Mavzu: Aeroportdagi yordamchi bino va inshootlar Reja: Kirish 2


Download 89.6 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2023
Hajmi89.6 Kb.
#1258883
  1   2   3   4
Bog'liq
aeroport 29


Mavzu: Aeroportdagi yordamchi bino va inshootlar
Reja:
1.Kirish
2. Aerodrom yerusti qoplamalarini tashkilash
usullari va vositalari
3. Yerga ulaydigan qurilmalar
4.Aeroport qo`shimcha inshoatlar
5.Xulosa va foyadalanilgan adabiyotlar

Zamonaviy transport vositalari murakkab ob-havo sharoitida, yilning hamma fasllarida, kechayu-kunduz aeroportda havo kemalariga, yo‘lovchilarga, yuklarga va aerodrom yo‘laklariga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p amallar bajaradigan murakkab texnik jihozlar bilan jihozlangan vositalar va mashinalar bilan ta‘minlangan.


Uchish apparatining to‘xtab turgan joyidan boshlab uchish yo‘liga chiqqunicha, va turar joyiga borib to‘xtashigacha bo‘lgan barcha ishlar hozirgi kunda aerodrom mashinalari yordamida bajarilmoqda.
Aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari fanlari havo kemasiga xizmat ko‘rsatish mashinalarini turlarini, tuzilishini va ishlash prisipi, yo‘lovchilar yuklari va pochta jo‘natmalarini tashuvchi va ularni yuklovchi mashinalar tasnifi va texnik tavsiflari va boshqa ko‘plab ma‘lumotlar mavjud bo‘lib, ushbu o‘quv qo‘llanmada ular to‘g‘risida asosiy ma‘lumotlar berilgan.
Oquv qo‘llanmaning birinchi bo‘limida aerodromlar yerusti xizmati vositalariga oid ma‘lumotlar berilgan.
Bo‘limning birinchi bobida aerodrom yerusti qoplamalarini tashxislash usullari va vositalari, aerodrom inshootlarini ta'mir ishlarining turlari, qoplamalarni ta'mir ishlari va ta'mirlash materiallari, aerodromlarning suv qochirish va drenaj tizimini tutish va ta‘mirlash ishlari, aerodrom uskunalari, oqim dastasini chetlatovchi to'siqlari, yerga ulaydigan qurilmalar, Kurs va glissad radiomayaklari tavsifi, havo issiq paytlarda aerodrom tutish, aerodromlarni bahorda ekspluatatsiya holatida tutish, aerodromlarni yoz mavsumida ekspluatatsiya holatini saqlash va boshqa ma‘lumotlar berilgan.
Bo‘limning ikkinchi bobida havo kemalariga xizmat ko‘rsatuvchi vositalarni texnik tavsiflari tasvirlangan bo‘lib, bunda havo kemasini elektr toki bilan quvvatlantiradigan qurilmalar tasnifi va ishlash printsipi. Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishda xizmat qiluvchi mashinalar tarkibiy qismlari. Havo kemasiga yoqilg‘i, moy, suv, kislorod va oziq ovqatlar bilan ta‘minlovchi vositalar. Aerovokzal va aerodrom hududidagi chiqindilardan tozalovchi ko‘p funktsiyali qurilmalar tasnifi va ishlash printsipi. Havo kemasini qo‘ndiruvchi qurilmalar. Yo‘laklardagi yoriqlarni sun‘iy to‘shamalar bilan qoplash qurilmalari. Havo kemalariga qishki mavsumda issiqlik beruvchi mashinalari, yo‘lovchilar elektrotraplari va teletraplarining texnik tavsiflari keng yoritilgan.
Bo‘limning uchinchi bobida esa aerodromlarning radiotexnik jihozlariga bo‘lgan umumiy talablar va ularni tavsiflari berilgan.
To‘rtinchi bo‘limda aerodromlarning meteorologik ta‘minoti haqida, ya‘ni meteoma‘lumot va meteokuzatish ishlari, meteojihozlarning joylashishi haqida ma‘lumotlar berilgan.
Beshinchi bobda esa aerodrom vositalari va mashinalari dvigatelining konstruksiyasi va ishlash asoslari haqida ko‘rsatmalar berilgan. Ushbu bo‘limda, dvigatellarning umumiy tuzilishi va ishlash asoslari, tizimlar va mexanizmlar, dvigatelni blok-karteri, silindrlari, porsheni, shatuni, tirsakli vali va ularning ishlash prinsiplari haqida foydali ko‘rsatmalar berilgan.
Oquv qo‘llanmaning ikkinchi bo‘limida aerodromlar yerusti mashnalariga oid ma‘lumotlar berilgan.
Bo‘limning birinchi bobida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi mashnalarning texnik tavsiflari va o‘ziga xos jihatlati haqida ma‘lumotlar berilgan bo‘lib, bularga: aeroport aerovokzalidan yo‘lovchilarni havo kemasiga olib borish va uchib kelgan havo kemasidagi yo‘lovchilarni aerovokzalga mindirib olib keluvchi transportlar ya‘ni, perron avtobuslarining texnik tasniflari; havo kemasiga xizmat ko‘rsatuvchi samo bosh oshpazlari nomini olgan oshxona xizmati avtoliftlarini boshqarish, uning ish tartibi va texnik tasniflari; havo kemasiga xizmat ko‘rsatuvchi ambulatoriya ya‘ni, havo kemasiga bemorlarni yetkazib beruvchi avtoliftlarni boshqarish va uning texnik tasniflari; aeroportda yo‘lovchilarni havo kemalariga chiqishi va tushishida bevosita xizmat qiluvchi mashinalarni ish tartibi, ish quvvati va texnik tasniflari asos bo‘ladi.

Download 89.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling