Mavzu: Aksiz solig’ini hisoblash va byudjetga to’lash tartibini takomillashtirish Reja


-jadval. Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari 2-jadval


Download 288.86 Kb.
bet2/2
Sana09.04.2023
Hajmi288.86 Kb.
#1343558
1   2
Bog'liq
aksiz solig\'i MI

1 -jadval. Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari
2-jadval. Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari
3-jadval. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari

290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi


Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas.
Soliq davri
Bir oy soliq davridir.
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliq to‘lash tartibi
Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
Aksiz solig‘i boyicha yurtimizda 2023-yil uchun kiritilgan uzgarishlar va yangiliklar
Soliq to‘lovchilarning toifasi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash muddatlari saqlab qolinmoqda.
2023-yilning 1-fevralidan boshlab neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 foizga indksatsiya qilinmoqda.
2023-yilning 1-yanvaridan boshlab alkogol mahsulotlarini (kuchsiz alkogolli ichimliklar bundan mustasno) ishlab chiqarishda aksiz solig‘i aksiz to‘lanadigan mahsulot tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Bunda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotining o‘lchov birligi “litr” deb belgilandi (ilgari “dal” edi).
2022-yilda aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 1 dal uchun 138 000 so‘m (yoki 1 litr uchun 13 800 so‘m) miqdorida belgilangan edi.
2023-yilda ushbu mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkasi aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suv qo‘shilmagan etil spirtining 1 litri uchun 34 500 so‘m miqdorida belgilanmoqda. 
Masalan, aroq tarkibidagi etil spirti ulushi 40 foizni tashkil etadi, 1 litr uchun aksiz solig‘i summasi 13 800 so‘mni (34 500 so‘m x 40 foiz), 2023-yilning 1-fevralidan boshlab esa indeksatsiyani hisobga olgan holda — 15 200 so‘mni (38 000 so‘m x 40 foiz) tashkil etadi.
2023-yilning 1-yanvaridan boshlab oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, efiraldegidli fraksiyadan texnik rektifikatsiyalangan etil spirti va asosiy fraksiyadan etil spirtiga aksiz solig‘i stavkasi 5 baravarga oshiriladi va 1 litr uchun 7 450 so‘mni tashkil etadi.
2023-yilning 1-yanvaridan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5 foizga pasaytirilmoqda.
Download 288.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling