Soliq siyosati yurgizishining tashkilotchisi va ijrochisi davlatdir. Davlat soliq siyosatini yurgizish uchun ijro etuvchi organlariga, ya’ni soliq qo’mitasi, moliya vazirligi va boshqa maxkamalarga ega. Davlat ushbu idoralar ishini soliq siyosati orqali muvofiqlashtirib turadi. Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat aniq ishlab chiqilgan soliq konsepsiyasiga tayanadi va bu siyosat ijrosini ta’minlashda soliq strategiyasi va soliq taktikasidan foydalanadi. - Soliq siyosati yurgizishining tashkilotchisi va ijrochisi davlatdir. Davlat soliq siyosatini yurgizish uchun ijro etuvchi organlariga, ya’ni soliq qo’mitasi, moliya vazirligi va boshqa maxkamalarga ega. Davlat ushbu idoralar ishini soliq siyosati orqali muvofiqlashtirib turadi. Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat aniq ishlab chiqilgan soliq konsepsiyasiga tayanadi va bu siyosat ijrosini ta’minlashda soliq strategiyasi va soliq taktikasidan foydalanadi.
- Soliqlar xar qanday davlat, jamiyat va fuqorolar xayotida juda katta rol o’ynaydi. Soliqlarni o’z vaqtida va to’g’ri to’lash-bozor iqtisodiyoti xukm surgan mamlakatlardagi tadbirkorlar, barcha fuqarolarning goyat muhim vazifalaridan biridir.
- Soliq va bojxona qonunlariga rioya etilishi, fuqarolarning iqtisodiy va mulkiy xuquqlarini ximoya qilish soxasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi markaziy idora bo’lgan Respublika Davlat soliq qo’mitasiga soliq tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga oid qonun loyixalarini taklif etish xuquqi berilgan.
- Xuquq-davlat tomonidan joriy etilgan, respublikaning barcha fuqorolari uchun majburiy bo’lgan qoidalar tizimidir.
- Soliq va boj xaqidagi qonunlar rivojida xam komplekslik alomatlari mavjud bo’lib, ular bir vaqtning o’zida ma’muriy moliyaviy, mexnat, fuqarolik va jinoyat qonunlarining qoidalarini o’z ichiga oladi.
- O’zbekiston qonunchiligiga asosan, quyidagilar soliq olinadigan obyektlar bo’lib hisoblanadi:
- foyda;
- mahsulot, ish, xizmatning qo’shimcha qiymati;
- huquqiy va jismoniy shaxslar mulklari;
- ma’lum toifaga kiruvchi tovarlar qiymati;
- mulkni berish (xadya, me’ros);
- ma’lum toifadagi faoliyat turlari;
- qonun biln belgilangan boshqa obyektlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |