Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatining ummumiy tashkiliy asoslari reja: Aksiyadorlik jamiyati tushunchasi Aksiyadorlar jamiyatini boshqarish Aksiyadorlik jamiyati haqida qonunlar Aksiyadorlar jamiyati
Aksiyadorlik jamiyatining qonunlari
Download 1.48 Mb.
|
1 2
Bog'liq9- Nuraliyev Xojiakbar Bank va moliya bozori 9 ( salyd)
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun raxmat !!!
Aksiyadorlik jamiyatining qonunlari
1-modda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog'liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi. Qishloq xo'jaligi, bank, investitsiya va sug'urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chog'ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining o'ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 2-modda. Aksiyadorlik jamiyatining huquqiy holati Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo'jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog'ida huquqlarga ega bo'ladi va majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi. Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o'zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo'ladi, o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin. 3-modda. Jamiyatning nomi va joylashgan manzili Jamiyat o'z firma nomiga ega bo'ladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak. Jamiyat davlat tilida va ayni paytning o'zida jamiyat xohishiga ko'ra boshqa tillarda o'zining to'liq va qisqartma nomlariga ega bo'lishga haqlidir. 4-modda. Jamiyatning javobgarligi Jamiyat o'z majburiyatlari yuzasidan o'ziga tegishli barcha mol-mulki bilan javobgar bo'ladi. Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydilar va uning faoliyati bilan bog'liq ziyonlarni o'zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida to'laydilar. 5-modda. Aksiyadorlik jamiyatlarining shakllari Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi, yopiq aksiyadorlik jamiyatining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib belgilanadi. Jamiyatning har bir muassisi uning aksiyadori bo'lishi lozim. E’tiboringiz uchun raxmat !!!Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling