Mavzu: Aeroportdagi yordamchi bino va inshootlar Reja: Kirish 2


Aerodrom yerusti qoplamalarini tashxislash usullari va vositalari


Download 89.6 Kb.
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi89.6 Kb.
#1258883
1   2   3   4
Bog'liq
aeroport 29

Aerodrom yerusti qoplamalarini tashxislash usullari va vositalari
Hozirgi davrda aerodrom qoplamalarining yuk ko'tarish qobiliyati to'rsatkichlarini aniqlash uchun qator usullar va vositalar bor. Ular bir-biridan vazifasi, ishlash tamoyili va konstruksiyasi bilan farq qiladi. guzadigan, buzmaydigan usullar bor. Buzmaydiganlari ham ko'p: mexanik, akustik (ultratovush, akustik emissiya), titratma (rezonansli va erkin tebranishli), radiometrik (gamma-radioizotopli, rentgen nurlanishli, neytronli), radiotexnik (o'tuvchi yoki aks etuvchi radioto'lqinli), elektro (magnitli, hajmiy, elektroinduksiyali) va boshqa (issiqlik yordamida, lyuminissentli, sinuvchi muhit). Tashxisning buzilmaydigan usullari ancha samarali, kam mehnat talab qiladi, namuna olish uchun harajat va maxsus uskuna kerak emas, tashxis tezkor va to'liq bo'ladi, biroq aniqlik darajasi namunalarga qarab tashxis qo'yishga qaraganda, kamroq (10-15%). Keyingi yillarda ko'chma tashxis stansiyalari qo'llanadigan bo'ldi. Masalan, Zil-157 avtomobiliga yoM elektrokaraga o'matilgan elektron-akustik va radiometrik laboratoriyaFt-68, kommunal xo'jalik Akademiyasining ko'chma labora-toriyasi. Kapital ta'mirdan keyin qabul sinovi va aerodrom qoplamalarining ekspluatatsiyasiga texnik tayyoigarligini aniqlash uchun GPINIIGA «Aeroproyekt» ning loyihasi bo'yicha ko'chma aerodrom-sinov stansiyasi (KASS) ishlab chiqilgan. KASS-o'lchov asboblari majmuasidan iborat. Unga, jumladan, ulqtratovush va radiometrik asboblar va Zil-131 avtomobilining isitiladigan fuigonida joylashgan maxsus uskunalar kiradi. Asbob-uskunalar 5 KN-80 K akkumulyator batareyasidan tok oladi. Ba'zi asboblarni kabellar yordamida 25 m radiusli maydonga olib chiqish mumkin, tunda ishlash uchun qizil fonarlari bor, 30 m radiusni yoritib turadi. KASS aerodrom qoplamalari va asoslarining quyidagi tavsiflarini baholaydi: tabiiy va sun'iy asoslarning zichlanish darajasi; grunt asoslaming namligi va zichligi; qoplamadagi sementbetonning mustahkamligi va bir jinsliligi; himoya qatlam qalinligi, qoplamadagi armatura diametri va uning zo'riqishi; asoslarning nuqsonlari (qoplama ostidagi bo'shliqlar, bo'sh zichlangan joylar va b.); qoplamaning yuk ko'tarish qobiliyati va yeyilganlik darajasi. KASS ning maromida ishlashi uchun atrof-muhit harorati -5°C dan plyus +40°C gacha bo'lishi kerak. Tashxis qo'yishda aerodrom inshootlari ko'rsatkichlari ikkita belgi asosida belgilanadi: tashqi ko'zga ko'rinishi bilan; inshoot materiali va konstruksiyasi siaterialining sifati bilan. Birinchi holda ko'zga ko'ringan belgilar (darz, cho'kish, to'lqin, o'yiq, plita raxlarining uchishi) ning o'lchamlari asboblar bilan o'lchanib, butun yuzadagi soni sanaladi, yuza birligiga to'g'ri kelishi hisoblanadi. Ikkinchi holda buzib yoki buzmasdan inshoot materialining mustahkamlik va deformatsiyalanish xususiyatlari tashxis qilinadi. Tashxis qo'yishda qoplamaning yuk ko'tarish qobiliyatini aniqlaydigan muhim ko'rsatkich sementbetonning egilishdagi cho'zihsh mustahkamligi Rri va qoplama qalinligi h hisoblanadi. Bu ko'rsatkichlar qoplamaning ekspluatatsiya holatiga sistemali baho bcrish uchun mustahkamlik koeffiu siyenli KP ni belgilash imkonini beradi. Qoplamaning yuk ko'tarish qobiliyatini baholashda eng yaxshi usul -uni statik va ko‘p marta takrorlanadigan ko'chma yuklamalar bilan sinash hisoblanadi. Buning uchun NIAI-100, NIAI-200 sinov uskunalari yaratilgan. Ular yordamida shtampli yuklashda va samolyot tayanchlari orqali yuklama berganda egilish, nisbiy dcformatsiya, cmiruvchi yuklamalar aniqlanadi. Fransiyada bunday sinovlar uchun Lyakrua deflektografi-egilishni uzluksiz o'lchaydigan uskuna ishlatiladi. U yuk avtomobili yoki avtobus asosiga o'rnatiladi. Panjarali balka va unga qotirilgan datchiklar perfalentaga avtomatik tarzda bukilishlarni qayd etib turadi. Qoplamalarning yuk ko'tarish qobiliyatini aniqlash amaliyotida sinov-nazariy hisoblar usuii ham qo'Uaniladi. Bu holda qoplamaning mustahkamligi o'yib olingan silindr namuna bo'yicha aniqlanadi. Namuna yorib tashlashjarayonidagi siqilish va cho'zilishga sinaladi va bukilishda cho'zilish mustahkamligi hisoblab topiladi. Shu namuna bo'yicha qoplama qalinligi, elastik moduli Eu, Puasson koeffitsiyenti µva boshqalar aniqlanadi. Bu ma'lumotlarning bari keyinchalik, nazariy hisoblar yordamida qoplamaning yuk ko'tarish qobiliyatini aniqlashda ishlatiladi. Mustahkamlik ko'rsatkichlarini asboblar yordamida, qoplamani buzmasdan ham aniqlash mum kin. Buning uchun ulqtratovush defektoskoplarUKP-1M, UK-10 P, DUK-/O, radioaktiv ―gamma-zichlik o'lchagich‖ -PGP-2 va boshqalardan foydalaniladi. Sementbetonning mustahkainligini sklerometrik usul (elastik sakratish usuli) bilan aniqlash mumkin. U sementbeton yuzasi mustahkamligi bilan uning siqihshga mustahkamligi o'rtasidagi munosabat tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Buning uchun sklero-metr asbob-KM ishlatiladi. Qoplama qalinligini akustik usul bilan aniqlash mumkin. Usui zond signali qoplam&sining pastki yuzasidan qaytishi, to'g'ri ketgan va qaytgan signallarning ajralishi vaqtini aniqlashga asoslanadi. Aerodrom qoplamalarini tashxis qilishda teplovizorlarning ahamiyati katta. Teplovizor tadqiqotlar yordamida konstruktiv qatlamlar orasidagi bo'shliq-lar, darzlar, yaxlit tutashuvlar, uchmauch ulangan joy laming zichligi aniqlanadi. Teplovizor infraqizil nurlanish hodisasi asosida ishlaydi. Qoplamaning ekspluatasion holati sistemasini baholash ko'rsatkich-laridan muhimi tep-tekislik hisoblanadi. U tekislik koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi. Ko'pmcha notekislik qoplamaning ko'ndalang va bo'ylama yo‘nalishida oddiy asbob-3 m (mamlakatimizda) yoki 16 fut (4,88 m-AQShda) uzunlikdagi chiziq (reyka) yordamida o'lchanadi. Chiziq va qoplama ostidagi ruxsat etilgan tirqish, uning o'rta qismida 3 mm dan (3 m li chiziq) yoki 5 mm dan (16 futli chizma) oshmasligi kerak. Bu talablar h iarilsa, havo kemasini boshqarishda hech qanaqa qiyinchilik tug'ilmaydi. plama tekisliligini o'lchash uchun murakkab asboblar ham yaratilgan: filometr, profilograf, volnograf, tolchkomer (rofmetr); jami 50 nomli asbob bor. Eng oddiy profilometr-ikki uchiga g'ildirakcha o'rnatilgan chiziq (reyka) hisoblanadi. Uning o'rtasida uchinchi g'ildirakcha bo'lib, yuzaning o'zgarishini sezib, maxsus richag, yordamida profilini chizib beradi, qosozda hosil bo'lgan profil og'ishlarning amplitudasini ko'rsatadi. Viagraf degan asbob aniqroq ma'lumot beradi. U ham profilometr, lekin g'ildirakchalari ko'p, muvozanatlovchi yukchasi bor. Bu asbob ko'p nuqtasi bilan qoplama yuzasiga tegib turadi, shuning uchun g'ildiraklar notekislik ustidan o'tayot-ganda asosiy ramaning holati o'zgarmaydi. Soyuzdornii PKR 4 m rusumli reyka-asbob ham bor. Unda 12 ta tayanch g'ildirakcha bor, orasi 25 sm, rama uzunligi 3 m. Notekislikni qosoz tasmaga yozib oladi, yuza ustida 0.83-1,11 m/sek. tezlik bilan suriladi. Aytilgan asbob laming ish unumi kam, shuning uchun avtomobilga yoki tirkamaga o'rnatiladigan elektron asboblardan ko'proq foydalaniladi. MADI olimlari yaratgan shunday asbob qoplama profllidan tirkama g'ildiraklari yordamida nusxa olinadi. Aeroportdada yo'l va aerodrom qoplamalarining tekisligini va ilashish koeffitsiyentini aniqlash uchun avtomobilga o'rnatiladigan PKRS-2U uskunasi ishlab chiqilgan. UAZ-451 M (yoki UAZ-452 V) avtomobili, bir o'qli tirkamaasbob, unda g'ildiraklarning vertikal tebranishiga va tormoz kuchiga sezgir datchiklar, ulardan olinadigan axborotlarni qayd qiluvchi asboblar, yo'l yuzasiga suv sepib, turli sharoitda ishlash koeffitsiyentini o'lchash uchun suv baki mana shulardan iborat, PKRS-2 U. Suv quyish klapani tunukadan, disk ko'rinishda ishlangan, yer yuzasiga yaqin joylashgan. Qoplama yuzasining tekislik darajasini 8,3-11,1 m/s tezlikda harakatlanib, tasmaga yozib oladi. Fransiyada o'tkazilgan tadqiqotlar qoplamaning notekisligi va sirpanchiqligi bilan bog'liq dinamik masalalarni o'rgangan. Aniqlanishicha, notekis yuzalarda havo kemalari, ayniqsa og'irlari, qattiq tebranadi, natijada boshqarish qiyinlashadi, asboblarning ko'rsatishi yomonlashadi. Qoplama teptekisligini baholash uchun notekislik qoplama va havo kemasining holatiga ta'sirini aniqlaydigan dastur va asboblar qo'llanadi. Ekspluatasion holatni sistemali baholash ko'rsatkichlaridan biri sirpanchiqlik koeffitsiyenti-KSK hisoblanadi. U qoplamaning g'adir-budurligiga bog'liq bo'lib, xavfsiz xarakatlanish (rullash) tezligi KSK-RUL ga ham ta'sir etadi.Havo kemalari va yonilg'i tashuvchi transport vositalarida hosil bo'ladigan statik elektr zaryadlarini yo'qotish uchun havo kemalari UQM dan BY ga va BY dan UQM ga o'tish joylarida, turish joy (TJ) larida turli xildagi yerga ulaydigan qurilmalar o'rnatiladi. Qoplamalardagi bunday qurilmalar burchak profilli (NQ 10) pQ prokatdan yasaladi. Ko'ndalang choklarda (kengayuvchi chokda bo'lsa sementbeton qoplamada), BY ning asfaltbeton qoplamasining ko'nn langiga, UQM dan har 100 va 200 m oraliqda o'rnatiladi (3.19-RAS Burchak profilli prokatni metall ankerlar bilan mahkamlanadi. Ankerni bir uchi chokka qo'yib yuborilgan yog'ochga qoqiladi, ikkinchi uclv qoplamadagi teshikka tiqiladi va usti suvab tashlanadi. Asfaltbeton qoplangan burchak profilning bir qirrasirii tushirish uchun chuqurcha va arikernii) ikkala uchini qoqish uchun chuqurcha qilinadi. Ankerlarning burchak profil bilan tutashgan joyi tashqi kontur bo'yiab payvandlanadi, orasi 60-70 sm, diametri 8-10 mm. Burchak profile yotqizishdan oldin uning pastki qirrasiga, 220 mm. uzunlikda (tutashadigan profillarning har bir uchi uchun 110 mm dan) tutashtiruvchi jgut (AMG-25 rusumli, ya'ni to'qilgan mis sim, izolyatsiyasi yo'q, simning ko'ndalang kesimi 25 mm, avtomobillarni yerga ulash uchun ishlatiladi) payvandlanadi. Ankerli burchak profillar yotqizilgach, BY ning ikki tarafiga yerga ulovchi elektrod qoqiladi. U JV250 burchak profildan, uzunligi 2,5 m dan qilib kesiladi va yerga ulovchi burchak profilga payvandlanadi. TJ larida havo kemalari ko'chma moslama (qisqich, tros, shtir) yordamida yerga ulanadi (2-rasm).


Download 89.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling