Mavzu: Agrokimyo fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va o‘rganish usullari
Download 30.55 Kb.
|
Agrokimyo fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va o‘rganish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- A grokimyo fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va ular orasida tutgan o‘rni
- Foydalanilgan adabiyotlar
2) Laboratoriya usuli o‘simliklarni, tuproq va o‘g‘itlarni agrokimyoviy analiz qilishning biokimyoviy, mikrobiologik, fizikaviy, kimyoviy usullarini o‘z ichiga oladi. Laboratoriya usullari yordamida agrokimyoviy ob’ektlarni analiz qilish etakchi o‘rinni egallaydi.
Tajribalarning aniqligi va olingan natijalarning to‘g‘riligi haqida xulosa chiqarish, o‘g‘itlar bilan hosildorlik orasidagi bog‘liqlikni aniqlash, o‘simliklarning yutish jarayonlarini modellashtirish, oziq moddalarni tuproqda aylanishi va ularning tuproqdan hamda o‘g‘itlardan yo‘qolishini aniqlashga doir agrokimyoviy tadqiqotlarda matematik usullardan ham foydalaniladi. Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va ular orasida tutgan o‘rni Agrokimyo fani bir qator fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi va faoliyat olib boradi. Yashil o‘simliklarning oziqlanishini o‘rganish uni o‘simliklar fiziologiyasi fani bilan uzviy bog‘laydi. Agrokimyo fani nafaqat yashil o‘simliklarni oziqlanishini o‘rganibgina qolmay, balki uni ishlab chiqarish sharoitida boshqarib turadi, ya’ni qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishda agrokimyo fani tuproqning xususiyatlarini chuqur o‘rganadi va tuproqshunoslik fani bilan chambarchas aloqada bo‘ladi. Agrokimyo fani, xususan har bir agrokimyogar chorvachilik asoslarini har tomonlama mukammal bilishi kerak. Chorvachilikdan chiqadigan go‘ng va boshqa chiqindilar qishloq xo‘jalik ekinlari uchun qimmatli o‘g‘it hisoblanadi. Shuning uchun Agrokimyo fani chorvachilik sohasidagi fanlar bilan ham uzviy aloqada bo‘ladi. Bundan tashqari, Agrokimyo fani dehqonchilik, o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi fanlar entomologiya, fitopotologiya, fitotsenologiya kabilar bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Hozirgi paytda Agrokimyo fani biokimyo, genetika, selektsiya va fanning yangi sohalari - gen injeneriyasi, biotexnologiya, iqtisodiy yo‘nalishdgi bir qator fanlar, matematika va zamonaviy informatika hisoblash texnikasi kabi fanlar bilan aloqadorlikda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Agrоximiya. Pоd.red. B.P.Yagоdina. M., «Kоlоs», 1982. 2. Musaev B.S. Agrоkimyo. Tоshkent. «Sharq», 2001. 3. Smirnоv P.M., Muravin E.A. Agrоximiya. M. «Kоlоs», 1981. 4. Smirnоv P.M., Muravin E.A. Agrоximiya. Tashkent, «O’qituvchi», 1984. 5. Mineev V.G. Praktikum pо agrоximii. M. MGU, 1990. 6. Yagоdin B.A. Praktikum pо agrоximii. M. «Agrоprоmizdat», 1987. 7. Zоkirоv X.X. Agrоkimyo. Tоshkent, «Universitet», 1998. 8. Mineev V.G. Agrоximiya. M. MGU. 1990. Download 30.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling