Mavzu: Akademik


Download 68.25 Kb.
bet1/12
Sana11.10.2023
Hajmi68.25 Kb.
#1698794
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Azizbek mustaqil ish 1

Mavzu: 1.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitish

shakllari.


Informatika fanini maktablarda va oliy o'quv yurtlarida o‘qitilayotganiga ko‘p vaqt bo'lgani yo‘q. Hozirgi kunga kelib, informatika oliy ta’lim tizimida aso- siy (bazaviy) fan sifatida o’qitilm oqda.
«Informatika» fani to‘g‘risida hozirga qadar muayyan fikr mavjud emas. Ba’zi mutaxassislar — bu «vaqtinchalik, moddaga qarab o‘tib ketuvchi hodisa» degan fikrda bo‘lsalar, boshqalar esa informatikani faqat amaliy fan sifatida qa- bul qilib, uni «tugmachalarni to‘g‘ri bosish» fani deb atashmoqda.
Bugungi kunda mutaxassis, o ‘ziga yuklatilgan vazifalami talab darajasida ba- jarishi uchun olinayotgan axborotni qayta ishlashi taqozo etiladi. Inson nazariy jihatdan piyoda xohlagan masofani o‘tishi mumkin. Lekin hozirgi hayot dara- jasi bu ishni bajarish uchun avtomobildan, poyezddan, samolyotdan va bosh- qalardan foydalanishni talab qiladi. Xuddi shunday ko'rinish axborotni qayta ishlashda ham sodir bo'lmoqda: nazariy jihatdan inson kompyutersiz xohlagan axborotni qayta ishlab olishi mumkin, lekin buni samarali bajarishi uchun Infor- matika fanining bilimlari va malakasi kerak b o 'la d i.
«Informatika» bilimlar turkimiga qaratilgan turli nuqtayi nazar, oliy o'quv yurtlaridagi o'tilayotgan fanning chegara va mazmunini aniqlovchi turli yon- dashishlarni keltirib chiqaradi. Hozirda «Informatika» fani bo'yicha bir nechta na’munaviy dasturlar mavjud bo'lib, har bir o'quv yurti ularga asoslangan hol- da o'quv jarayonini tashkil etmoqda.
Bu vazifani yechish ikki yo'nalishda olib borildi:

  1. Fanning yadrosini tashkil qiluvchi mavzu va mazmunini a n iq la sh v a tanlash.

  2. Materialning tuzilmasini aniqlash, bayon qilish uslubini ishlab chiqish.

  3. Informatikadan darslik mutaxassisning faoliyatidan qat’iy nazar unga ke- rak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy bilimlarni o‘z ichiga oldi.

  4. Darslikning har bir bobi avtonom tarzda yozilgan bo‘lib, biror bobni o'z- lashtirish uchun oldingi boblarni bilish shart emas. Foydalanuvchi xohla- gan bobidan o'rganishni boshlashi mumkin.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika va hisoblash texnikasi asoslari kursining ahamiyati uning texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kun- dalik hayotda tutgan o‘rni bilan beligilanadi. Maktabda informatika o‘qitish — ta’ limining umumiy maqsadlariga hizmat qilishi, ya’ni o‘quvchilarning ilmiy dun- yoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatining shakllanishi va o‘sishi, ularda milliy, umuminsoniy qadri- yatlarni tarkib topishi hamda ijtimoiy hayoti va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishi lozim.
Umumiy o‘rta ta’limda «Informatika » fanini o’qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarga axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish ja- rayonlari haqida puxta va ongli ravishda o‘zlashtirish uchun bilim asoslari berishni ta’minlashdan, ularga o‘quv va keyingi ish faoliyatlarida kompyuterlardan oqilona foydalanish ko‘nikma va malakalarini berishdan, shular asosida yangi axborot tex- nologiyalarining mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasi to‘g‘risida tasav- vur hosil qilishdan iborat.
Informatika o’qitishning asosiy vazifalari:

  • axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllan- tirish;

  • zamonaviy kompyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishi va qo‘llash im- koniyatlari bilan tanishtirish;

  • kompyuterlar bilan amaliy ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllanti- rish;

  • axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

  • kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari bilan tanishtirish, uning asosiy bosqichlari haqida aniq tasavvur hosil qilish va ko‘nikmalarni shakllantirish;

  • asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish;

  • kompyuterning dastur ta’minoti tarkibi, vazifalarini va ularni o‘rnida qo‘llash imkoniyatlarini aniqlay bilish;

  • o‘qish davomida ega bo‘lingan bilim va ko‘nikmalardan ti pik o‘quv masalalarini yechishda foydalana olish;

  • yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy ta- raqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’siri haqida tasavvur hosil qilish.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish ushbu Davlat ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. U umumiy o‘rta ta’lim maktabida beriladigan informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi mazmu- nining majburiy minimumi hamda o‘quvchilarning informatika va hisoblash tex- nikasi asoslaridan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar majmua- sini ifodalaydi.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari ta’limi majburiy minimumi
umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga informatika va hisoblash texnikasi asoslaridan berilishi zarur bo‘lgan ta’lim mazmunining minimumini ifodalaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining informatikadan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar uning asosiy mazmunining yo‘nalishlari, axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari bo‘yicha belgilanadi. Axborot texnologiyalari va ularning turlari. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli. Axborotni o’lchash va tasvirlash. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o’lchovlari. Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy- mantiqiy asoslari. Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi. Dasturiy ta’minotning holati va rivojlanish tendensiyalari. Dasturiy mahsulotlar, ularning asosiy tavsiflari va klassifikasiyasi. Operasion sistema va uning turlari. Arxivlashtirish dasturlari: fayllarni arxivlashtirish xaqida umumiy ma’lumot, RAR va ZIP arxivator dasturlar. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash, disklarni fragmentasiyasini bekor qilish, ularning ishini tezlashtirish. Corel Draw grafik prosessori. Word matn prosessori va matnli hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi. Excel jadval prosessori va elektron hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari (MOBT): asosiy tushunchalar va funksional imkoniyatlari. Access MOBTda ishlash texnologiyasi asoslari. Zamonaviy axborot texnologiyalari: bir tildan ikkinchi tilga o’girish texnologiyalari, skanerlash texnologiyasi va boshqalar. Kompyuter tarmoqlari. Mahalliy, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Internet global tarmogi, uning tuzilishi va adreslash tizimi. Internet Exploler va unda ishlash asoslari. Elektron pochta. Outlook Express bilan ishlash. Videokonfirensiyalar, uning tuzilishi asosiy funksiyalari va faoliyati. World Wide Web va HTML.



Download 68.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling