Mavzu: Aholining bo’sh turgan mablag’larini


Aksioner tijorat bankining mijozlar bo‘yicha Depozit shakllari to‘g‘risida ma’lumot


Download 71.66 Kb.
bet7/8
Sana06.10.2023
Hajmi71.66 Kb.
#1693250
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
111111[1]

Aksioner tijorat bankining mijozlar bo‘yicha Depozit shakllari to‘g‘risida ma’lumot.

Depozit turlari

ming so‘m

foiz

1. Talab qilib olinguncha depozitlar, jami

105022

78.9

Shu jumladan: a) hukumat
b) jismoniy shaxslar
v) davlat korxonalari
g) qo‘shma korxonalar

  1. xususiy korxonalar, korporatsiya va jamoalar

  2. boshqa talab qilib olinguncha depozitlar

16481
5352
22025
111
54692
6361

12,4
4,0
16,5
0,1
41,1
4,8

2. Jamg‘arma depozitlari, jami

10957

8.2

Shu jumladan: a) hukumat
b) jismoniy shaxslar
v) davlat korxonalari
g) qo‘shma korxonalar

  1. xususiy korxonalar, korporatsiya va jamoalar

  2. boshqa talab qilib olinguncha depozitlar

0
10957
0
0
0
0

0
8,2
0
0
0
0

3. Muddatli depozitlar, jami

17159

12,9

Shu jumladan: a) hukumat
b) jismoniy shaxslar
v) davlat korxonalari
g) qo‘shma korxonalar

  1. xususiy korxonalar, korporatsiya va jamoalar

  2. boshqa talab qilib olinguncha depozitlar

0
11659
5500
0
0
0

0
8,8
4,1
0
0
0

Jami depozitlar

133138

100

Jadval ma’lumotlari Shuni ko‘rsatadiki, tijorat banki tomonidan jalb qilingan depozitlar ichida asosiy o‘rinni talab qilib olingungacha bo‘lgan depozitlar tashkil

qilib, ular salmog‘iga 78,9% depozitlar to‘g‘ri keladi. Muddatli depozitlar bankning barqaror kredit imkoniyatini asosi bo‘lsada, ularning hajmi barcha depozitlarning 12,9%ini tashkil qiladi. Talab qilib olingunga qadar bo‘lgan depozitlar tarkibida asosiy o‘rinni xususiy korxona, korporatsiya va jamoalar, davlat korxonalari, hukumat mablag‘lari tashkil qilsa, muddatli depozitlar ichida asosiy o‘rinni jismoniy shaxslar mablag‘lari egallaydi. Tahlil qilinayotgan bankda aholi jamg‘armalari salmog‘i past bo‘lib, u jami depozitlarning 8,2%ini tashkil qiladi.


Tijorat banklari faoliyatidagi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, aholi mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha ishlar hisoblanmoqda, va ular bu boradagi yirik bank Xalq banki bilan boshqa tijorat banklari muvaffaqiyatli raqobat qilmoqdalar.
Bank tizimidagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator Farmon va Qarorlarida belgilab berilgan bank tizimi barqarorligini yanada kuchaytirish, omonatchilar va kreditorlar manfaatini himoya qilinishini ta’minlash vazifalariga qaratildi, hususan:

  • tijorat banklarining kapitallaShuvi darajasini oshirish;

  • aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini bank depozitlariga jalb etish tadbirlarini kengaytirish;

  • banklarning investitsion faolligini, xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bilan bog‘liq investitsion loyihalarni moliyalashdagi rolini oshirish, bankrot holatidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va ishlab chiqarish faoliyatini qayta tiklashdagi ishtirokini yanada kuchaytirish;

  • aholi bandligini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish borasidagi vazifalar ijrosi ta’minlandi.

Shuningdek, bank muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va ularning zamonaviy turlarini joriy etish, kredit axboroti tizimini takomillashtirish va nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2019 yilda mamlakatimiz bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish, uning barqarorligi va likvidliligini mustahkamlashga qaratilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Natijada oxirgi besh yil davomida mamlakatimiz bank sektori kapitalining etarlilik darajasi bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan xalqaro me’yordan 3 barobar ko‘p bo‘lgan darajani tashkil etdi.
2019 yilda tijorat banklarining jami kapitali o‘tgan yilga nisbatan 25 foiz oshib, 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 6,5 trln. so‘mni tashkil etdi.
Bank aktivlari 2019 yilga nisbatan 32,4 foiz o‘sib, 27,5 trln. so‘mga etdi.
Bugungi kunda, mamlakatimiz bank tizimi xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan eng barqaror tizim bo‘lib qolmoqda.
Buni «Standard & Poor's», «Moody"s», «Fitch ratings» kabi xalqaro reyting agentliklari tomonidan ikki yildan buyon O‘zbekiston bank tizimiga muttasil ravishda "barqaror” reyting darajasini bergani ham tasdiqlab turibdi.
2019 yilda mamlakatimizning 15 ta tijorat banki “barqaror” reytingni olgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 23 taga etdi, bu banklarning aktivlari mamlakatimiz bank tizimi umumiy aktivlarining 98 foizini tashkil etmoqda.
Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatdan tubdan o‘zgardi. Agar 2000 yilda kredit portfelining 54 foizi tashqi qarzlardan tarkib topgan bo‘lsa, 2019 yilda uning 85,3 foizi ichki manbalar, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarning depozitlari hisobidan shakllantirildi.
Tijorat banklarining investitsion faoliyati yildan-yilga ortmoqda. Ularning qo‘yilmalarining 75 foizdan ortig‘ini uch yildan ziyod bo‘lgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari tashkil etadi. Umuman, so‘nggi o‘n yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmi 7 barobardan oshdi.
Xususan, 2019 yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 35,6 foiz oshib, bugungi kunda ularning miqdori 15,6 trln. so‘mga
etdi 2019 yilda iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish borasida noan’anaviy yondaShuvning amalga oshirilishi natijasida tijorat banklari balansiga qabul qilingan 164 ta iqtisodiy nochor korxonalarning 156 tasida ishlab chiqarish to‘liq qayta tiklandi va ularning 110 tasi yangi strategik investorlarga sotildi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2019 yilga nisbatan 1,5 barobar oshib, 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 4,1 trln. so‘mni tashkil etdi.
Tijorat banklari tomonidan o‘tgan yili xalqaro moliya institutlarining 143,4 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari o‘zlashtirildi. Ushbu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilning Shu davriga nisbatan 1,4 barobar oshdi.
Mazkur sohaga ajratilgan kreditlar hisobiga hududlarda 291 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Tijorat banklarining kapitallaShuv darajasini yanada oshirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni keng jalb qilish, resurs bazasini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar banklarning jami depozitlari miqdori yildan yilga oshib borishini ta’minlamoqda. Xususan, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 36,3 foiz o‘sib, bugungi kunda ularning miqdori 18 trln. so‘mdan oshdi.
Aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchining tobora ortib borayotganligi, ularning banklardagi jamg‘armalarining qonun bilan to‘liq kafolatlanganligi va o‘z vaqtida qaytarilayotgani omonatlar miqdorining o‘tgan yilga nisbatan 38,8 foiz oshib, bugungi kunga kelib uning miqdorini 6,2 trln. so‘mga etishiga puxta zamin yaratdi.
Tijorat banklari rahbarlari zimmasiga mamlakatimiz Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustvor vazifalar, ya’ni banklarning kapitallaShuv darajasini yanada oshirish, investitsion faolligini kuchaytirish, aholi va chet ellik investorlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qabul qilingan xalqaro me’yorlar, mezonlar va standartlarga asoslangan holda bank tizimini baholash ko‘rsatkichlarining zamonaviy tizimini joriy etish borasidagi ishlarni og‘ishmay davom ettirish.

Xulosa


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan parlamentga Murojaatnomasida ta’kidlangan bank tizimining asosiy muammolariga e’tibor qaratildi. bank tizimi davlatga tegishli bo‘lib, bu bank sohasida sog‘lom raqobatga, xizmatlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, Moliya vazirligi huzurida Davlat ishtirokidagi tijorat banklari faoliyatini islohotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi. Banklar o‘rtasidagi raqobatning sezilarli darajada kuchayishi milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarida o‘z aksini topdi. Xususan, 2019-yil dekabr oyida jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 19,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yuridik shaxslarning muddatli depozitlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 16,5 foizga oshgan. Depozitlar bo'yicha foiz stavkalarining jozibadorligi va depozit sertifikatlari miqdorining ko'payishi natijasida bank tizimida jami bank xizmatlarining mashhurligi mijozlarga o'z hisoblarini yuritish, to'lovlarni tez amalga oshirish va bank hisobvaraqlari bo'yicha hisobotlarni yaratish imkonini beradi. . Bundan tashqari, bank mijozlari o‘z mablag‘larini depozitlarga joylashtirish yoki uyali telefonlar orqali kechayu kunduz masofadan turib kredit olish imkoniyatiga ega. 2019-yilda to‘lov tizimida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi.





Download 71.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling