Mavzu: adabiyotshunoslikning tarixi fanining maqsad va vazifalari


Download 38.16 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi38.16 Kb.
#143220
Bog'liq
1-2-ma'ruza.


1-2-MA’RUZA.
MAVZU: ADABIYOTSHUNOSLIKNING TARIXI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI.

REJA:
1. Adabiyotshunoslik ilmining mohiyati va uning gumanitar fanlar tizimidagi o‘rni.

2. Adabiyotshunoslik ilmiy tizim sifatida.

3. Adabiyotshunoslik tarixini o‘rganishda davrlashtirish tamoyillariga suyanish.

4.“Adabiyotshunoslik tarixi” fanining maqsad va vazifalarini belgilashda aniq fanlarning so‘nggi yutuqlarini ham inobatga olish.

Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot to'g'risidagi fandir. «Adabiyotshunoslik» atamasi «adabiyot» hamda «shinostan» so'zlaridan tarkib topgan bo'lib, «adabiyotni o'rganmoq, o'rgatmoq» ma’nolarini anglatadi.

Umuman, «adabiyot» so'zi arabcha «adab» so'zidan olingan bo'lib, ilk bosqichlarda ushbu so'z yaxshi xulq, yaxshi tarbiya, yurish-turish ma’nosida qo'llanilgan. X11 asrdan bu so'z poeziya, uni o'rganuvchi grammatika, ritorika kabilarni anglatgan. XIX asr oxirlariga kelibgina ushbu atama san’atning bir sohasi bo'lgan badiiy adabiyotni anglatadigan bo'lib qoldi.

Darhaqiqat, adabiyotshunoslik fani badiiy adabiyotni, uning mohiyatini, kelib chiqishi va ijtimoiy aloqalarini o'rganuvchi fandir.

Adabiyotshunoslik - badiiy so'z san’atining o'ziga xos xususiyatlari, badiiy ijodning zamini, tuzilishni o'rganuvchi fandir.

Adabiyotshunoslik fani tarixiy-adabiy jarayonning ma’lum davr yoki joyga xos bo'lgan hamda umumiy qonuniyatlari to'g'risidagi fandir.

Adabiyotshunoslik o'z ichiga badiiy so'z san’atining barcha sohalarini qamrab oladi. Adabiyotshunoslik talabalarga badiiy adabiyot to'g'risidagi dastlabki ma’lumotlar berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Mazkur kursda adabiyot nazariyasining qoidalari bilan tanishtiriladi. Bundan maqsad, talabalarda badiiy adabiyotni tushunish, uni ilmiy o'rganish va baholay olish malakasini orttirishdir.

Adabiyotshunoslik atamasi 1842 yilda Olmoniyada paydo bo'ldi. Atama keyinchalik Rossiyaga o'tgan (literaturovedenie).

Adabiyotshunoslikning ob’yekti - muayyan tarixiy Sharoit bilan bog'liq ravishda olinadigan adabiy mahsulot va uning yaratilish jarayonidir. Adabiyotshunoslikning predmeti - badiiy adabiyotdir.



Adabiy jarayon adabiyotning rivojlanish yo'lidir. Adabiyotshunoslik adabiyotni o'rganar ekan, mumtoz yozuvchi va shoirlar ijodi, ularning adabiyot haqidagi fikrlariga asoslanadi. Adabiyotshunoslikka kirish umuman badiiy adabiyot to'g'risidagi dastlabki va umumiy ma’lumotlarni beradi.

Adabiyotshunoslikka kirish adabiyot nazariyasidan soddaroqdir.

O'zbek tilida «adabiyot» atamasi XX asr boshlarida paydo bo'ldi. Oldinlari badiiy adabiyotni anglatadigan yagona atama bo'lmagan. Uning o'rniga «nazm, so'z, sanoi nafisa, abyot, nasr, she’r, musannifot» kabi so'zlar ishlatilgan. Jumladan, Alisher Navoiy ham adabiyotga nisbatan «so'z» degan. SHunday qilib, she’riy va nasriy badiiy so'zni birlashtirib «adabiyot» deb atash odat tusiga kirmagan edi.

Birinchi marotaba Abdulla Avloniy 1909 yilda «Adabiyot. Milliy she’rlardan birinchi juz’» nomli kitob bostirib chiqardi. SHu kitobdagina «adabiyot» so'zi hozirgi ma’noda ishlatiladi. SHundan keyin «Qizil bayroq» gazetasining 1922 yil 14 va 16 mart sonlarida A.Sa’diyning « O'zbek adabiyoti to'g'risida o'qiladigan dokladning asoslari» nomli maqolasi bosiladi. 1926 yilda S.Ayniyning «Namunai adabiyoti tojik», Fitratning «O'zbek adabiyoti namunalari» (1926) darslik- majmualari, shu yili «Adabiy parchalar» nomli to'plam nashr etiladi. Mana shular a d a b i yo t atamasining qaror topganligini ko'rsatdi. Lekin bu ham osonlikcha bo'lgan emas. O'zbek tiliga kirib qolgan barcha arabcha-forscha so'zlarni chiqarib, ularning o'rniga yasama so'zlarni qo'yish talabi bilan chiqqan puristlar bu atamaning qaror topishiga qarshilik qilganlar. Elbek «adabiyot» so'zini «yozg'ichlar» so'zi bilan almashtirmoqchi bo'ladi. A.Qodiriy, Oltoy, Botu, Oybek va boshqalarning asarlaridan tuzilgan to'plamni Elbek «Go'zal yozg'ichlar» deb nomlagan.

Adabiyotshunoslik fanini anglatadigan atama o'rniga «ilmi qofiya, ilmi bayon, ilmi aruz, ilmi maoniy» atamalari va shularni o' z ichiga olgan «ilmi adab» atamalari ishlatilgan.

Adabiyot so'zi arabcha bo'lib, odob so'zidan olingan.»A d a b i yo t» atamasi keng ma’noda umuman yozma adabiyot, yozilgan narsalar, bosilgan kitoblarni anglatadi. Tor ma’noda esa badiiy so'zni, san’at turlaridan biri, so'z san’ati bo'lgan badiiy adabiyotni anglatadi.

Aslida XIX asrlargacha hozirgi ma’noda adabiyot bo'lmagan. Oldingi alabiyot namunalari ko'pincha ijro, deklamatsiya uchun va musiqaga mo'ljallab yozilgan bo'lib, ijro san’atiga mansub edi. Gegelp uchun ham adabiy asarlarning ijro uchun yozilishi tabiiy bo'lgan. XIX asrga kelibgina ijro etishga ehtiyoj bo'lmagan, ya’ni o'qish uchun adabiyot yaratildi. Badiiy asarlarni «poeziya» atamasi bilan yuritish sababi esa, oldinlari nasrning san’at hisoblanmaganligidir. CHunki oldinlari badiiy adabiyot to'la ma’noda badiiy so'zni qayta ishlash san’ati hisoblanardi.

Qadimgi adabiyotda so'z san’ati unsurlari mifologiya, din, fan kurtaklari bilan aralash, uyg'un edi, unda turli amaliy maslahat va ahloqiy o'gitlar berilardi. «Adabiyot» atamasining «odob» ma’nosi ham shundandir. Biroq qadimgi adabiyotning sinkretik (aralash) xarakteri uning estetik qimmatini yo'qqa chiqarmaydi. O'rta asrlarda adabiyot normativlik, badiiy vositalarning turg'unligi bilan ajralib turardi. U davr adabiyotida san’atkor Shaxsi hali juda kuchsiz namoyon bo'lardi. Bu narsa u davr san’atidagi monumentallik (asoslilik, chuqur mazmunlilik)ni keltirib chiqaradi, lirikani esa falsafiy va aforistik qiladi.

Hozirgi ma’nodagi adabiyotning paydo bo'lishiga texnika taraqqiyoti va kitob bosishning kelib chiqishi sabab bo'ldi. Natijada so'z san’ati bo'lgan adabiyot mustaqil san’atga aylandi. SHuning oqibatida nazmning o'ziga xos alohida qonunlari emirilib, so'z san’ati xalq tiliga yaqinlashdi. Shundan keyingina adabiyot to'g'risidagi fan ham, nazariy tushunchalar ham o'zgardi. Oldia.ngi nazariyachilar adabiyotga so'z san’ati sifatida qarab, uning Shakliy tomonlari (nutq, kompozitsiya, uslub va janr kabi) ga asosiy e’tiborni berganlar. Yangi adabiyotning paydo bo'lishi bilan badiiy adabiyotning mazmuniga e’tibor kuchaydi, mavzu, g'oya, xarakter, metod kabilarga katta e’tibor beriladigan bo'ldi.

Adabiyotshunoslik fani tilshunoslik, tarix, estetika, psixologiya va boshqa fanlar bilan aloqada bo'ladi. Masalan, adabiyotshunoslik so'z bilan ifodalanadi, so'zni esa tilshunoslik o'rganadi. SHuningdek, tuyuq janri haqida gapirilsa, u omonimik qofiyada bo'ladi. Omonim so'zlar qoidasini esa tilshunoslikdan topishimiz mumkin.

Adabiyotshunoslik tarix fani bilan ham bog'liq. Adabiyotshunoslik adabiy jarayonga, uning asarlariga baho beradi. SHunda tarix bilan bog'liq holda tahlil qiladi.

Estetika bu barcha san’atlarning nazariyasidir. Bu rassomlik, haykaltaroshlik va kino san’atidir. Adabiyot ilmi o'z qoidalarini yaratishda estetikaga suyanadi. Bu unga obraz yaratishda kerak bo'ladi.

Adabiyotshunoslik tibbiyot bilan ham aloqada bo'ladi. Masalan, adabiy asarlarda, jumladan, A.Qahhorning «DahShat» hikoyasida Unsinning o'limi, «Ming bir jon»da Masturaning kasalliklari. Bunday hollarda yozuvchi, albatta, kasallikni tasvirlash uchun avvalo, kasallik sirlarini o'rganadi.

Psixologiya fani esa odamlarning xarakterini bilish, ularning ruhiy holatlarini tasvirlash uchun zarur.

Adabiyotshunoslikning quyidagi tarkibiy qismlari mavjud:



  1. Adabiyot tarixi.

  2. Adabiyot nazariyasi.

  3. Adabiy tanqid.

1. A d a b i yo t t a r i x i - badiiy adabiyot tarqqiyotini, yozuvchilarning hayoti va ijodini, alohida asarlarni o'rganadi. SHu bilan birga, adabiyot tarixi ijodiy metodlarning paydo bo'lishi va taqdirini, har bir davr adabiyotining o'Sha zamon bilan bog'liq xususiyatlarini ham o'rganadi, adabiyot faktlarini sistemalashtirib, umumlashtiradi. Adabiyot tarqqiyotida har bir asar har bir yozuvchining o'rnini belgilab beradi. Adabiyot tarixi alohida asarlarning tarixi va taqdirini ham o'rganadi. Masalan, «O'tkan kunlar» romanining tarixi bor. Bu roman 20-yillarda qoralangan so'zoshi bilan chiqqan. So'ngra to'liq kitob bo'lib chiqdi. 50-yillarda va undan keyin sekin-asta oqlandi.

O'zbek adabiyoti tarixi bundan ikki yarim, uch ming yil oldin paydo bo'ldi. «Avesto»ning ham kirib kelishi, kitob bo'lishiga 2700-2800 yil bo'ldi. 3000 yillik adabiyotimiz tarixining bo'limlari:



  1. O'zbek mumtoz adabiyoti (eng qadimgi davrdan XIX asr o'rtalarigacha).

  2. XX asr o'zbek adabiyoti (90-yillargacha)

  3. Istiqlol davri adabiyoti (hozirgi kunlargacha).

Adabiyot tarixi har bir xalq adabiyoti taraqqiyotining o'Sha xalq tarixi bilan bog'liq xususiyatlarini ochadi, uni boshqa xalqlar bilan solishtiradi, o'zaro aloqalarni qayd etadi, har bir xalq adabiyotining umuminsoniy madaniyat xazinasiga qo'shgan hissasini belgilaydi.

Adabiyot tarixi badiiy adabiyotni tarixiy taraqqiyot jarayonida o'rganadi. Adabiyot tarixi adabiy hodisalar yig'indisidir, ya’ni badiiy asarlar, adabiyotning mohiyati, vazifasi va turlari haqidagi fikrlardan iborat. Turli joylarda bir davrda bir xil g'oya va janrlarning tug'ilishi tabiiydir.

G'arb adabiyotining quyidagi bosqichlari mavjuddir:


  1. Qadimgi (antik).

  2. Qadimdan o'rta asrga o'tish (ellinizm).

  3. O'rta asrdan yangi zamonga o'tish ( renessans).

  4. Yangidan eng yangiga o'tish.

Bularning har biri daho asarlar bilan nishonlangan.

Adabiyot tarixi deganda barcha xalqlarining adabiyot tarixi tushuniladi. Qirg'iz adabiyoti tarixi, ingliz, xitoy, arab, rus, olmon va hokazo. Ingliz adabiyoti tarixi deganda qaerda ingliz xalqi yaShasa, o'Sha er adabiyoti tushuniladi. Markaziy Osiyo xalqlari adabiyoti bor. Bunda o'zbek, qirg'iz, qozoq, tojik adabiyotlari jamuljam. Yana turkiy xalqlar adabiyoti ham bor. Bunga Sibirdan Markaziy Osiyogacha bo'lgan adabiyotlar kiradi. G'arbiy Ovrupo va hokazo adabiyoti bor. Umumjahon xalqlari adabiyoti tarixi ham bor.

Markaziy Osiyoda dastlab adabiyot tarixi tazkiralar tarzida yuzaga kelgan. Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Navoiyning «Majolis un- nafois» asarlarida adiblar to'g'risida biografik va bibliografik ma’lumotlar, asarlaridan ayrim namunalar keltiriladi.

Adabiyot tarixi faqat buyuk siymolarnigina o'rganib qolmasdan, adabiy jarayonda ishtirok etgan barcha ijodkorlar merosini ham o'rganadi. CHunki buyuk cho'qqilarning paydo bo'lishida buyuklik darajasiga ko'tarilmasdan qolgan ijodkorlarning ham roli beqiyosdir.

Adabiy oqimlar, maktablar, adabiy tashkilotlar ham adabiyot tarixining predmetidir.

Adabiyot tarixi (istoriya literaturpl) atamasi 1659 yilda Frantsiyada paydo bo'ldi. XIX asrda adabiyot tarixi falsafa, ritorika, publitsistika, istoriografiya va adabiy tanqid tushunchalarini qamrab olgan.

Adabiyot tarixiga quyidagilar kiradi: konkret adabiy asar, yozuvchi ijodi, oqim, adabiy bosqich, adabiy muassasalar, milliy adabiyot.

2. A d a b i yo t n a z a r i ya s i - badiiy adabiyotning qonun-qoidalari, hayotni badiiy aks ettirish hamda adabiyot taraqqiyotining qonuniyatlari to'g'risidagi fandir. Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning jamiyat taraqqiyotida o'ynagan roli, tur va janrlari, badiiy tasvir vositalarini o'rgatadi. Bu fan badiiy adabiyotning xususiyatlarini, ijtimoiy tabiati, vazifasi, borliqqa munosabati masalalari xususida ma’lumot beradi. Ijodiy metodlar, uslublar, an’ana va mahorat masalalari, Shakl va mundarija, romantizm, realizm masalalari adabiyot nazariyasi fanining diqqat markazida turadi. Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning taraqqiyoti qonuniyatlarini, janrlarning xususiyatlari, badiiy til, uslub, she’r tuzilishi, syujet va kompozitsiya masalalari, tipiklashtirish kabilar bilan bog'liq holda o'rganadi. Bu jihatdan adabiyot nazariyasi umuman san’at qonuniyatlarini o'z ichiga olgan estetika fanigayaqin turadi.

Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil qilish va baholash me’yorlarini belgilab beradi. Adabiyot nazariyasi ommaning badiiy adabiyotni tushunishi va shu yo'l bilan kishilar didini o'stirishga xizmat qiladi.

Xo' sh, shunday ekan, adabiyot nazariyasi materialni qaerdan oladi?

Adabiyot nazarayasi o'z xulosalarini chiqarar ekan, avvalo:



  • konkret badiiy asarlarga, adabiy jarayonga, adabiyot tarixi materiali va ana shu badiiy adabiyotning taraqqiyot jarayoniga suyanadi;

  • o'tmish va hozirning badiiy asarlar, yozuvchilar va adabiyot to'g'risidagi fikrlariga suyanadi;

  • insoniyat badiiy dahosining eng nodir namunalariga suyanadi, eng mukammal taraqqiy etgan adabiyotlarning tajribasiga asoslanadi. Bu bilan birga adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning barcha namunalari, barcha xalqlar adabiyotlari yutuqlari tajribasini ham umumlashtirib, o'z qoidalarini boyitadi.

Adabiyot tarixi adabiyotning taraqqiyot yo'llarini o'rgansa, adabiyot nazariyasi adabiyotning taraqqiyot qonuniyatlarini o'rganadi. Adabiyot tarixi Alisher Navoiy qachon yaShagan, degan savolga javob bersa, adabiyot nazariyasi Navoiy nima uchun XU asrda yaShaganligiga javob beradi. Adabiyot nazariyasi adabiy asarning xususiyatini, ichki tuzilishini o'rganadi. Ichki mazmunni adabiyot tarixi o'rganadi. Adabiyot nazariyasi soatsoz soatni qanday qilib buzib, tuzatsa, nazariya ham badiiy asarni o'Shanday tekshiradi. Fitratnikidan mukammalroq «Adabiyot nazariyasi» darsligini 1940 yilda I.Sulton yozgan. O'zbekistonda adabiyot nazariyasi fan sifatida 1925-1926 yillarda paydo bo'ldi. U jahon mutafakkirlarining adabiyot nazariyasi haqidagi bilimlaridan paydo bo'ldi. Jumladan, Arastu «Poetika» asarini yozdi. Unda tragediya nima, lirika nima, degan saollarga javob berdi. Gegelp «Estetika» (4 tomlik) asarini, XIX asrda V.Belinskiy «Poeziyaning xil va turlarga bo'linishi» haqida yozdi. Bunda u adabiyotni tur va janrlarga ajratadi.

Sharq adabiyotida nazariy fikrlar asosan X asrlardan boshlab yozilgan. Forobiy «SHe’r san’ati», Beruniy «Osor ul-boqiya» va «Hindiston» asarlarida adabiyot haqida juda ko'p ma’lumotlar berilgan. Masalan, hindlarning she’r tuzilishi haqida ma’lumot beriladi. Alisher Navoiy «Mezon ul-avzon», Bobur «Muxtasar» kabi asarlarida adabiyot nazariyasining ba’zi bir masalalari (aruz, she’rshunoslik) yoritiladi. XX asrgacha, ya’ni Gegelgacha adabiyot nazariyasini o'z ichiga olgan asar yozilmagan edi.



3. A d a b i y t a n q i d - shu kungi adabiy jarayonni tahlil qiladi, paydo bo'layotgan badiiy asarlarni o'rganib, ularning adabiy jarayondagi o'rni va rolini, g'oyaviy-estetik qimmatini belgilaydi, kitobxonlarning ana shu asarlarini tushunish va baholashiga yordam beradi, shu bilan badiiy adabiyot taraqqiyotiga, yozuvchilarning g'oyaviy-badiiy takomiliga ko'maklaShadi. Adabiy tanqid yozuvchining o'zi tushunib etmagan tomonlarni kashf etadi.

Kitobxonning saviyasi millat va jamiyatning aqliy va ma’naviy darajasi, adabiyot ilmi, adabiy tanqidning rivojlanganlik daraja-siga bog'liq. Adabiyotshunos

S.Meli ta’kidlaganidek, munaqqid qanchalik bilimdon va mulohazali bo'lsa, badiiy jihatdan bo'sh asar haqida o'z saviyasi darajasida fikr ayta olmaydi. Buyuk ijodgina zabardast, ulkan tanqidchilikni vujudga keltiradi va adabiyotni hurmat qilgan tanqidchi bo'sh asar haqida ijobiy fikr aytishdan o'zini saqlaydi. Bo'sh asar adabiyotni abgor, tanqidchini xor qiladi.

«Sadoi Turkiston» gazetasining 1914 yil 19 noyabrdagi 48-sonida qo'qonlik Ahlullo Haybullo o'g'lining «Tanqid» sarlavhali maqolasi bosiladi. SHunda «tanqid» atamasi birinchi marotaba ishlatilgan va unga quyidagicha ta’rif berilgan: «Tanqid demak, bir musannifning yozub maydoni intishora qo'yg'on kitobinda kelushmag'on iboralarni matbuot vositasi ila yozub ko'rsatmoq demakdur».

«Sadoi Turkiston»ning 1914 yilgi 49-sonida Ashurali Zohiriy: «YOzuvchi o'z nuqsinining qayda ekonini bilib, taqmillamoqg'a harakat qilur, yana yozar, yaxshi tuzolub, shundog' zotlar ichidan barmoq bila turtub ko'rsaturg'a arziydurg'on adiblar chiqodur», - deydi.

«Sadoi Turkiston»ning 1915 yil 1 apreldagi 65-sonida buxorolik Zuhuriddin Fathiddinzodaning «Tanqid va taassuf» maqolasi e’lon qilindi. Muhammad Salimbek Rahimbek o'g'li qori Rahmatullo Vozehning «Tuhfat ul-ahbob» tazkirasini nashr ettiradi. Z.Fathiddinzoda yuqoridagi maqolasida ana shu nashrda yo'l qo'yilgan tekstologik xatolarni ko'rsatib o'tadi.

Demak, adabiy tanqidning vazifasi yangi paydo bo'lgan va mavjud asarlarning go'zalligi hamda kamchiliklarini topishdan iboratdir. Bu ishni oldin yaratilgan asarlarga nisbatan ham qo'llash mumkin. O'tmish asarlarining yangi qirrasini ochish ham tanqiddir.

Adabiy tanqid adabiyotimizda yangi paydo bo'layotgan adabiy asarlarni o'rganadi. Hali tatib ko'rilmagan, tesha tegmagan asarlarni o'rganadi, uning qimmatini belgilaydi, ya’ni baholaydi. Birinchidan, adabiy asarni baholab, uning ilmiy qimmatini belgilaydi. Ikkinchidan, adabiy tanqid kitobxonga asarni tushuntiradi. Shuning ikkalasi adabiy tanqidning vazifasidir. Bir asar haqida bir necha tanqidchi yozadi. Asarning qimmatini tanqidchining asosiy fikri aniqlab beradi.

Adabiy tanqid degani bu asarni tahlil qilish demakdir. Har qanday asarning ham kamchiliklari bo'ladi. Servantesning 1605-1606 yillarda yozgan «Don Kixot» asarini XIX asrda V.Belinskiy ochib beradi. Adabiy tanqid adabiy asarlarni baholab, shu baho va fikrlarni adabiyot tarixiga uzatadi. Ayrim hollarda adabiy tanqid o'z davrida to'g'ri baho berilmagan o'tmishdagi asarlarga ham murojaat qilishi mumkin.

Tanqidchi - yozuvchi, nazariyotchi olim. Agar tanqidchi nazariyotchi bo'lmasa, asar haqida o'z fikrlarini aniq ayta olmaydi. Tanqidchi asarga taqriz, maqola yozadi. Tanqidchi yozuvchi singari ishontira oladigan, chiroyli yoza oladigan bo'lishi kerak.

Adabiyotshunoslardan O.Sharafiddinov, M.Qo'shjonov, U.Normatov,

S.Mamajonov, R.Qo'chqor va boshqalar adabiy tanqidchilar sifatida faoliyat ko'rsatiShadi.

Tanqidchi ikki xil bo'ladi:

1 .Professional tanqidchi.



  1. YOzuvchi tanqidchi.

Professional tanqidchi bu adabiyotshunos tanqidchi. Ular adabiy asar yozmaydilar, lekin yozuvchini chuqurroq tahlil qiladi. YOzuvchilar tanqidi bosh bo'ladi. Professional tanqidchilar asar yozishi Shart emas.

Ta’kidlanganlardan ko'rinib turibdiki, adabiyotshunoslikning vazifasi go'zallik va kamchiliklari ochilib, baholangan asarlarni o'rganish bo'lsa, tanqid hali ma’lum bo'lmagan go'zallikni ochishdir. Go'zallikning rivojlanishida, harakat va boyishida o'rganishdir. SHuning uchun V.Belinskiy tanqidni «harakatdagi estetika» deb ataydi. Adabiyotshunoslik adabiy tanqidga ergaShadi, uning yutuq va kamchiliklaridan foydalanadi. Adabiyot tarixi tanqid tugagan joydan boshlanadi. Adabiyotshunoslik tanqid tomonidan ochilgan go'zallik va kamchiliklarni har tomonlama yoritadi. Adabiyot tarixi bilan tanqid bir-biri bilan bog'liq bo'lib, bir-birisiz mavjud bo'lmaydi. Tanqid o'z izlanish va kashfiyotlarida adabiyot tarixiga suyanadi, adabiyot tarixi esa tanqiddan o'ziga yangi-yangi material, ozuqa oladi, go'zallik to'g'risidagi yangi tasavvurlarni oladi. SHu bilan birga, adabiyot tarixi adabiy tanqidning kamchiliklarini tuzatib, to'ldirib, adabiy tanqid kashf etgan go'zallikni tasdiqlaydi. Har bir yangi asarni mavjud o'lchovlar bilan o'lchab bo'lmaydi. Asardan yangicha go'zallik izlash tanqidning ishi, asarga go'zallik haqidagi mavjud tushunchalar nuqtai nazaridan qarash - adabiyot tarixining ishi.

Xullas, tanqidchi bo'lmoq - go'zallikni his qilmoq, go'zallik kashf eta olmoq va ana shu go'zallikni ilmiy asoslay olmoq va uning uchun kuraSha bormoqdir.

Behbudiy hazratlari ta’kidlaganlaridek, «Tanqid saralamoqdur. Sarroflar aqchani, tujjorlar matoni saralaganidek, muharrirlar ham umumiy hol va maiShatga taalluqli nimarsalarni saralaydurki, boshqa so'z ila «tanqid» atalur.

Yuqoridagi tarkibiy qismlardan tashqari, ularga yaqin va bevosita bog'liq bo'lgan quyidagi sohalar ham mavjud:

Adabiyotshunoslik metodologiyasi - badiiy adabiyotni o'rganishning tamoyil va usullarini tayin etadi. Badiiy adabiyotni ilmiy-nazariy tahlil qilish, ilmiy o'rganish yo'l va usullarini o'rgatadi. Bu usul 2 ikkiga ajraladi:


  1. Adabiyotni ilmiy o'rganish metodi.

  2. Adabiyotni o'rgatish metodi.

Adabiyotga san’at sifatida yondashish kerak. Masalan, «Obid ketmon» asaridagi Obid. Adabiy asarga Shakl bilan mazmunning birligi deb qarash kerak. «Zarbulmasal»da 400 ta misol ishlatilgan.

Adabiy asar o'sha asar yaratilgan zamon bilan bog'liq holda o'rganiladi. O'tmishda yaratilgan asarlar hozirgi zamon bilan bog'liq holda o'rganilmaydi. Adabiyotga sinfiy jihatdan yondashish to'g'ri emas.

Metodologiya fanni o'rganishda umumiy qo'llanma rolini o'ynovchi nazariy tamoyillardir. Bizning adabiyotshunoslik adabiyot va san’atni o'rganishda quyidagi ilmiy-metodologik tamoyillarga amal qiladi:


  • san’atkor ijodining qimmati uning davrimizga nisbatan nimalar bera olganligi bilan emas, o'z zamonasiga nisbatan nimalar bera olganligi bilan belgilanadi;

  • san’atkor ijodining qimmati uning qaysi toifaga mansubligiga qarab emas, uning o'z asarlari bilan kimlarning manfaatlariga xizmat qilishi bilan belgilanadi.

Adabiyot metodikasi esa badiiy asarlarni o'rganish va o'rgatishning konkret metod hamda tamoyillarini belgilab beradi.

Endilikda madaniyat va san’atni bir-biriga qarshi, ikkiga ajratmasdan o'rganish kerak, uni bir butun deb qarash kerak. Adabiy jarayonni o'rganishda o'lchovimizga to'g'ri kelmaydigan hodisalarni hisobdan chetda qoldirmaslik kerak. Ikkinchidan, asarni baholashda xalqchillik asosiy mezonlardan bo'lishi, asarning bahosini uning jamiyatga ta’siri, xalq manfaatlariga qay darajada muvofiqligini hisobga olish zarur. Uchinchidan, badiiylik ustivor mezon bo'lib xizmat qilmog'i kerak. Bunda Shakl bilan mazmunni bir-biridan ajratib qo'ymaslik kerak. To'rtinchidan, san’at hodisalarini o'rganishda davr, Sharoitni hisobga olmoq juda muhim. Taraqqiyot, harakat va rivojlanish ziddiyatdan iboratligini esdan chiqarmaslik kerak. Ijodda aql bilan hissiyot uzviyligini nazarda tutmoq zarur. Beshinchidan, tasavvuf bilan bog'liq majoziy yo'nalishni esdan chiqarmaslik kerak.

Demak, metodologiyaga ko'ra adabiy asarga yaxlit badiiy mahsulot deb qaraladi. Shakl bilan mazmun ajratilmaydi. Uni yaxlit, bir butun idrok qilish kerak. Undagi har bir element muhim mazmun va ahamiyat kasb etadi. Ana shu unsur boshqa unsurlar bilan birlikda yaShaydi. Bir bo'lakda sodir etilgan o'zgarish butun asarning xarakteriga ta’sir qiladi. SHuning uchun adabiy asar bir-biriga bog'liq narsalarning haddan tashqari nozik ravishda birikishidir. Uni tahlil qilishda alohida qismlar ajratib olinadi. Biroq bunday deformatsiya (emirilish) minimum darajaga keltirilishi kerak.

F o l p k l o r sh u n o s l i k - xalq donoligidir. Folpklor atamasi ham keng, ham tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda folpklor og'zaki adabiyotdan tashqari xalq og'zaki musiqasi, tibbiy fikrlarni, urf-odatlarni ham o'z ichiga oladi. Tor ma’noda esa, og'zaki badiiy adabiyot ma’nosini beradi.

Folpklorshunoslik - xalq og'zaki badiiy ijodini o'rganuvchi fandir. Folpklor - xalq dostonlari, qo'shiq, maqol, drama, ertak va hokazolarni bildiradi.

Folpklor bilan yozma adabiyot o'rtasida birlik bor: folpklor ham, badiiy adabiyot ham so'z san’ati bo'lib, hayotni aks ettiradi.

Yozma adabiyot folpklor materialidan foydalanadi, undan oziqlanadi, ayrim g'oya va Shakllarni oladi. Lekin yozuv adabiyoti bilan folpklor o'rtasida ham katta farq bor, bu esa quyidagilarda ko'rinadi:



  1. folpklor badiiy ijodning boshlanish davri uchun xosdir. YOzma adabiyot madaniyat tarqqiyoti, yozuvning paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, u hayotni aks ettirish uchun folpklordan ko'ra mukammalroq tamoyil va usullardan foydalanadi;

  2. folpklor jamoa ijodi mahsulidir, uning muallifi yo'q;

  3. folpklor asarlari muttasil qayta ishlanib, o'zgarib turadi.

Adabiyotshunoslik folpklor materiali va folpkloristika xulosalarini hisobga

oladi. Xususan, yozma badiiy adabiyotga folpklor asarlari ta’siri masalalarini o'rganishda adabiyotshunoslik folpkloristika va folpklor asarlariga murojaat qiladi.



Qiyosiy adabiyotshunoslik - o'nlab yillar davomida qatag'on qilindi. Bugungi kunda o'zbek va xorij adabiyoti bor. O'zbek adabiyoti xorijiy adabiyotga etib olishi uchun unga o'zini qiyoslab, undan o'rnak olishi zarur. Qiyosiy adabiyotshunoslik turli milliy adabiyotlarni bir-biriga qiyoslab o'ranadi. Umumiy qonuniyatlarni ochadi. Adabiyotshunoslikni boshqalardan ajratib o'rganishga yo'l bermaydi. Adabiyotning millati bo'lmaydi, milliy xususiyati bo'ladi.

Adabiyotni qiyoslab o'rganish XIX asrda paydo bo'ldi. Gul obrazi eron adabiyotida paydo bo'ldi. Hind adabiyotida esa bulbul obrazi yo'q, balki kakku obrazi bor.

Adabiy ta’sir adabiyot taraqqiyotiga, uning rivojiga muhim ta’sir vositasidir. Adabiy ta’sir adabiyot taqdiriga ta’sir qilmaydi.

Asos solganlar - olmon mutafakkiri I.G.Gerder, ingliz olimi Dj.Denlon (X1U). Dj.Benfeyning hind eposi «Panchatantra»ning olmoncha tarjima nashriga so'zboshisi (1859) qiyosiy adabiyotshunoslik-ning asosiy qoidasi bo'lib qoldi. Rossiyada F.I.Buslaev, A.Vese-lovskiylar qiyosiy adabiyotshunoslikning Shakllanishiga katta hissa qo'shdilar.

Qiyosiy adabiyotshunoslik bir nechta xalq va mamlakat adabiyotini bir-biriga solishtirib o'rganadi. Turli milliy adabiyotlarni bir-biriga solishtirish yo'li bilan ulardan har birining jahon madaniyati xazinasiga qo'shgan hissasini aniqlanadi.

Adabiyotlarni qiyosiy o'rganish natijasida ayrim asarlargina emas, adabiyotning bosqichlari, adabiyotlar o'rtasidagi o'xShashliklar, umumiyliklar aniqlanadi. Ayrim hollarda bunday o'xShashliklar bir-biridan butunlay bexabar adabiyotlar o'rtasida ham uchrashi mumkin. Bunday o'xShashlik tipologik aloqadorlik deyiladi. Bir-biridan o'rganib, o'zaro ta’sir natijasida paydo bo'lgan o'xShashlikka kontakt aloqa deyiladi. Har qanday adabiyot boshqalarning ta’sirisiz, o'z qobig'ida rivojlana olmaydi. Biror adabiyotni ana shunday mutlaq mustaqil qilib ko'rsatish bu mahalliychilik bo'lib, haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Biroq o'zaro ta’sir va yaqinlik u yoki bu xalq adabiyotining milliy xususiyatlarini yo'qqa chiqarmaydi. Ammo adabiy ta’sirni hal qiluvchi deb ta’riflash ham to'g'ri emas. Adabiy ta’sir yo'qni bor qilmaydi, balki milliy adabiyot taraqqiyotini tezlashtiradi. SHu bilan birga, bir adabiyotni to'laqonli va hammaga ta’sir qiladigan, boshqa adabiyot esa taqlidi deb qarash to'g'ri emas.



T a r j i m a sh u n o s l i k - badiiy adabiyotlar o'rtasida muhim ahamiyatga egadir. Tarjima bu adabiyotlar o'rtasidagi elchi, tilmoch. Tarjima tufayli yozuvchilar boshqa adabiyotlarni o'rganadi. Tarjima adabiyotlarni boyitadi. Tarjimon tarjimani tahlil qiladi, tarjimada har qanday iboralar ham tarjima qilinmaydi. Buning o'ziga xos xususiyatlari, tamoyillari bor.

Tarjima bu san’atdir, bu ijoddir. Bu asarni o'girish emas, balki boshqatdan yaratishdir.

Tarkibiy qism va boshqa sohalardan tashqari, adabiyot haqidagi fanning yordamchi sohalari ham mavjud:

Matnshunoslik - badiiy asarlarning variantlari, nusxalari va turli qo'lyozmalarini solishtirish asosida originalga yaqin bo'lgan matnni tiklaydi, xatoliklarni bartaraf qiladi, keyin kiritilgan o'rinlarni topib, originalni ulardan tozalaydi va tushib qolgan o'rinlarni to'ldiradi. Masalan, «Maxabxorat»ning matni 1919-1967 yillar davomida olib borilgan tekstologik tadqiqot natijasida tiklangan. Bu ishni mashhur hind olimi R.G.Bxandarkar boshqargan. Buning uchun 1250 ta qo'lyozma o'rganib chiqilgan. SHulardan 734 tasi tanlab, asos qilib olingan. Katta hajmda 13 ming betdan iborat tanqidiy matn nashr etilgan. Tanqidiy matn 100 ming shlok (1 shlok 2 misra), ya’ni 200 ming misraga yaqin.

Manbashunoslik - adabiyot tarixi, nazariyasi, adabiy tanqid, ayrim yozuvchilar, adabiyotshunoslikning ma’lum muammolariga oid ilmiy, tanqidiy manbalarni to'plashdir. Manbashunoslik bu manbalarni topish, qidirish, ro'yxatlarini tuzish, sistemalashdan iborat. Ilmiy ish qilishdan oldin ham manbalar to'planadi. Bunda ayrim masalalarning tarixi, fanning tarixi, jumladan, adabiyotshunoslik tarixi o'rganiladi.

Atributsiya - muallifi noma’lum manbalaming muallifini aniqlashdir. Masalan, Xomer masalasi, SHekspir masalasi, Lutfiyning «Gul va Navro'z» asari, Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni va boshqalar.

«Yusuf va Zulayho» dostoni an’ana bo'yicha Durbekniki deb kelinadi. Frantsuz olimi E.Bloshe doston Navoiyniki deydi. D.Voronskiy dostonni Ulug'bekka nisbat beradi. Afg'on olimi Juzjoniy Homidiy Balhiyga nisbat beradi. 1979 yilda M.Diyoriy dostonni YOdgorbek Jahonmulk o'g'liniki deydi. J.Lapasov XU asr shoiri «Sozlar munozarasi» asarining muallifi Ahmadiy bo'lsa kerak, - deydi.

YOki «Gul va Navro'z» dostoni Lutfiyga nisbat berilgan. Lekin tadqiqotlar doston Haydar Xorazmiy qalamiga mansubligini to'la tasdiqladi.

Bibliografiya (biblio-so'z, grafo-yozuv) - badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid adabiyotlar ro'yxatini tuzish, ularga annotatsiya, obzor yozish. Ilmiy o'rganish lozim bo'lgan manbalar ko'rsatkichi. Yangi chiqqan adabiyotlar, badiiy asarlar, maqola va materiallarni hisobga olib boradi.

Bibliografik to'plamlar, bibliografik ko'rsatkichlar, kitob yilnomalari, jurnal materiallari yilnomalari, gazeta materiallari, kutubxonalardagi kataloglar (katalog - yunoncha «qayd etish»), alfavit katalog, sistematik katalog.

Bibliografiya - kitoblarning yozilgan, ko'chirilgan, bosib chiqarilgan vaqti, joyi, ba’zan mazmuni, muallifga oid to'plamlarni ma’lumotlarini to'playdi, ularga annotatsiya yozadi.

NAZORAT SAVOLLARI:



  1. Adabiyot va adabiyotshunoslik atamalarini izohlang.

  2. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari haqida ma’lumot bering.

  3. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari.

  4. Adabiy tanqid va adabiyot nazariyasi atamalarini farqlang.

  5. Adabiyotshunoslikning predmeti, maqsad va vazifalari.

  6. Adabiyot tarixi va folpklorshunoslik atamalarini izohlang.

  7. Adabiyotshunoslik metodologiyasi va adabiyot o'qitish metodikasi o'rtasidagi farqni ko'rsating.

  8. Qiyosiy adabiyotshunoslikning vazifasi nimalardan iborat.

  9. Adabiyot va adabiyotshunoslik atamalarining tarixiy taraqqiyotini ko'rsating.

  10. Tarkibiy qism va yordamchi soha tushunchasi.

  11. Adabiyot tarixining maqsad va vazifalari.

  12. Adabiy tanqidning maqsad va vazifalari.

  13. Adabiyot nazariyasining maqsad va vazifalari.

  14. Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.

  15. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik.

  16. Adabiyot va tarix.

  17. Folpklorshunoslik - fan sifatida.

  18. Tarjimashunoslik haqida ma’lumot bering.

  19. Metodologiyaga tushunchasini izohlang.

  20. Matnshunoslik to'g'risida ma’lumot bering.

  21. Bibliografiya va atributsiya o'rtasidagi tafovutni aniqlang.

  22. Matnshunoslik va manbashunoslik o'rtasidagifarq va bog'liqliklar.

  23. Folpklorshunoslikning o'ziga xosxususiyatlari.

  24. Og'zaki vayozma adabiyot tushunchalari.

  25. Qaysi adabiy tanqidchilarning ishlari bilan tanishsiz.

  26. YOzuvchi va adabiyotshunos tanqidi qanday farqlanadi?

  27. Badiiy adabiyot va adabiyotshunoslik o'rtasida qanday bog'liqlik mavjud?

  28. Mamlakatimizdagi etuk adabiyotshunoslardan kimlarni bilasiz?

Ular haqida ma’lumot bering.

  1. Mumtoz adabiyotda adabiy-nazariy qarashlar qay yo'sinda rivojlangan?

  2. Badiiy adabiyotni davrlashtirish haqida fikringiz qanday? Bunda qaysi tamoyillarga asoslaniladi?

TAYANCH IBORALAR:

  1. Adabiyotshunoslikning predmeti. 2. Adabiyot atamasi. 3. Tarkibiy qismlari. 4. YOrdamchi sohalari. 5. Adabiyot tarixi. 6. Adabiyot nazariyasi. 7. Adabiy tanqid. 8. Adabiyot metodologiyasi. 9. Folpklor-shunoslik. 10. Qiyosiy adabiyotshunoslik. 11. Matnshunoslik. 12. Manba-shunoslik. 13. Bibliografiya. 14. Atributsiya.

ADABIY OTLAR:

  1. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent,1979.

  2. N.SHukurov va b. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1984.

  3. E.Xudoyberdiev. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1995.

/
Download 38.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling