayotimning tarixi, boshidan oxirigacha xuddi hujjat tarzida sharhlanayapti. Uni roman sifatida emas, balki hujjat sifatida tan olyaptilar. Bu bilan Pavel Korchagin hayotini menga tirkayaptilar. Bunga qarshi men biron narsa qilolmayman. Men asarni yozgan paytimda bunday deb o ‘ylamagan edim. Meni faqat bitta orzu yetaklagan-bizning yoshlarimiz ibrat oluvchi obrazni yaratib berish orzusi. Albatta, bu obrazga men o ‘z hayotimdan ham ozgina qo‘shganman». Ko‘rinayaptiki, N.A.Ostrovskiy avtobiografik xarakterdagi ijod bilan san’atning farqini tushuntirishga harakat qilgan. Avtor obrazi ikkinchi bor reallashganda o ‘zida tanlashni, umumlashtirishni jamlashini to‘g‘ri tushunadi, chunki avtobiografik faktlardan kuchsiz nusxa yuzaga keladi, u san’at asari bo'lishi uchun qayta ishlanishi, ijodiy fantaziya bilan boyishi, umumlashtirilishi zarur. Ayni paytda tasvirlanayotgan xotira va kechinmalarni o ‘z shaxsidan ajratishi, ulami obyektivlashtirishi lozim. U haqiqatan o'z boshidan kechirgan voqealar, xotiralami jonlantirganda ham, o ‘zini bu xotiralar orqali jonlanuvchi voqealarning ishtirokchisi sifatida emas, balki xolis guvohi sifatida tutishi kerak. 0 ‘zining shaxsini emas, umumlashtirilgan, ko‘pchilikka xos bo'lgan xususiyat, fazilat, kechinmalarni berishi va kitobxonda bu-avtor turmushining hujjati degan tasawumi uyg‘otmaslikka intilishi kerak. Demak, asarda tasvirlangan qahramon bilan hayotdagi avtor — inson o ‘rtasida katta farq bor. Garchi, «Bolalik»dagi Musa, « 0 ‘tmishdan ertaklar»dagi Abdulla, «Po‘lat qanday toblandi?» asaridagi Pavel Korchagin obrazlari asosida Oybek, Qahhor, Ostrovskiylaming ma’lum darajada avtobiografiyalari yotsa ham, ularda ijodkoming shaxsiyati, muhri bosilgan bo‘lsa ham (busiz mumkin emasligini yuqorida tahlil etgan edik), ularni Oybek — inson, A.Qahhor — inson, N .Ostrovskiy — inson bilan aralashtirib va baravarlashtirib yubormaslik kerak... Badiiy ijodning ana shu xususiyatlarini to‘liq anglamagan yoki e ’tibor bermagan ba’zi tanqidchilar ijodida «Ba’zan qahramon nuqtai nazari, pozitsiyasidan» avtomi izlash, uni avtor nuqtai nazari, hayot haqidagi konsepsiyasi tarzida baholashga intilish ham uchrab turadi. Jumladan, professor B.Imomov «Badiiy tafakkur usuli» maqolasida A.Qodiriyning « 0 ‘tkan kunlar» romanidagi avtor pozitsiyasini nazarda tutib shunday deydi: «Ayrim tadqiqotchilar Otabek o'limi sababini «dalibsiz yoqlashga intiladi. Menimcha, yozuvchi ijodidagi bu xususiyatni uning dunyoqarashi va pozitsiyasidagi noaniq ziddiyatli xususiyatlar bilan izohlash to‘g ‘ri bo‘lsa kerak... Bu yerda shunisi noaniq va ishonchsizki, ruhiy iztirob va tushkunliklardan tinkasi qurigan yoki kuch va quwati qolmagan Otabekni qanday g‘oyaviy maslak, ideal, e ’tiqod ruslarga qarshi jangga olib keldi. Bunday noaniq pozitsiyadan kitobxonda tug‘iladigan hayronlik hissi roman xotimasidagi: «Otabek ruslar bilan to'qnashuvda birinchi safdagilar qatorida bo‘ldi va «qahramonona urushib shahid bo‘ldi» deyishda yanada oshadi... Menimcha, buni (Otabek qismatining so ‘nggi daqiqasini — 0 ‘. N.) 0 ‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shib olinishi masalasiga nisbatan yozuvchi tutgan pozitsiyasining aniq emasligi, dunyoqarashi ziddiyatliligi, voqealarni marksistik tushunish darajasiga yetmaganligi bilan izohlamoq darkor. Romanda 0 ‘rta Osiyoni qo‘shib olish uchun boshlagan harbiy harakatga nisbatan yozuvchi munosabati xira va noaniq qoladi. Otabekning o ‘sha davr uchun progressiv tarixiy hodisaga qarshi jangga qirishini qoralash o ‘rniga bu borada A.Qodiriyning loqayd qolishi, hatto unga mayl bilan qarashi yozuvchi pozitsiyasi ancha xato ekanini yana bir bor isbotlaydi...» Shu tarzdagi muhokamasini davom ettirib professor 0 ‘.Nosirov yozadi: «A.Qodiriyning « 0 ‘tkan kunlar» romanida tasvir obyektiga nisbatan avtor pozitsiyasi «noaniq, hattoki xato edi» degan fikrni Otabek o ‘limi bilan bog‘liq momentdan izlash, shungagina tayanib qolish tadqiqotchini tor ramkaga solib, chegaralab qo‘yishi o ‘z-o ‘zidan ma’lum. Otabekning so‘nggi qismati haqidagi xabar Yusufbek hojining tanishi tomonidan yozilgan maktubda xabar qilingan. T o‘g‘ri, maktub bir vosita. Uni o ‘zgartirish ham mumkin edi. Ammo maktub shu o ‘rinda tarixiy fakt — ishontirish vositasi sifatida qaraladi. Buning ustiga, avtor Otabekning ruslarga qarshi kurashini yoqlash yo yoqlamasligini, shu orqali ruslarga munosabatini belgilashda Otabek qaysi ruslarga qarshi kurashadi degan savolga javob topishga to‘g‘ri keladi». Otabek obrazining ichki rivoji chor askarlari bilan to‘qnashuvda fojiaga - «qahramonona urishib shahid» bo‘lishga olib keldi. Uning taqdirining bunday xotimalanishi avtorning xohishi, istagi asosida emas, balki o ‘sha davr ijtimoiy hayotining rivojidan va qahramon iroda yo‘nalishi mantiqidan kelib chiqayotganligidadir. Buni to ‘g‘ri tushunish uchun Otabek obrazidagi asosiy narsani — uning «g‘oyaviy maslagi, ideali, e ’tiqodi»ni — ijtimoiy pozitsiyasini to‘g‘ri tushunmoq lozim. Otabek rus idoralaridagi tartibni yoqlasa-da, qirg‘in urushlarning oqibatidan azoblansa-da, lekin u o ‘z davrining bosh haqiqatini anglab yetmaganmidi? To'g‘ri, u o ‘z yurti hayoti, xo'jaligi, siyosatida ilg‘or va odilona tartiblar boMishini, xonlik va beklik lavozimlarida insofli hokimlar bo‘lishini orzu va tashviq qiladi. Oiladagi eskirgan illat va taomillardan voz kechishni, muhabbatda er va ayol bir-birining ta’biga mos bo‘lishi kerakligini yoqlaydi. Shu yo‘lda ba’zi harakatlarni qiladi, ayniqsa tuzum illatlari uning shaxsi bilan to‘qnash kelganda («Musulmonqul», «Dushanba kuni kechasi» boblari) mardlik ham ko'rsatadi. U davming asosiy haqiqatini Rossiyaning bosqinchiligini anglaydi, lekin, oqibatini to‘liq bilmasdi. «Adolatsiz muhitning zarbali turtkilarini yeya berib esankiragan, o ‘jar, qahri qattiq voqealikning shiddatli quyuniga duchor bo‘lgan Otabekning shaxsiy baxti uzil-kesil chilparchin bo‘ladi, umidsizlikka tushadi, uning «pokiza qalbi»ni ezgu tuyg‘ular bilan toMdirgan Kumushning vafotidan keyingi hayot esa yigit uchun ma’nosiz tuyuladi va u rus qo‘shinlariga qarshi urushda ishtirok etib, halok boiadi» (H. Yoqubov). Download 62.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling