yuritayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan undiriladigan aktsiz solig’i bitiruv
6
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan aktsiz solig’ini hisoblash va budjetga
undirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar bitiruv malakaviy ishi
predmetini tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining
maqsadi aktsiz solig’ining to’lovchilari, soliq ob’ekti, soliq solinadigan baza, soliq
stavkalari, soliqni hisoblash va budjetga to’lash tartibini amaliy materiallarga
tayangan holda tahlil etish hamda xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish
asosida mazkur soliqning hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirish yo’llarini
ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni amalga
oshirish belgilab olindi:
aktsiz solig’ini egri soliq sifatida ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmunini
ochib berish hamda mamlakatimizda bozor munosabatlariga o’tish jarayonida uning
asosiy vazifasini aniqlash;
aktsiz solig’ining davlat budjeti soliqli daromadlaridagi o’rnini izohlash;
aktsiz solig’ining O’zbekiston soliqqa tortish amaliyotida qo’llanilish
mexanizmini tahlil etish;
aktsiz solig’ining xorijiy davlatlarda undirishning ijobiy tajribalarini qiyosiy
o’rganish;
aktsiz solig’ining hisoblash mexanizmini takomillashtirish bo’yicha ilmiy
taklif va amaliy tavsiyalar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: