Mavzu: Aholining bo’sh turgan mablag’larini


Download 71.66 Kb.
bet1/8
Sana06.10.2023
Hajmi71.66 Kb.
#1693250
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
111111[1]


Mavzu: Aholining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb etish masalalari.

Reja:

Krish





  1. Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov




  1. Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar sakkizta asosiy va o‘n bitta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.




  1. Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida

4.Bank kapitali hajmini aniqlash


Xulosa

Foydalanilgan adabiyotla




KIRISH
Hozirgi kunda eng muhim masalalardan biri bu - byudjetlar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish va ularning iqtisodiy potensialidan foydalanish muammosidir. Mamlakat soliq tizimidagi muammolar iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalashning chuqurlashib borishiga mutanosib ravishda bosqichma- bosqich bartaraf etib borilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir”1.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet masalasi juda muhim va
murakkab masala bo‘lib hisoblanadi. Har bir hududning rivoji, aholisining turmush sharoiti, ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oila va shaxslarni yetarli darajada ijtimoiy himoya qilish, har bir hududdagi davlat hokimiyati organlarining moliyaviy masalalarini to‘g’ri hal qila bilishga bog’liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g’risida” gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni
yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirish makroiqtisodiy barqarorligni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash,





1 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.
2 “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.
mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash asosiy maqsadimizdir
Iqtisodiyotni modernizatsiyalashning hozirgi davrida hududlarni moliyaviy barqarorligini ta’minlashda mahalliy byudjetlarning ahamiyati yanada ortmoqdaki, ushbu maqsadda mahalliy byudjetlarni daromadlar bazasini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda byudjet va ijtimoiy siyosatning uyg’unligini ta’minlash maqsadida moliya tizimining sohalarini, jumladan byudjet tizimini va ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan mahalliy byudjetlarni samarali boshqarish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu holat davlat ijtimoiy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosini ta’minlash, shuningdek hududiy iqtisodiyot muammolari keskinlashuvining oldini olishni hamda mahalliy byudjetlar huquq va majburiyatlarning kengayib borishi sharoitida ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash uchun zamin yaratadi.



  1. Download 71.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling