Mavzu: Akademik


Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim


Download 68.25 Kb.
bet6/12
Sana11.10.2023
Hajmi68.25 Kb.
#1698794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Azizbek mustaqil ish 1

Quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari lozim:  O‘quvchini Internet tizimida ishlashga zarur dasturlar va ularning bajaradigan ishlari bilan tanishtirish. Elektron pochta dasturining ishlash tartibi va Internet yordamida ma’lumotlarni olish us- ullari bilan tanishtirish. Axborotlarni ximoyalash va antiviruslar haqida tushuncha berish.


Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o’quvchilarni bilimini nazorat qilish shakl va usullari.


O’quvchi bilimi, malaka va mahoratini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining muhim tuzilishi komponentidir va butun o’quv yili davomida sistemali izchillik va ta’limning puxtaligi printsiplariga muvofiq olib boriladi. SHu bilan bilimni tekshirish va baholash turlari mavjud.
Qanday yechilayotganiga, ya’ni o’quvchi qanday bilimga, malaka va mahoratga, dunyo qarashi va axlokiy-estetik qarashlar holda ijodiy faoliyatiga ega ekanligiga e’tibor qaratish muhim. Asl moxiyati yana o’quvchini o’qishga qanday munosabatda bo’lishiga, qanday shug’ullanyapti va hokazalarga bog’liq.
Bularning barchasi bilimni tekshirish va baholashning turli usullarini qo’llashning zarurligini ko’rsatadi. Informatika bo’yicha bir davrda o’quvchilar bilimini joriy nazorat qilishning turlarini klassifikatsiyasini ko’rib chiqamiz:
– ogzaki so’roq,
– uy ishi,
– o’quvchilarning o’quv faoliyatini kuzatish,
– laboratoriya ishi nazoratining ijodiy shakli.
O’quvchilarning bilimini nazoratning qiziqarli shakllari sifatidaturli informatikadan referatlar, krossvordlar, rebuslar taklif qilishmumkin.
Oraliq nazorat joriyga qaraganida ko’proq mustaqil nazorat turi.Unda o’quv dasturlarini va aniq o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur hisobga olish imkoniyati bor. Oraliq, joriy vayakuniy nazoratning turli maqsadlari ularning turli funktsiyalarida o’zaksini topadi. Oraliq nazoratning quyidagi funktsiyalari bor: o’quvfaoliyatining samara darajasini (baxolash) tekshiruv, diagnostik(orqada qolish sabablarini e’lon qilish); tashkiliy (qo’llanilayotganmetodlar samaralari); tarbiyaviy-motivatsion (oraliq nazoratnatijalari bilan o’quvchilarning o’zlarini o’zlari baholashnimustahkamlash.)
Oraliq nazoratning maqsadi o’quvchilarning o’quv sohasida ma’lumbir mavzularining o’zlashtirilgaligini tekshirish. Oraliq nazorato’qituvchi tomonidan og’zaki va yozma shaklda o’tkazilishi mumkin.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasi, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy printsiplari sifatida alohida ko’rsatib o’tilgan. Shuning uchun ham, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/02-1-6-sonli topshirig’i asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limi” tashkil etildi.
Bu tizimdan ko’zlangan asosiy maqsad – avvalo, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini takomillashtirish, uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi amalda faoliyat ko’rsatadi. ta’lim-tarbiya, o’quv-uslubiy jarayonlari adabiyotlar axborot ta’minoti sifatini oshirish hamda pedagog kadrlar bilan ta’minlanishi va ularning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan. Bunda universitet o’z oldiga o’quv fanlarini mutaxasisligi va malakasiga xos o’qituvchilar bilan ta’minlash, o’quv adabiyotlari hamda kafedralarning o’quv uslubiy ishlanmalaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida foydalanish uchun imkoniyatlarni yaratish, hamkorlikda o’quv adabiyoti, uslubiy qo’llanmalar, pedagogik texnologiyalar yaratish hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga oliy ta’lim muassasalar professor-o’qituvchilarining salohiyatini jalb etish kabi vazifalarni belgilagan.

Download 68.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling