Mavzu: aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘G‘ri harakat qilishga tayyorlash
Download 1,47 Mb. Pdf ko'rish
|
Ayvonning konstruksiyasi Aksariyat ayvonning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari poydevor va to‘sinlar bilan sharnirli bog‘langan bo‘ladi. Zilzila paytida ayvonning shikastlanmasligi yoki buzilib ketmasligi uchun uning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari uyning konstruksiyalari bilan bikr (mahkam) bog‘lanishi lozim. Jumladan, ayvon tomining to‘sini uy tomining to‘sini bilan yog‘och hovonlar yoki metall elementlar orqali bikr bog‘lanishi kerak (25-rasm). 22 25-rasm. Ayvon to‘sinining uy to‘siniga bog‘lanishi. Yog‘och yoki metall ustunlarning pastki qismi esa zilzila paytida siljib ketmasligi uchun poydevorning yuqori qismi bilan bikr bog‘lanishi lozim (26-rasm). 26-rasm. Ayvon ustunining poydevor bilan bikr bog‘lanishi. Tom va tomqoplamalar Tom yengil materiallardan iborat bo‘lishi lozim. Issiqlikdan himoya qiluvchi (teploizolyatsiya) sifatida qamish, poxol va boshqa yengil materiallar ishlatilishi kerak. Tom og‘ir loydan tayyorlanishi tavsiya etilmaydi, chunki bunda uning vazni ko‘payib, yer qimirlaganda uyni buzib yuborishi mumkin. Stropil balkasi antiseysmik kamarga burchakliklar yordamida mahkamlanishi kerak (27, 28- rasmlar). To‘rt nishabli tom ikki nishabli tomga nisbatan afzalroq hisoblanadi. Ikki nishabli tomda uning peshtoqlarini g‘ishtdan emas, balki yengil materiallardan tiklash tavsiya etiladi. Tom konstruksiyalari devorlarga kerib turuvchi kuch (havon) hosil qilmasligi uchun stropil balkalari bir-biriga tortqi bilan bog‘lanishi, bo‘ylama yo‘nalishda esa shu yo‘nalish bo‘yicha bikrligini ta’minlovchi kamida ikkita qarama-qarshi yo‘nalgan tirgaklar bo‘lishi lozim (29-rasm). Tomqoplama yengil materiallardan, masalan shifer yoki tombop tunukadan iborat bo‘lishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling