Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy kapitalni jalb etish masalalari


-jadval Kompaniya moliyaviy holatining ishonchliligini tekshirish jarayonlari


Download 119.1 Kb.
bet9/12
Sana20.12.2022
Hajmi119.1 Kb.
#1034493
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirish

6-jadval
Kompaniya moliyaviy holatining ishonchliligini tekshirish jarayonlari

Moliyaviy tahlil va baholash

Audit va moliyaviy tekshiruv

Huquqiy hamkorlik va hamrohlik

1. Amalga oshiradigan mutaxassislar

Moliyaviy analitiklar, korxona biznesini baholash boʻyicha ekspertlar

Yuqori malakali auditorla

Maxsus ixtisoslashgan yuristlar

2. Jamoaning ish maqsadi

Investitsiyalash ob’ektining haqiqiy qiymatini aniqlash, xaridorga uning kelgusidagi foydalanishi yuzasidan turli xil variantlar boʻyicha korxona qiymati dipazazonini belgilash.

Korporativ moliyaviy tekshiruv oʻtkazish, korxona faoliyatini ekspertizadan oʻtkazish, foyda va soliq risklarini belgilash.

Kompainya faoliyatini yuridik va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, uni xarid qilish bilan bogʻliq risklarni maksimal darajada aniqlash

3. Amalga oshiriladigan ishlar



- xaridorning korxona faoliyatining amaldagi tartibini saqlab qolish yoki navbatdagi biznes birligi sifatida xolding tarkibiga qoʻshib olish nuqtai nazaridan korxonaning bozor, investitsion va tugatish qiymatlari baholanadi;
- moliyaviy analitiklar buyurtmachiga qimmatli qogʻozlarni sotib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun bir necha xil standartlar orqali aniqlanadigan narx diapazonini taklif qiladi.

- korxona tushumlari va xarajatlari tarkibi tahlil qilinadi;
- ichki nazorat tizimi baholanadi;
asosiy vositalar, moliyaviy qoʻyilmalar, debitorlik va kreditorlik qarzlari, zaxiralar tahlil qilinadi;
- kredit shartnomalari va majburiyatlar tahlili, shartli majburiyatlar tahlili amalga oshiriladi;
- aktivlar va majburiyatlar hiso-bining toʻliqligi va ishonchlili-gi tekshiriladi;
- yuzaga kelishi mumkin boʻlgan soliq risklari va natijani (foydani) belgilash;
- shuningdek, yuzaga kelishi mum-kin boʻlgan soliq majburiyatlari miqdorini va uning moliyaviy natijaga ta’siri
aniqlanadi.

- ta’sis hujjatlari, yuridik status, korporativ boshqaruv toʻgʻrisidagi hujjatlar, boshqa-ruv organlari hay’at qarorlari, asosiy ishonchnomalar boʻyicha sharh tayyorlanadi;
- aksiyalar boʻyicha asosiy bitimlar, aksiyadorlar va ularning mulkiy va nomulkiy huquqlari haqida ma’lumotlar tahlil qilinadi
- korxona faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, asosiy shartnomalar va korxonaning mulkiy huquqlari, mehnat munosabatlari va shikoyat-da’vo faoliyati oʻrganiladi.



4. Ish natijalari

Korxona biznesini yoki aksiyalar paketini baholash toʻgʻrisida hisobot.

Moliyaviy ekspertiza toʻgʻrisida hisobot.

Kompaniya yuridik ekspertizasi toʻgʻrisida hisobot.

Yakuniytoʻrtinchibosqichdaesakompaniyaaksiyalariningbirjadamuomalasiboshlanib,undaaksiyadorlarvamenejerlardantashqarianderrayterlar,moliyaviy, yurid ikvasoliqmaslahatchilaripotensialinvestorlarvamoliyabozoriningboshqaishtirokchilariqatnashadi. Shuningdek, strategik ahamiyatga ega kompaniyalar aksiyalarini joylashtirishda davlat organlari ham ishtirok etishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, 13IPO operatsiyalarini oʻtkazish ma’lum darajada xarajatlarni talab etadi. Bunda aksiyalarni joylashtirishga ketadigan xarajatlarni shartli ravishda boshlangʻich va asosiy xarajatlarga boʻlish mumkin. IPO oʻtkazishning baholanadi. Asosiy xarajatlar bevosita tayyorgarlikka ketgan xarajatlardir. Umumiy maqsadga muvofiqligini baholashga ketgan xarajatlar boshlangʻich xarajatlar sifatida holda, IPO qiymati quyidagi xarajatlardan kelib chiqadi:
- yuridik due diligence;
- moliyaviy va soliqlar boʻyicha due diligence;
- auditorlik hisobotlarini tayyorlash;
- aktivlarni baholash;
- anderrayterlar bilan shartnomalar tuzish va anderrayter mukofoti;
- aksiyalar emissiyasi va ularni roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlari;
- soliqlar, bir martalik yigʻimlar va boshqa xarajatlar. Eng koʻp xarajat talab qiladigan jarayon bu kompaniya moliyaviy holatining ishonchliligini tekshirish jarayonidir.Turli fond birjalari IPO oʻtkazishdagi xizmatlari bahosini 2011-2012 yillar boʻyicha tahlil qilib chiqadigan boʻlsak Yevropa Euronext Deutsche Börse fond birjasiga kirish uchun 85 ming yevro va har yili listing uchun 7,5 ming yevro toʻlab boriladi. London fond birjasida esa 85 ming yevro kirish uchun va har yili 7,5 ming yevro toʻlanadi. London fond birjasining yana bir xususiyati birjada rivojlanayotgan kompaniyalar uchun alohida tashkil etilgan muqobil investitsion bozorning mavjudligidir. Mazkur investitsion bozorga kirish uchun 5,7 ming yevro qoʻshimcha ravishda har yili yana 5,7 ming yevro xizmat haqi toʻlanadi. Bunda asosiy jihat sifatida birjaga kirishning nisbatan yuqori darajada arzonligi, shuningdek, har yili listing uchun toʻlanadigan haqning ham pastligini koʻrsatishimiz mumkin. Amerika Qoʻshma Shtatlarida yuqori texnologiyali kompaniyalar (elektronika, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va boshqalar) aksiyalari kotirovkasini avtomatik tizim asosida aniqlashga ixtisoslashgan NASDAQ birjadan tashqari bozoriga kirish uchun 120 ming yevro va har yili listing uchun qoʻshimcha ravishda 40 ming yevro xizmat haqi talab etiladi. Nyu-York fond birjasiga kirish uchun esa yanada yuqoriroq 140 ming yevro va listing uchun har yili NASDAQ ga toʻlanadigan xizmat haqidan pastroq 30 ming yevro toʻlab boriladi. Koʻrib turganimizdek, AQShda joylashgan fond birjalarida qimmatli qogʻozlar boʻyicha xizmat koʻrsatish boshqalariga nisbatan bir muncha yuqori.14Jahonfond birjalarida IPO boʻyicha shartnomalar soni va takliflar hajmi boʻyicha AQShXitoy, Yevropa mamlakatlari, shuningdek, Yaponiya

Download 119.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling