Bo’lim vazifalari va faoliyati:
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilish;
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatni tashkil etish, takomillashtirish va rivojlantirishga ilmiy-uslubiy, tashkiliy va amaliy yordam berish va hamkorlik qilish;
O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq kollej va akademik litseylarda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish, ularni amaliyotga joriy etilishini o‘rganish va tegishli tashkiliy-uslubiy yordam berish;
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan mutaxassisliklar o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv-didaktik materiallar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etilishiga amaliy-uslubiy yordam berish;
Universitet professor-o‘qituvchilari kasb-hunar kollejlarining o‘quv rejalari, fan dasturlarini tayyorlashda, ekspertiza qilishda doimiy ishtirokini ta’minlash;
Universitet professor-o‘qituvchilari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishini ta’minlash;
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarning iqtidorli o‘quvchilarini izlab topish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish;
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar o‘qituvchilarining malakasini oshirish, kompyuter va Internet savodxonligini, chet tilini bilish va undan amaliy foydalanish malakasi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatish;
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar o‘qituvchilarini, xususan, yosh iqtidorli pedagoglarini ilmiy-tadqiqot jarayoniga faol jalb etish, akademik litseylar va kasb-hunar kollejda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha fan doktorlarini tayyorlashga (jumladan maqsadli asosda) ko‘maklashish;
Do'stlaringiz bilan baham: |