Mavzu: Aksionerlik jamiyatlarida menejmentni tashkil etish xususiyatlari kurs ishi
Download 125.67 Kb.
|
Lapasova Shaxriniso 2-19
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korporativ boshqaruvning tarmoq (yapon) modeli
- Korporativ boshqaruvning nemis modeli
Menejment boshqaruv modellariKorporativ boshqaruvning Amerika modeli. Korporativ boshqaruvning amerika tizimi xususiyatlari AQShda aksiyadorlik mulkchilikning xususiyatlariga bevosita bog„liqdir. Xususan, amerika korporatsiyalariga boshqa investorlardan ko„ra o„z ta‟sirini kuchliroq o„tkaza oladigan yirik investorlarning yo„qligi xosdir. Bu investorlar qo„llarida 50%dan oshiq kapitalni jamlar ekan, ko„proq moliyaviy menejer sifatida qatnashishga moyilroq bo„lib, direktorlar kengashi ishida qatnashishga intilmaydilar va odatda o„zlari yirik paketga egalik qilgan kompaniyalar uchun mulkchilik huquqidan kelib chiqadigan mas‟uliyatni o„z zimmalariga olishdan o„zlarini olib qochadilar. Korporativ boshqaruvning tarmoq (yapon) modeli mazmuniga ko„ra Amerika modeliga ham, Germaniya modeliga ham o„xshamaydi, biroq ikkala modelning ayrim xususiyatlarini o„z ichiga olgan: direktorlar kengashi tarkibida mustaqil Direktorlar bo„lmasdan, Kengashning barcha a‟zolari yuqori boshqaruv organi vakillari yoki eski boshqaruvchilardir; - aksiyadorlik sarmoyasini asosan yirik investorlar tashkil qilib, yagona sanoat guruhiga a‟zo bo„lgan kompaniyalarning o„zaro aksiyalariga egalik qilish holati muhim o„rin tutadi. shaxslararo munosabatlar kuchli bo„lib muhim ahamiyatga ega; insayderlarning etakchiligi. Korporativ boshqaruvning nemis modeli AQShdan farqli o„laroq, Germaniyada aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida turadi: barcha aksiyadorlik kapitalining yarmidan ko„pini bir-birining aksiyalariga egalik qilish tizimi o„z ichiga oladi. Shaxsiy investorlar Germaniyada ikkinchi yirik investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalarining taxminan 16% aksiyasiga egalik qiladilar) ular aksiyalarining ko„p qismi taqdim etuvchiga sertifikati ko„rinishiga ega bo„lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig„iga ko„ra, xususiy aksiyadorlar aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan boshqariladi. Shuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bo„lgan aksiyalarining juda katta ulushi (90%dan ortig„i) tashkilot-investorlar tomonidan boshqariladi (o„zlari aksiya egalari bo„lmasa ham). Nemis kompaniyalarining aksiyadorlik kapitali yirik aksiyadorlar qo„lida kuchli darajada jamlangan. Natijada, amerikalik kasbdoshlariga nisbatan nemis mulkdorlari va ular kapitalini boshqaruvchi moliya institutlari o„z kompaniyalari bilan ancha yaqin ish munosabatlarida bo„ladilar. Har bir modelning asosiy belgilari yoki unsurlari - bu aksiyadorlik jamiyati yoki korporatsiyaning asosiy ishtirokchilari, muayyan modelda aksiyalarga egalik qilish tartibi, kuzatuv kengashining tarkibi, qonunchilik doiralari, listinga kiritilgan korporatsiyalar uchun axborotning oshkor etilishiga nisbatan qo„yiladigan talablar,aksiyadorlarning ma‟qullashini talab qiluvchi korporativ xarajatlar; Download 125.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling