Mavzu: Aeroportdagi yordamchi bino va inshootlar Reja: Kirish 2
-rasm. TJ dagi (gruntil va qoplamali) yerga ulovchi qurilmalar
Download 89.6 Kb.
|
aeroport 29
1.2-rasm. TJ dagi (gruntil va qoplamali) yerga ulovchi qurilmalar:
a- havo kemalari va yonilg'i quyish mashinalarini gruntga va yerga ulovchigabiriktiradigan vositalar; b- qoplama ichidagi yerga ulovchi: 1- qisqich; 2- sun'iy qoplama; 3- shtir (po'lat barmoq); 4- tross (po'lat arqon); 5- yerga ulovchi elektrod. Shtir diametri 6 mm, uzunligi 20 sm bo'lgan po'lat six bo'lib, yerga yoki yerga ulovchi kallakka tiqiladi, qisqich esa havo kemasi va yonilg i tashuvchi transport korpusiga ulanadi. Havo kemasi gruntdan uzoq joylashgan bo‘lsa, maxsus ulagich ishlatiladi. U yerga ulovchi elektrod va kallakdan iboratelektrod diametri 10-12 metr bo'lgan metal quvur bo‘lib, qoplamada ochilgan teshik orqali yerga, 1-1,2 metr chuqurlikka, yer yuzasi bilan bir tekis qilib qoqiladi. Ekspluatatsiya jarayonida yerga ulovchi Elementlar toza turishiga e'tibor qaratish lozim. Ularni tuproq, loy, chang, qor, muz va boshqa begona jismlardan tozalab turish kerak. Bu zonalarni yilning turli davrlarida tutib turish talablari quyidagicha: o't qoplamasi balandligini, yangi yoqqan yoki shibbalangan qor qalinligini relef nishabligi va notekisligini cheklash. O't qoplami bilan qor qalinligi A, B va G KRM I toifa RSM da 0,5 metrdan oshmasligi, II va III toifa RMS da- 0.2 metrdan oshmasligi kerak. Nishabliklar istalgan yo'nalishda, RMS ning uchala toifasining A va B zonalarida 0,01 dan, G zonasida- 0,02 dan oshmasligi kerak. Mikrorelef notekisligi A zonada ± 15 sm dan, B zonada ± 30 sm dan, G zonada-±20 sm dan oshmasligi kerak. Toifalanmagan RMS ning KRM A va B zonalarida o't va qor qalinligi 0,5 metrdan oshmasligi kerak. Nishablik va notekisliklar qanday bo'lsa, shunday saqlanib qoladi. Toifalanmagan RMS ning, I-III toifa RMS ning V zonasida joy avtomobil va temir yo'llardan, aloqa simlaridan, o'rmon, buta va balandligi 1 metrdan ortiq boshqa har qanday narsalardan holi bo'lishi kerak. Toifalanmagan RMS ning GRM ning A zonalarida, I toifa RMS ning GRM B va A (A1) zonalarida joy tekis bo'lib, uchish maydonlariga ruxsat etilganidan ortiq bo'lmagan nishab bo'lishi kerak. O't va qor qalinligi toifalanmagan GRM A zonalarida 0,5 m dan, I toifa GRM B va A (Al) zonalarida 0,3 m dan, RMS ning II va III toifa GRM B va A (A1)-zonalarida 0,2 m dan oshmasligi kerak. A (A1) va B zonalaridagi mikrorelef ± 30 sm dan oshmasligi kerak. KRM va GRM lar ishonchli ishlashi uchun ularning atrofida havo kemalari va transport vositalari kirmaydigan bo'shliq qoldiriladi (radiomayaklar ishiga xalaqit bermasligi maqsadida). Bu zonalarning o'lchamlari maxsus ko'rsatmalarga binoan aniqlanadi. Download 89.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling