Mavzu: aholi joylashuvi va tumanni rejalashtirish reja: Shaharsozlik va aholi joylashuvi
Aholi joylashishi va tabiiy muhit
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu 4-soat
3. Aholi joylashishi va tabiiy muhit.
Aholi joylashishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar quyidagilar: - iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoit; - sanoat ishlab chiqarishi uchun baza hisoblangan foydali qazilmalar va yoqilg’i-energetika resurslari; - transport kommunikatsiyalarining rivojlanishini belgilab boruvchi tabiiy shakl. Insonlar hayoti va mehnatiga ta’sir etuvchi tabiiy iqlim omillari katta ahamiyat kasb etadi (harorat, shamol va namlik, ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik, er relefi, qurilishning geologik sharoitlari, seysmik holat, abadiy muzlik, sel, zamin cho’kuvchanligi va hokazolar). Er yuzasida aholining dastlabki joylashishi ibtidoiy jamoa bilan tabiiy muhit o’rtasidagi o’zaro aloqa bilan belgilangan. Tabiiy sharoitlarning qulayligi qadimgi shahar madaniyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi yirik sug’oriladigan erlar tizimini shakllantirish imkonini bergan. Bunday erlar tizimi Misrda Nil daryosining quyi oqimida, Messopotamiyada Tigr va Efrat daryolari quyi oqimida, Hindistonda Hind va Ganga daryolari sohillarida vujudga kelgan. Aholining cheklangan hududda to’planishi aholi joylashishining tabiiy sharoitlarga yangicha bog’liqliklarini belgiladi. SHaharlar to’planishi yirik sun’iy muhit massivlarini tabiiy muhitga qarama-qarshi qilib qo’ydi. Odamlarni sun’iy muhit ichida cheklab, ularni; tabiatdan ajratib qo’ydi. Odamlarning atrof-muhitga kuchli ta’siri vujudga keldi va uning tabiiyligi yo’qola boshladi. Aholi yashash joylari tabiiy landshaftga majburan bo’ysungan shakllarni egalladi. SHu bilan bir qatorda, texnikaning taraqqiyoti natijasida relefni qayta o’zgartirish va gidrogeologik sharoitlarga kuchli ta’sir ko’rsatish boshlandi. Lekin tabiatga bunday ta’sir ko’rsatishning maqsadga muvofiq keladigan chegarasi bor. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling