Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy kapitalni jalb etish masalalari
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirishning nazariy va huquqiy asoslari
Download 119.1 Kb.
|
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirish
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirishning nazariy va huquqiy asoslari.
Korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini ta’minlash takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi. Faoliyatni moliyaviy ta’minlash oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Oʻz navbatida, moliyaviy ta’minotning oʻz va qarz manbalari ham qator xususiyatlariga koʻra tasniflanadi. Jumladan, korxonalarning oʻz manbalari hisobiga moliyalashtirish shakllari sifatida ichki va tashqi moliyalashtirish manbalari keltiriladi. Oʻz mablagʻlarining ichki manbalari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati jarayonida shakllantiriladi va har qanday korxonada muhim ahamiyat kasb etadi va oʻz-oʻzini moliyalashtirish qobiliyati sifatida baholanadi. Shunday ekan, korxona oʻz moliyaviy talablarini toʻliq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qoʻshimcha kapitalni jalb qilish boʻyicha talabning kamayishi va mablagʻlar jalb qilish bilan bogʻliq risklarni pasaytirish hisobiga iqtisodiy oʻsish uchun qulay imkoniyatlar va sezilarli darajada raqobatdagi ustunlikka ega boʻladi. Har qanday tijorat korxonasida moliyalashtirishning asosiy ichki manbalari sifatida sof foyda, amortizatsiya ajratmalari, foydalanilmayotgan aktivlarni sotish yoki ijaraga berish va boshqalarni keltirish mumkin. Hozirgi sharoitda korxona ixtiyorida qolgan foydasini mustaqil taqsimlaydi. Foydadan toʻgʻri foydalanish korxonaning istiqboldagi rivojlanish boʻyicha rejalarini amalga oshirish, shuningdek, mulkdorlar, investorlar va xodimlar manfaatdorligini ta’minlash imkonini beradi. Umumiy holatda foyda qanchalik koʻproq moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga yoʻnaltirilsa, qoʻshimcha moliyalashtirishga boʻlgan talab shunchalik kamroq boʻladi. Taqsimlanmagan foyda miqdori xoʻjalik faoliyati rentabelligi, shuningdek, mulkdorlarga toʻlovlar boʻyicha munosabatlarga qaratilgan korxona siyosati (dividend siyosati)ga bogʻliq. Foydani reinvestitsiyalashning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - tashqi manbalardan kapital jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning oldi olinishi; - mulkdorlar tomonidan korxona faoliyati ustidan nazorat qilishning saqlab qolinishi; - moliyaviy barqarorlikni oshirish va tashqi manbalardan mablagʻlar jalb qilish uchun qulay imkoniyatlar yuzaga kelishi. Oʻz navbatida, mazkur manbadan foydalanishning kamchiliklari sifatida koʻrsatkichlarning oʻzgaruvchanligi va chegaralanganligini, prognozlashning murakkabligini, shuningdek, korxona boshqaruvi tomonidan korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi tashqi omillar (bozor kon’yukturasi, iqtisodiy sikl fazasi, talab va narx oʻzgarishi va boshqalar) bilan bogʻliq jihatlarni nazorat qilish imkonini bermasligi kabilarni keltirish mumkin. Amortizatsiya ajratmalari korxonalarda oʻz-oʻzini moliyalashtirishning yana bir muhim manbasi sifatida xizmat qiladi. Ular asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishini oʻzida aks ettirib korxona xarajatlariga kiritiladi, sotilgan mahsulot va xizmatlar hisobiga tushgan pul mablagʻlari tarkibida mavjud boʻladi. Ularning asosiy vazifasi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni qayta sotib olish uchun imkoniyat yaratishdan tashqari takror ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish ham hisoblanadi. Moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya ajratmalarining afzalligi shundaki, u korxonaning har qanday moliyaviy holatida amal qiladi va har doim oʻz ixtiyorida qoladi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbasi sifatida amortizatsiya miqdori koʻp jihatdan davlat tomonidan oʻrnatilgan tartibga, shuningdek, tanlangan hisoblash usuliga bogʻliq. Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxona hisob siyosatida qayd etiladi va asosiy vositadan foydalanish muddati davomida qoʻllaniladi.Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash usullarini qoʻllash asosiy vositalardan foydalanishning dastlabki yillarida amortizatsiya ajratmalarini yuqori miqdorda hisoblash va bu oʻz navbatida, qoʻshimcha aylanma mablagʻni korxona ixtiyorida qoldirish imkonini beradi. Ayrim holatlarda foydalanilmayotgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotish yoki ijaraga berish hisobiga ham oʻz moliyaviy resurslarini shakllantirish mumkin. Lekin bu amaliyot bir martalik xususiyatga ega hisoblanadi va pul mablagʻlarini tizimli ravishda jalb qilish imkonini bermaydi. Korxonaning oʻz-oʻzini moliyalashtirish (self financing – SF) qobiliyatini baholash uchun va mos davrlar boʻyicha uning miqdorini prognozlash quyidagi formuladan foydalangan holda aniqlanishi mumkin: Download 119.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling