Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy kapitalni jalb etish masalalari
-jadval. Jahon bozorida IPO boʻyicha shartnomalar soni va taklif hajmi15
Download 119.1 Kb.
|
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-jadval Fond bozori tarixidagi eng yuqori o‘ntalikka kirgan aksiyalarni birlamchi ochiq joylashtirish operatsiyalari 16
7-jadval.
Jahon bozorida IPO boʻyicha shartnomalar soni va taklif hajmi15
IPO oʻtkazish bilan bogʻliq 2018-yilning asosiy natijalari sifatida bozorlariga jalb qilingan vositalar hajmi boʻyicha AQSh 3-oʻrindan 1-oʻringa chiqdi. Xitoy umumiy IPO shartnomalar hajmi boʻyicha birinchilikni yoʻqotib, ikkinchi oʻringa tushdi. Malayziyaning yirik korxonalari IPO oʻtkazib, taniqli korxonalar reytingi qatoriga (brendlar qatoriga) kirdi. Japan Airlines aviakompaniyasi IPO yordamida, Yaponiyaga jalb qilingan vositalar hajmi 4 barobarga ortdi. Umuman ta’kidlash mumkinki, IPO – bu kompaniyaning strategik rivojlanishining bir bosqichi hisoblanadi, chunki bunda kompaniya informatsion shaffof va yirik investorlar uchun yetarlicha tushunarli boʻladi. 8-jadval Fond bozori tarixidagi eng yuqori o‘ntalikka kirgan aksiyalarni birlamchi ochiq joylashtirish operatsiyalari16
Kompaniyalarning aksiyalarini joylashtirish bo‘yicha listing uchun to‘lovlardan tashqari fond birjalari tomonidan alohida talablar ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim. Masalan, Nyu-York fond birjasida kompaniya aksiyalarini listingdan o‘tkazish uchun oxirgi moliya yili bo‘yicha soliqlar to‘langunga qadar daromad 2,7 million AQSh dollaridan, oxirgi ikki yil davomidagi foyda 3 million AQSh dollaridan, moddiy aktivlarning sof qiymati 18,0 million AQSh dollaridan, aksiyalar kurs qiymati 19 million AQSh dollaridan, oxirgi olti oy davomida emitent aksiyalari savdolarining o‘rtacha oylik hajmi 100 ming AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi, shuningdek, 100 ta va undan ortiq aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar soni kamida ikki mingtani tashkil etishi shart17. Xulosa. Korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini ta’minlash takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. Faoliyatni moliyaviy ta’minlash oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Oʻz navbatida, moliyaviy ta’minotning oʻz va qarz manbalari ham qator xususiyatlariga koʻra tasniflanadi. Jumladan, korxonalarning oʻz manbalari hisobiga moliyalashtirish shakllari sifatida ichki va tashqi moliyalashtirish manbalari keltiriladi. Oʻz mablagʻlarining ichki manbalari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati jarayonida shakllantiriladi va har qanday korxonada muhim ahamiyat kasb etadi va oʻz-oʻzini moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. Shunday ekan, korxona oʻz moliyaviy talablarini toʻliq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qoʻshimcha kapitalni jalb qilish boʻyicha talabning kamayishi va mablagʻlar jalb qilish bilan bogʻliq risklarni pasaytirish hisobiga iqtisodiy oʻsish uchun qulay imkoniyatlar va sezilarli darajada raqobatdagi ustunlikka ega boʻladi. Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki manbalari sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanilmayotgan aktivlarni sotish yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin. Hozirgi sharoitda korxona ixtiyorida qolgan foydasini mustaqil taqsimlaydi. Foydadan toʻgʻri foydalanish korxonaning istiqboldagi rivojlanish boʻyicha rejalarini amalga oshirish, shuningdek, mulkdorlar, investorlar va xodimlar manfaatdorligini ta’minlash imkonini beradi. Umumiy holatda foyda qanchalik koʻproq moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga yoʻnaltirilsa, qoʻshimcha moliyalashtirishga boʻlgan talab shunchalik kamroq boʻladi. Taqsimlanmagan foyda miqdori xoʻjalik faoliyati rentabelligi, shuningdek, mulkdorlarga toʻlovlar boʻyicha munosabatlarga qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bogʻliq. Hozirgi davrda "kompleks iqtisodiy tahlil" kichik sistemasi avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasida to’la ma'noda rivojlanayotgani yo’q. Mavzuda bayon etilayotgan avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasida mazkur sistemaning o’rni, roli va mazmuni asosan nazariy bilimlar hamda shu bilan birgalikda amaliy tajribalarga asoslanib yoziladi. Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tuzulmasining iqtisodiy tahlil funksiyalari hamda uning keng yoyish - uning yaqin kelajakdagi rivojlanish yo’nalishi hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasida xo’jalik faoliyatini tahlil qilishning sifat jihatdan tinimsiz takomillashtirib borish ham ustuvor ahamiyatga ega yo’nalish bo’lib, bu bilan uning toboro samarali ishlashi ta'minlanadi. Agar avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasining rivojlanishi ikkinchi yo’nalish bo’lsa, u holda boshqaruvchi sistema (KIT) o’z mohiyatini saqlab qolgan holda o’zgaradi. Tahlil boshqarish funksiyasi sifatida boshqaruv sistemasi bilan birgalikda bir maqsadga qaratilgan, shu tufayli boshqa boshqaruv funksiyalari bilan chambarchas bog’langan. Masalan, rejalashtirish bilan uni ilmiy asoslangan holda ishlab chiqarishda bir tomondan, boshqa tomondan esa rejaning bajarilishi uchun tahlil muhim vosita hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi tahlilni boshqariladigan ob'ekt holati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Boshqaruvning eng maqbul qarorlarini qabul qilishda va ishlab chiqarishda analitik ma'lumotlar tahlil natijasida olinadi. Demak, boshqaruv ob'ektiga sistemali yondashish avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi strukturasi va mazmuni uning tarkibida mustaqil "Kompleks iqtisodiy tahlil" kichik sistemasi alohida Download 119.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling