Mavzu: aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘G‘ri harakat qilishga tayyorlash


Pishiq g‘ishtdan quriladigan xususiy uy


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana05.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1277008
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
 
Pishiq g‘ishtdan quriladigan xususiy uy 
 
Pishiq g‘ishtdan quriladigan xususiy uy quyidagi konstruktiv yechim va 
parametrlarda bo‘lsa zilzilabardosh hisoblanadi: 
1. Uy imkon darajasida sodda bo‘lishi kerak. Murakkab shaklda bo‘lsa
u antiseysmik choklar bilan alohida (sodda) qismlarga ajratilishi lozim.
2. Qurilayotgan uy quyidagi parametrlarda (jadval) bo‘lishi kerak (17,18,19-
rasmlar): 
 
17-rasmPishiq g‘ishtdan 7 balli maydonchada quriladigan hususiy uyning chegaraviy 
parametrlari. 
 
18-rasmPishiq g‘ishtdan 8 balli maydonchada quriladigan hususiy uyning chegaraviy 
parametrlari. 


19 
 
19-rasm. Pishiq g‘ishtdan 9 balli maydonchada quriladigan uyning chegaraviy 
parametrlari.
jadval
 
Maydonning seysmikligi/parametrlari 
7 ball 
8 ball 
9 ball 
Qavatlar soni 
1-2 


Uzunligi, m, ko‘pi bilan 
30 
24 
18 
YUk ko‘taruvchi devorlar oralig‘i, m, ko‘pi bilan 
12 


Ko‘ndalang devorlar oralig‘i, m, ko‘pi bilan 
12 

7,2 
Eshik-deraza o‘rnining kengligi, m, ko‘pi bilan 
3.5 
3.0 
2.5 
3. Devorning mustahkamligi, binobarin uyning mustahkamligi va 
zilzilabardoshligi g‘isht va qorishmaning sifatiga hamda g‘isht bilan qorishmaning 
bir-biri bilan yopishishiga bog‘liq. Devorlarni tiklash uchun g‘ishtning markasi 75 
dan, qorishmaning markasi yozda 25, qishda esa 50 dan kam bo‘lmasligi kerak.
4. Devorlari har xil materiallardan, masalan, oldin pishiq g‘isht so‘ngra xom 
g‘ishtdan yoki boshqa materiallardan tiklanmasligi kerak. Bunda ayniqsa pishiq 
g‘ishtni loy qorishmada terishga ruxsat etilmaydi. CHunki bunda talab qilingan 
yopishishga erishib bo‘lmaydi. Demak, uyning zilzilabardoshligini ta’minlash 
uchun devorlari bir xil materialdan tiklanishi lozim.
5. Tashqi devorlarda eshik-oyna o‘rinlari qanchalik kam bo‘lsa, u shuncha 
mustahkam bo‘ladi. SHuning uchun chekkalaridagi devor qismlari (prostenkalar) 
kamida 180, o‘rtadagilari esa kamida 155 sm bo‘lishi kerak. Tashqi devorlardan 
tashqari ichki devor ham bo‘lsa, uyning zilzilabardoshligi yanada oshadi.
6. Barcha yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanishi, 
ya’ni fazoviy konstruksiya hosil qilishi lozim. Uyning fazoviy bikrligini ta’minlash 
uchun yig‘ma orayopma sathi bo‘yicha barcha bo‘ylama va ko‘ndalang devorlarga 
quyma temirbetondan antiseysmik kamarlar yotqizilishi kerak (20,21-rasmlar). 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling