Mavzu: Aholi daromadlari va turmush tarzini yaxshilashning ustuvor yo’nalishlari. Reja: 1


Download 36.87 Kb.
bet2/2
Sana25.10.2023
Hajmi36.87 Kb.
#1721524
1   2
Bog'liq
Mavzu Aholi daromadlari va turmush tarzini yaxshilashning ustuv

To’liq ish bilan ta’minlash–bu kasbga oid mehnat bilan ta’minlash bo’lib, ushaxsga daromad keltiradi va o’zi, hamda, oilasining munosib turmush kechirishga sharoit yaratadi.

Aholini ish bilan oqilona ta’minlash ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatiga erishishni bildiradi.

Erkin tanlangan ish bilan ta’minlash shuni nazarda tutadiki, o’zining mehnat qilishga bo’lgan qobiliyatiga (ish kuchiga) egalik qilish huquqi faqat uning egasiga, ya’ni xodimning o’ziga tegishli. Mazkur tamoyil har bir xodimning ish tanlashida to’g’ri yo’l tutishini, har qanday ma’muriy tarzda ishga jalb qilishni taqiqlashni kafolatlaydi.
Hozirgi vaqtda ish bilan band aholiga barcha yollanib ishlayotgan xodimlar, o’quvchilar, harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda o’zini o’zi mustaqil ravishda ish bilan ta’minlaydigan fuqarolar va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan fuqarolar kiritilgan. Aholining ish bilan bandlari: a) pul bilan to’lanadigan yoki natura holidagi haq evaziga yollanib, shuningdеk o’z faoliyati evaziga qancha muddat haq yoki daromad olishidan qat’i nazar, foyda yoki oilaviy daromad olish uchun yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat ish bajarganlar;
O’zbekistan islohotlar endigina boshlangan 1992 yildayoq Prezident Islom Karimov O'zbekistondagi iqtisodiy o'zgarishlar barqarorlik vaziyatida o’tishi kerakligini alohida takidlagan edi. Buning uchun ham u o’zining "O'zbekiston iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish yo’lida" (1992) nomli kitobida hukumat siyosati xususiylashtirish va raqobat vaziyatini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, Milliy valyutani mustaxkamlashga, iqtisodiy tizimda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga kuchli ijtimoiy kafolatlar beradigan huquqiy demokratik davlatni shakklantirishga qaratilgan deb uqtiradi.
Respublika doimiy aholi o`rtacha soni 2000-2017 yillarda 31,4 % oshganiga qaramay, oxirgi 17 yil davomida aholi daromadlarining muntazam o`sishi moliyaviy imkoniyatlarning mustahkamlanishini va aholi tomonidan asosiy oziqovqat mahsulotlarini iste`mol qilish hajmining oshishini ta`minladi. Jumladan, 2017 yil yakunlari bo`yicha sabzavotlar – 2770 kg, mevalar – 145,2 kg, tuxum – 215 dona, go`sht va go`sht mahsulotlari – 43,2 kg, sut va sut mahsulotlari – 270,0 l. ni, kartoshka – 55,2 kg, shakar – 31,0 kg, o`simlik yog`i – 24,0 l.ni tashkil etdi.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida aholining kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi 2017 yilda 55,7 % ni tashkil etdi. Jami kuzatilgan aholidan 48,7 foizi erkaklar va 51,3 foizi ayollarni tashkil qildi.Shuningdek , uzoq o'n olti yoshgacha bo’lgan bolalarning ulushi 25,5 foizni, o'n olti yesh va undan kattalarning ulushi 74,5 foizni tashkil etib, respublika bo’yicha mehnatga layoqatli aholining ulushi jami aholiga nisbatan 58,8 foizni tashkil qildi.

O'tgan davr mobainida aholi jon boshiga to'g'ri keladi daromadning ish o'sishi kuzatildi va 2017 yilda 2000 yildagi ko’rsatkich bilan taqqoslaganda ular 13,2 barobar ko’paydi. Shu davr o'rtacha ish haqi va pensiyalar 24,3 va 18,6 martda ortdi.O'znavbatida,daromadlar tarkibida mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlarning ulush va 68,5% ni (2010 yilda 71,6%), transfertlar kurinishida olingan. Daromadlarning ulushi 25,2% ni (2010 yilda - 24,3%) tashkil qildi.Mulkchilikdan olingan daromadlarning ulushi 4,1% ni (2010 yilda - 2,3%),o'ziste'mol uchun o'z hizmatlaridan olingan daromadlarning ulushi 2,2% ni(2010 yilda 1,8%) tashkil etdi.
Umuman,mamlakatimizda keyingi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish suratlari oshib borib,aholi turmush darajasi oshib bormoda. Bu bo'yicha ayrim ko'rsatkichlarining o’zgarib borishi quyidagi jadvalda keltirilgan

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “O‘zbekiston: jamoatchilik fikri — 2020” mavzusida kompleks sotsiologik tadqiqot o‘tkazdi. Unda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi haqida fuqarolarning fikri o‘rganildi, o‘zbekistonliklarning ijtimoiy kayfiyati hamda davlat va jamiyat hayotining asosiy sohalarida erishilgan natijalardan aholining qoniqish darajasi aniqlandi.
So‘rov jarayonida 62,9 foiz so‘rov ishtirokchilari 2020-yildagi murakkab sanitar-epidemiologik sharoitlarga qaramasdan yangi ish o‘rinlari yaratish, bandlikni ta’minlash muammolarini hal qilish va fuqarolarning real daromadlarini oshirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rilganini qayd etgan.
Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, jamoatchilik fikrida aholining dolzarb muammolarini hal qilish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatiga ijobiy baholar ustuvorlik qiladi. Masalan, mamlakatning 62,3 foiz aholisi ularning ishini “yaxshi” deb baholagan, so‘ralganlardan uchdan bir qismining hisoblashicha, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini “qoniqarli” deb baholash mumkin.

Xulosa shuni ko’rsatadiki,inqirozli vaziyat va cheklov choralari sharoitida aholining past darajada daromad oladigan qatlamlari asosiy iste’mol tovarlar narxlari o’zgarishiga kuchliroq ta’sirchan bo’ladi.past daromad oladigan aholining asosiy qismi iqtisodiyotining norasmiy sektorida faoliyat yuritishini hisobga oladigan bo’lsak iqtisodiy faollikning pasayishi birinchi navbatda ularning daromadlariga ta’sir ko’rsatadi.Shu sababli yashash qiymati maslasi joriy vaziyatda muhim ahamiyat kasb etadi va past darajada daromad olayotgan aholi farovonligini oshirish uchun samarali chora tadbirlar ishlab chiqishni toqozo etadi.
Uzoq muddatga mo’jallangan chora – tadbirlar :
-Davlat va xalqaro moliyaviy institular mablag’lari hisobiga oliy o’quv yurtlarida kam ta’minlanganlar uchun kvota joylarini ajratish orqali “ijtimoiy ko’tarilish”institutini yaratish;
-Aholini maqbul uy-joy va jamoat transporti bilan ta’minlash;
-Zamonaviy ta’limni moliyalashtirishni kengaytirish va zamonaviy axborot texnalogiyalari injenerlik biotibbiyot va boshqa shu kabi zamonaviy mutaxassisliklarga yo’naltirish;
-Kam taminlangan oilalar uchun maktab –gimnaziyalar sonini ko’paytirish va bolalarni sifatli o’rta ta’lim bilan ta’minlash
Foydanilgan adabiyotlar va internet sahifalari:
1.Karimov I.A 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish,modernizaatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish –ustuvor vazifamizdir.//Xalq so’zi.2015 yil 17 yanvar.
2.https://www.iqtisod.uz
3.https://stat.uz/uploads/docs/tur-dar-17uz1.pdf
4.https://ijtimoiyfikr.uz
5. https://cbu.uz/upload/iblock/926/Turmush_darazhasi_va_inflyatsiya.pdf
Download 36.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling