Mavzu: Aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash
Ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirish tizimi
Download 202.5 Kb.
|
6.Aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash
1.2.Ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirish tizimi
Asosiy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajalari aholining turmush darajasi orqali ifodalanadi, bu tushuncha ozida kishining ham moddiy, ham manaviy jihatdan qoniqishi tushuniladi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning asosiy ajralmas qismi bu istemol hajmi harakatini baholash va ilmiy texnik taraqqiyotining ornini aniqlashdir. Istemolning osishini tahlil qilish aholi turmush darajasini belgilovchi asosiy omillardan biri bolib hisoblanadi. Aholi istemoli tarkibidan kelib chiqib, ularga tasir korsatuvchi omillarni aniqlash, omillar va istemolning ozaro tasiri sabab-oqibatlarini aniqlash, hozirgacha bolgan davr mobaynida istemol tarkibining ozgarishi sabablarini tahlil qilish, prognoz qilinadigan asosiy korsatkichlarni aniqlashda mamlakatning ijtimoiy rivojlanishi va aholi turmush darajasida katta orin egallaydi. Bu sohani prognozlashtirishning asosiy vazifasi avvalo kelajakda aholi istemolini aniqlash va ularni qondirish imkoniyatlarini izlashdan iborat. Masalan: yuqori sifatli va turli xil oziq-ovqat mahsulotlari, xizmatlar, uy-joylar va boshqalar. Qulay sharoitda inson har tomonlama rivojlanar ekan, unga nafaqat moddiy balki manaviy talab ham oshib boradi. Inson rivojlanishi bilan oz yaxshi ish sharoitini tashkil etishga, tibbiy xizmatlarni va dam olish sharoitlarini yaxshilashga harakat kiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi istemolining osishini prognozlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu bilan kelajakdagi istemol hajmining rivojlanish tendensiyasini bilish mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy sohani ananaviy prognozlashtirishda ayrim kamchiliklar bor, chunki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy modernizatsiya, ilmiy texnik taraqqiyot va boshqa ekzogen omillarni hisobga olish qiyin. SHuning uchun prognozlashtirish jarayonida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va bu sohaga oid dastur va rejalardan kelib chiqib, ularni tasirini inobatga olib prognozlash zarur boladi. Prognozlashni bu tarzda tashkil etish ijtimoiy-iqtisodiy soha rivojlanishi va uni butun mamlakat miqyosida korib chiqish qulay bolib hisoblanadi. Bu bilan aholi turmush darajasining holati va uning istiqboldagi natijalari haqida malumotlarga ega bolamiz. Aholi turmush darajasini prognozlashning uch tarkibiy qismi mavjud. Milliy daromadning osishi, Aholi istemol hajmining oshishi, Kelajakda istemol qilinadigin resurslarning osishi. Istemol uchun resurslar osish suratini prognozlash ishlab chiqarish jamgarmasinin unumdorligini prognozlashda asos boladi. Ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasini prognozlash tizimi bir qancha korsatkichlarga asoslanib, ular prognoz natijalarini bir biriga tasiri va mantiqiy oqibatlari haqida malumot beradi. Ushbu korsatkichlardan asosiylari quyidagilar: ijtimoiy demografik korsatkichlar, aholining tarkibi va sonini jamiyatning ijtimoiy qatlamini, hamda xususiy mulkga munosabatini ifodalaydi; ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqirishda mehnat sharoitlarini ozgarishi korsatgichi, oqimishli potensialning yigilishi, ishlayotganlarning profesional kotarilishi, qol mehnatining qisqarishi yoki faoliyatdan chiqarilishi, mehnat muxofazasi holatining yaxshilanishi; aholi turmush darajasini kotarishda milliy daromadning jon boshiga qanchadan togri kelishi umumiy iqtisodiy korsatkich, istemol resurslari va ularning milliy daromaddagi ulushi, aholining real va nominal daromadlari dinamikasi va ularning tarkibi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari istemoli korsatkichi, umumiy mahsulotni sotishdan tushgan daromadning aholi jon boshidagi ulushi, oilalarning uy xojaligi anjomlari bilan taminlanganlik darajasi. Aholi turmush darajasini baholashda turar joylar bilan taminlanganligi, komunal xizmatlarning sifat darajasi, maktabgacha talim muassasalarining soni, sanatoriya-profilaktikalarning va turistik xizmatlarning mavjudligi korsatkichlari muhim rol oynaydi. SHahar va qishloqlar ortasidagi turmush darajasidagi tafovutni kamaytirish va barcha hududlarda yashash sharoitlarini tenglashtirish va ularni prognozlashda quyidagi korsatkichlardan foydalaniladi (aholi jon boshiga nisbatan). 10 ming kishiga togri keladigan vrachlar nisbati, shahar va qishloq axolisining uzoq muddatli maishiy-texnika vositalari bilan taminlanganlik darajasi 100ta oilaga nisbatan va ming kishiga togri kelishi hisoblanadi. Ijtimoiy osishni va aholi turmush darajasini prognozlashda quyidagi korsatkichlardan foydalaniladi. Uy xojaliklarida uzoq muddatli ratsional foydalaniladigan uy anjomlarining har 100ta oilaga nisbati aniqlaniladi, songra prognoz qilingan talabga qarab ushbu anjomlarni ishlab chikarish uchun resurslar ajratiladi. Rivojlanishni rejalashtirishda ishlab chiqarish sohasi va tarmoqlarni rivojlantirishning eng maqbul omillarini ishlab chiqish zarur, u aholi turmush darajasini kotarishga xizmat qilishi kerak. Prognoz qilingan vaqt dinamikasini ishlab siqarish va no ishlab chiqarish sohasidagi jamgarmaning hajmi va tarkibini aniqlashda quyidagi iqtisodiy matematik modellar prognozlashtirishda foydalaniladi. Ishlab chiqarishda jamgarma normasini, istemol uchun resurslar osish suratlarining meyor miqdorlari va noishlab chiqarish sohasidagi qurilish, noishlab chiqarish fondi dinamikasi va noishlab chiqarish kapital quyilmalarini muomalaga chiqarish modellari alohida ahamiyatga egadir. Bu modellar olib boriladigan hisob- kitoblarning mantiqiy ketma-ketligini taminlaydi. Masalan: ishlab chiqarish jamgarmasi dinimikasini tahlil qilish prognozlonayotgan vaqt oraligida aholi turmush darajasining osishiga tasirini ifoda etadi, hamda milliy daromodda, ishlab chiqarish jamgarmasining ulushini, istemol uchun resurslar osish surati va noishlab chiqarishdagi qurilishni korsatadi. Download 202.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling